Tadqiqot maqsadi – muammo aniqlangandan so‘ng tegishli axborotlarni masalan, bozor ulushi, bozor konyunkturasi, raqobatchilar potensiali va boshqalar haqida ma’lumotlar yig‘iladi. Har qanday marketing tadqiqotiga ijodiy yondashish kerak. Marketing faoliyatinig asosiy elementi (marketing tadqiqoti bo‘lganligi uchun) optimal tuzilgan dizayn, zarur axborotlar bazasini yaratish, axborotlar tizimi, internetdan foydalanish tadqiqot samarasini kafolatlovchi muhim omildir.
Marketing tadqiqotlari bu – axborot mavhumligini, tijorat riskini kamaytirish va marketing qarorlari qabul qilish maqsadida marketing faoliyatining turli jabhalari bo‘yicha ma’lumotlarni muntazam yig‘ib borish, aks ettirish va tahlil qilishdir.
Tadqiqot maqsadlari va usullariga qarab marketing tadqiqotlari quyidagi turlarga ajratiladi: o‘rganish (razvedka), tariflash, sabablarni aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |