Madaniy muhit deganda nimani tushunasiz?
Madaniy muhit omillari ko‘p tomondan jamiyat a’zolarining muomalasi (xulq-atvori, fe’lini) belgilaydi. Jamiyat tomonidan qabul qilingan me’yorlar bu jihatdan juda katta kuchga ega (dinlar, an’analar, qonunlar). Marketing ikkilamchi madaniy qimmatlik (qadriyat) largagina ta’sir etishga qodir. Marketingning vazifasi madaniy muhitda tendensiyalarni aniqlash va firma faoliyatini unga yo‘naltirishdan iborat. Firmaning mikro muhiti bevosita firmaning o‘ziga va uning mijozlarga ta’sir o‘tkaza olish imkoniyatlariga bevosita munosabatda bo‘ladigan kuchlardan iborat. Marketing xizmati rahbarlari faqat iste’molchilarning ehtiyojlari bilan band bo‘lib qolmasliklari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |