“Mеnеjmеnt nаzаriyasi” fаni bo’yichа


Download 384.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana03.06.2020
Hajmi384.2 Kb.
#113448
  1   2   3   4
Bog'liq
menejment strategiyasi va taktikasi


O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O’RTА MАХSUS  TА’LIM VАZIRLIGI 

TОSHKЕNT АRХITЕKTURА QURILISH INSTITUTI 

QURILISHNI BОSHQАRISH FАKULTЕTI 

 

―Mеnеjmеnt‖ kаfеdrаsi 



 

“Mеnеjmеnt nаzаriyasi” fаni bo’yichа  

 

 

 

 

 

K U R S  I SH I 

 

 

 

MАVZU: MENEJMENT STRATEGIYASI VA 



TAKTIKASI. 

 

 

 

 

 

 

 

Bajardi: II bosqich QBF 13b-11guruh 

Talabasi: Akmalov Sanjar Sherzodovich. 

 

Rahbar: Katta o‘qituvchi Jumaniyazov B.B.  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent 2013 

 


     

“TASDIQLAYMAN" 

―Mеnеjmеnt‖ kаfеdrаsi mudiri 

________________Davletov I.X. 

2013 yil ―____‖ _______________ 



 

 

―Mеnеjmеnt nazariyasi‖ fаnidаn kurs ishini bаjаrish uchun 



 

TOPSHIRIQ 

 

Guruh: II bosqich 13b-11             Talaba: Akmalov Sanjar Sherzodovich 

 

1.  Ishning mavzusi: Menejment strategiyasi va taktikasi. 



 

2.  Fоydаlаnilgаn 



mаtеriаl  vа  mа’lumоtlаr:  Materiallar  menejment 

strategiyasiga  oid  bir  nechta  adabiyotlardan,  asosiy  ma‘lumotlar 

―Menejment  va  strategiyani  boshqarish‖  (Ahmadxo‘jayev  H.T.;  2004), 

―Menejment  strategiyasi‖  (A.Qo‘chqorov,  X.Toshmatov,  J.Isroilov;  2003) 

adabiyotlaridan  va  internet  tarmoqlaridan  olindi.  Materiallarni  topishda 

―Alisher Navoiy‖ nomidagi kutbxonadan foydalanildi. 

 

3.  Kurs ishi tuzilishi (rеjаsi):  

I-bob. Menejment strategiyasi va taktikasining nazariy asoslari. 

1.1.  Erkin  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  korxona  uchun 

strategiya belgilash (tanlash) ning ahamiyati va uni aniqlash zarurati. 

1.2. Strategiya va strategik rejalashtirish. 

1.3. Strategik rejani amalga oshirishni boshqarish va nazorat qilish, taktika.  

1.4. Strategiya turlari, biznes va kompaniya strategiyasi. 

II-bob. Tarmoqdagi  umumiy  vaziyat  va  undagi  raqobatning  tahlili. 

1.1. Tarmoqdagi  umumiy  vaziyat  va  undagi  raqobat  tahlilining  mazmuni  va  

usullari. 

1.2. Tarmoqni  ta'riflovchi  umumiy  iqtisodiy ko'rsatkichlar. 

1.3 Tarmoqdagi  raqobat  kuchlari  va  ular  ta'sirining darajasi. 

1.4. Kompaniya  raqobat  mavqeining  kuchli  va  zaif  jixatlari. 

1.5. Raqobat  kurashida  muvaffaqiyat  va  muvaffaqiyatsizlikning kalit  omillari. 



 

4.  Topshiriq berilgan sana: ___________________ 

 

5.  Kurs ishini himoya qilish sanasi:_________________ 

 

 

Rahbar: Katta o‘qituvchi Jumaniyazov B.B. 

 

Imzo: _____________ 



 

MENEJMENT STRATEGIYASI VA TAKTIKASI 

 

MUNDARIJA 

KIRISH 

 

I-bob. Menejment strategiyasi va taktikasining nazariy asoslari. 

1.1.  Erkin  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  korxona  uchun 

strategiya belgilash (tanlash) ning ahamiyati va uni aniqlash zarurati. 

1.2. Strategiya va strategik rejalashtirish. 

1.3. Strategik rejani amalga oshirishni boshqarish va nazorat qilish, taktika.  

1.4. Strategiya turlari, biznes va kompaniya strategiyasi. 



II-bob. Tarmoqdagi  umumiy  vaziyat  va  undagi  raqobatning  tahlili. 

1.1. Tarmoqdagi  umumiy  vaziyat  va  undagi  raqobat  tahlilining  mazmuni  va  

usullari. 

1.2. Tarmoqni  ta'riflovchi  umumiy  iqtisodiy ko'rsatkichlar. 

1.3 Tarmoqdagi  raqobat  kuchlari  va  ular  ta'sirining darajasi. 

1.4. Kompaniya  raqobat  mavqeining  kuchli  va  zaif  jixatlari. 

1.5. Raqobat  kurashida  muvaffaqiyat  va  muvaffaqiyatsizlikning kalit  omillari. 

 

XULOSA 



 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISH 

 

O‗zbekiston  Respublikasining  jahon  iqtisodiy  xo‗jalik  tizimiga  chambarchas 

bog‗lanayotganligi  va  bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich  o‗tayotganligi 

natijasida  xalq  xo‗jaligi  miqyosida  yangi  mulk  shaklidagi  korxonalar, 

kompaniyalar,  firmalar,  jamiyatlar  shakllanayotganligi  munosabati  bilan 

boshqarishning  mazmunan  yangi  turi  bo‗lgan  menejmentni  o‗rganishga  bo‗lgan 

ehtiyoj  tobora  ortib  bormoqda.  Prezidentimiz  I.  A.  Karimov  ta‘kidlaganidek 

«Ma‘mur  —  menejerlarni  tayyorlashni  yo‗lga  qo‗yish,  yangi  sharoitlarda,  yangi 

zamonaviy  texnologiyada  ishlashga  qobil  ishchi  va  mutaxassislarni  tayyorlashni 

yo‗lga  qo‗yish  lozim»  degan  o‗gitlari  bugungi  kunda  dolzarb  ahamiyat  kasb 

etmoqda. 

Darhaqiqat,  hozirgi  kunda  yuqori  malakali  yuksak  kasbiy  mahoratga  ega 

bo‗lgan  boshqaruvchilargina  mamlakatimiz  taraqqiyotini  jahonning  eng 

rivojlangan davlatlari qatoriga iqtisodiy bo‗ronlarsiz olib chiqishi mumkin.  

Respublikamizdagi  iqtisodiy  va  siyosiy  tizimlarda  ro‘y  berayotgan  

o‘zgarishlar  har  bir  jamoa,  guruh,  shaxs  uchun,  ularning  faoliyat  ko‘rsatishning 

barqarorligi uchun katta imkoniyatlar tug‘dirish bilan bir qatorda, jiddiy  havf-xatar 

ham  tug‘diradi,  amalda  kutilmagan  holatlar,  noaniqlik  kiritadi.  Bunday  vaziyatda 

qarorni  qabul  qilish  alohida  ahamiyatga  egadir,  chunki  rahbar  yoki  rahbariyat 

tomonidan  qabul  qilinayotgan  har  bir  qaror  nafaqat  korxona  faoliyatining 

natijasiga,  balki  butun  jamiyat  sotsial-iqtisodiy  ko‘rsatkichlariga  ta'sir  ko‘rsatishi 

mumkin. 


Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  murakkab  va  shu  bilan  bir  qatorda 

tarixiy isloxatlar davomida iqtisodiy va siyosiy va ijtimoiy hayotimizda ma'lum bir 

muammalarga duch kelmoqdamiz. Shulardan biri - ro‘y beradigan o‘zgarishlar va 

imkoniyatlarni oldindan ko‘ra olish hamda xo‘jalik siyosati va strategiyasini ishlab 

chiqishdir. Korxonalar va ularning rahbarlari atrofdagi o‘zgarishlarga oddiy e'tibor 

beribgina  qolmasdan,  ilmiy  asoslangan  usullar  asosida  bu  o‘zgarishlarni  oldindan 

ko‘ra  bilish,  muvofiqlashtirish,  korxona  maqsadlariga  va  tashqi  sharoitlarga 

moslashtirishni boshqarishlari zarurdir. 



Xo‘jalik siyosatini va strategiyasini ishlab chiqishda ―Strategik menejment‖ga 

murojat  qilamiz.  ―Strategik  menejment‖  nafaqat  menejmentning  bir  qismi,  balki 

alohida fan hamdir. Be‘jizga bu fanni oliy o‘quv yurtlarida ―menejment‖ fanidan 

yana alohida o‘rganilmaydi. Har bir menejerga boshqaruvning strategik yo‘llarini 

bilish muhimdirki, unga alohida to‘xtalib o‘tiladi. 

«Strategiya»  so‘zi  grek  tilidan  olingan  bo‘lib  «jang  maydonida  joylashtirish 

san'ati» degan ma'noni anglatadi. Ammo bu xarbiy termin oxirgi 20 yil mobaynida 

mutaxasislar faoliyatiga, menejmentning nazariyasi va amaliyotiga keng ko‘lamda 

kirib keldi va quyidagi ma'noni kasb etdi. Strategiya - bu boshqarish yechimlarini 

qabul  qilishda  korxona  foydalanadigan  tartib  va  qoidalar  yig‘indisidir.  Bundan 

tashqari  uni  yana  quyidagicha  izoxlash  mumkin.  Strategiya  -  bu  korxona 

missiyasini  amalga  oshirish  va  xo‘jalik  maqsadlariga  oshirishni  ta'minlovchi 

umumiy majmuiy rejadir. 

Strategik  menejment  korxona  ishlab  chiqarish  faoliyatini  rejalashtirish, 

mehnat  jarayonini  tashkil  etish,  korxona  kelajagini  belgilab,  unga  yetib  borish 

chora-tadbirlarini  ishlab  chiqish  va  ularni  amalga  oshirish,  firmaning  iqtisodiy 

salohiyatini boshqarish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. 

Strategik  menejment  boshqarishning  ustivor  qonuniyatlari,  jixatlari  bilan  bir 

qatorda  korxona  faoliyatining  yuqori  samaradorligini  ta'minlash,  maxsulot 

raqobatbardoshligini  oshirish  va  uning  bozordagi  barqarorligini  mustahkamlashda 

qat'iy qarorlarni qabul qilishni o‘rgatadi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


I-bob. Menejment strategiyasi va taktikasining nazariy asoslari. 

 

1.1. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan korxona 

uchun strategiya belgilash (tanlash) ning ahamiyati va uni aniqlash zarurati. 

 

Erkin iqtisodiyotda bozor muhim o‘rinni egallaydi. Bozor sektori deganda 

erkin narxlarda mahsulot va xizmatlarni sotayotgan korxonalar guruhi tushuniladi. 

Bozorga  u  yoki  bu  mahsulotni  olib  chiqishda  korxona  rahbariyati  asosiy  vazifani 

bajaradi.  Bozorga  chiqish  to‘g‘risidagi  qaror  bozor  konyukturasi  (ehtiyojlar) 

to‘g‘risidagi ma‘lumotlar va bilimlar asosida hamda rahbarlarning shaxsiy sezgilari 

asosida qabul qilinadi. Har qanday korxona o‘zining kapital xarajatlarini mahsulot 

sotishdan  olinadigan  foyda  bilan  qoplashga  harakat  qiladi.  Sotib  oluvchi  yoki 

iste‘molchi mahsulotni taklif etgan narx bo‘yicha sotib olishi yoki olmasligini o‘zi 

hal  qiladi.  Erkin  bozorda  korxona  uchun  har  doim  raqobatchi  paydo  bo‘lishi 

mumkin.  Uni  ishlab  chiqarish  xarajatlari  oz  bo‘lishi  va  shu  orqali  mahsulotga 

pastroq  narx  belgilash  mumkin.  Iste‘molchi  esa,  mahsulot  sifatini  hisobga  olgan 

holda  pastroq  narxlarga  e‘tibor  beradi.  Jamiyatning  rivojlanish  nuqtayi  nazaridan 

iqtisodiyotning  bozor  sektorida  ishlab  chiqarish  samaradorligini  orttirish  uchun 

rag‘bat  mavjud,  shu  bois  korxona  iqtisodiy  faoliyatni  va  ishlab  chiqaradigan 

mahsulotni bozor talablariga ko‘proq yo‘naltiriladi. 

Bozor  ishlab  chiqarish  to‘g‘risidagi  qarorni  nomarkazlashuvu  (qanday 

mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotishni  davlat  emas,  balki  korxona  o‘zi  hal  qiladi) 

bozor talablari to‘g‘risidagi to‘liq tushuncha berish singari afzallikka ega bo‘ladi. 

Bunda  korxona  bozor  va  iste‘molchiga  yaqinlashadi.  Yaxshi  tuzilgan  strategiya 

(bozor  nimani  talab  qilmoqda  va  korxona  bozorga  nimani  olib  chiqishini  nazarda 

tutmoqdamiz)  erkin  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  mustaqil  korxona  uchun 

muvaffaqiyat garovidir.  

Rejali  iqtisodiyot  sharoitida  korxona  bozor  talablariga  moslashish  uchun 

zarur  erkinlikka  ega  bo‘lmaydi.  Bu  sharoitda  iste‘molchi  (xaridor)  asosiy 

hisoblanmaydi  va  ko‘p  hollarda  uni  hisobga  olishmaydi.  Mahsulot  ishlab 

chiqarishda  u  haqida  umuman  o‘ylanmaydi.  Yana  bir  muhim  muammo    - 


korxonalar o‘rtasidagi raqobatning yo‘qligidir. Bunday tizimda korxona darajasida 

strategiya va marketing nisbiy ahamiyatga ega bo‘ladi. U yoki bu bozorga qanday 

mahsulot  yoki  xizmat  turi  bilan  chiqish  bo‘yicha  qaror  qabul  qilishda  korxonalar 

to‘liq erkinlikka ega bo‘lishmaydi.  

1859-yilda  charlz  Darvin  odamlar,  hayvonlar  va  o‘simliklarning  kelib 

chiqishi  to‘g‘risidagi  ―Turlarning  kelib  chiqishi‖  kitobini  yozishdi.  Unda  u 

evolutsiya  sabablari  to‘g‘risidagi  tezislarini  ko‘rib  chiqqan.  Hayvonlar  va 

o‘simliklar tabiat ular to‘g‘risidagi qayg‘urishidan ko‘ra tezroq ko‘payadi. Shuning 

uchun  har  qaysi  avlodda  ko‘plari  o‘zlaridan  zurriyot  qoldirmasdan  halok 

bo‘ladilar.  Har  kimning  yashab  qolishi  o‘ziga  bog‘liq.  Buning  ko‘plab  muhim 

sabablari bor. Bu – aniq hayot sharoitlariga moslashish qobiliyatidir. Hayvonlar va 

o‘simliklar  o‘zlaridan  oldingi  avlodlarga  o‘xshamasliklari  mumkin.  O‘zini  o‘rab 

turgan  atrof  -  muhit  ta‘siri  ostida  oldingi  avlodlardan  kuchli  yoki  kuchsiz 

rivojlanadi. Kimda-kim atrof-muhit o‘zgarishlariga tez moslasha olsa, unda yashab 

qolish imkoniyatlari ham ko‘proq bo‘ladi. 

Ushbu  nazariyada  haqiqat  borligini  tan  olish  darkor.  Musobaqa  –  ushbu 

dunyoning  muhim  omilidir.  Yashab  qolish  uchun  hamma  vaqt  atrofga  e‘tibor 

berib,  boshqalar  nima  qilayotganiga  e‘tibor  berish  kerak,  zarur  hollarda  esa 

moslashish lozim. Biznes va tadbirkorlik olamida ham musobaqa elementi mavjud, 

ammo moslashish jarayoni avtomatik tarzda amalga oshmaydi. Korxonalar yaxshi 

strategik  reja  tuzib  olishlari  zarur  va  sharoitga  bog‘liq  holda  uni  moslashtirish 

hamda yangilab borishlari kerak.  

Amaliyotda  hamma  vaqt  ham  ko‘plab  variantlardan  eng  yaxshisini 

tanlashning  iloji  yo‘q,  shu  bilan  birgalikda  o‘ylagan  maqsadlaringizni  birdaniga 

amalga  oshirib  bo‘lmaydi.  Agar  korxona  o‘zgarib  turgan  holatni  oldindan  ko‘ra 

olmasa va unga o‘z vaqtida moslashmasa inqiroz holatiga tushib qoladi. Agar holat 

tezda  o‘zgarib  tursa  va  korxona  oxirgi  o‘zgarishga  emas  ,  undan  oldingi 

o‘zgarishga moslashayotgan bo‘lsa, bunday inqiroz yanada tezroq amalga oshadi. 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘z tarmoqlaridan uzoq vaqtdan beri faoliyat ko‘rsatib 

kelayotgan  va  asosiy  o‘rinlarni  egallab  turgan  korxonalar  tashqi  omillardagi 



o‘zgarishlarga tez moslashadi. Ular samarasining sabablaridan biri – hamma vaqt 

ham o‘zgartirish kirita olish qobiliyatidir. Bundan korxona hech qachon bir joyda 

toxtab qolmaydi. 

Shu  o’rinda  mashhur  golland  fudbolchisi,  hozirgi  “Barselona”ning 

murabbiyi  bo’lgan  Yoxan  Kruiffning  bir  fikrini  keltirmoqchimiz:  “Futbol 

o’yinchisi  hamma  vaqt  harakatda  bo’lishi  lozim,  ammo  yo’nalishni  bilmasa, 

yaxshisi turgan joyida qimirlamasligi kerak!”. 

Nima  uchun  faqat  strategiya  ?  Konfutsiy  shunday  degan  edi:  “Inson 

nimani xohlasa, uni bajara oladi, hozircha u qila oladiganini ham xohlamayapti”. 

Korxona  uchun  bu  sohada  hamma  vaqt  quyidagi  savollar  kun  tartibida  turishi 

kerak: 

 

Biz  nimani  xohlaymiz?  Qanday  turdagi  korxona  bo’lishini  istaymiz 



yoki istamaymiz? 

 

Aniq nima qilishimiz mumkin? Bizda qanday imkoniyatlar bor va o’z 



faoliyatimizga  kengroq  nuqtayi  nazardan  yondashilsa,  qanday  havf  yuz  berishi 

mumkin? Nimaning imkoniyati yo’q? 

 

Biz  qanday  boshqarish  holatidamiz?  Bizning  kuchli  va  kuchsiz 



tomonlarimiz  nimada,  texnikaviy  va  ijtimoiy  “nou-xau”miz  qanday?  Nimani 

yaxshiroq 

va 

boshqacharoq 

qila 

olamiz? 

Qanday 

foydalanilmagan 

imkoniyatlarimiz bor? 

Korxona hamma vaqt tanlovni amalga oshirishi kerak. Biz qaysi alternativ 

holat  yaxshi  ekanligini  oldindan  bilmaymiz,  ammo  eng  yaxshi  qarorni  izlaymiz. 

Qaror  qabul  qilish  jarayonida  biz  kelajakka  ta‘sir  etishni  xohlamaymiz.  Diqqat 

qilind: aniqlash emas, balki ta‘sir etish. Juda ko‘plab tashqi omillar mavjud bo‘lib, 

ular  kelajakni  aniqlaydilar,  birgalikda  ularga  ta‘sir  eta  olmaymiz.  Neft  narxining 

o‘zgarishi, konyuktura o‘zgarishi va shunga o‘xshash o‘zgarishlarni eslang. 

Aytilganlardan  korxona  uchun  strategiya  o‘ta  muhim  ekanligini  xulosa 

qilish mumkin. Barchasini qo‘shib, yana ikki fikrni bildirmoqchimiz: 

1. 

Noaniqlikni  qisqartirish  va  hodisadan  o’zib  ketish  qobiliyati. 

Kelajakda  mutlaq  aniqlik  bo‘lmasligi  to‘g‘risida  yuqorida  ta‘kidalb  o‘tdik. 



Strategiyani 

rejalashtirishda 

katta 

aniqlikka 



erishish 

mumki, 


demak 

muvaffaqiyatga  imkon  bor  ekan.  Korxona  hamma  vaqt  ehtimoldagi  tashqi 

omillarni tahlil qilib borsa, o‘zgarib turgan holatga moslashib boradi.  

2. 

Yopiq  holdagi  strategiyaga  tashqi  tomondan  aniq  belgilar  berish. 

Iqtisodiy faoliyatda barcha korxonalar u yoki bu yo‘nalishni tanlaydilar. Ammo, bu 

yo‘nalish qandaydir ko‘rinishga ega bo‘lmasligi mumkin. U qog‘ozda yozilmagan 

va  ko‘p  hollarda  korxonaning  rahbarlaridan  biriga  bog‘liq  bo‘ladi.  Strategik 

rejalashtirishda  rahbarning  intuitsiyasi  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Faqatgina 

rahbarning  intuitsiyasiga  bog‘liq  bo‘lgan  strategiyada  ko‘plab  xavf-xatar  bo‘lishi 

mumkin.  Ko‘p  hollarda  u  yetarli  darajada  yaxshi  tahlilga  moslanmaydi  va 

shakllangan  turli  strategiyalardan  biri  tanlanadi.  Bundan  tashqari,  ba‘zi  korxona 

strategiyasini  yaxshi  tushunishmaydi.  Bu  korxona  xodimlarini  ishlab  chiqarish 

jarayonida  faol  qatnashishlari  va  qiziqishlarini  pasaytiradi.    Aniq  belgilangan  va 

yaxshi shakllantirilgan strategiya ishlab chiqarishda yuqori madaniyatni yaratishga 

xizmat qiladi.  

 

1.2. Strategiya va strategik rejalashtirish. 

 

 ―Strategiya‖ so‘zi harbiy fanlardan olingan bo‘lib, 

grekcha  (―strategos‖)  ―generel  san‘ati‖  degan  ma‘noni 

bildiradi.  Bu  atamani  harbiy  sohadan  kirib  kelganiga 

taajjublanmaslik kerak. Zero, puxta o‘ylangan strategiya 

Aleksandr  Makedonskiy,  Amir  Temurlarga  harbiy 

yurishlarda  qo‘l  kelgan.  Harbiy  boshliqlar  asosiy 

vazifalardan kelib chiqib, taxminiy reja tuzadilar,  

masalan,  raqibini  yengish  yoki  kuchsizlantirish,  dushman  ittifoqini  buzish,  xavf 

keltiruvchi    holatni    bartaraf    qilish,  aniq  holatni  egallash.  Shunday  harbiy  rejaga 

o‘xshab,  qo‘yilgan  maqsadlarga  qanday  usullar  bilan  erishish  aniqlanadi.  O‘rta 

asrlarda  shaharlarni  bosib  olganlar,  dengizdan  qamal  qilganlar,  ta‘sirchan 

odamlarni sotib olganlar, raqib joylashgan joyni egallaganlar va h.k. 

O‘zbek tilining izohli lug‘atida ham strategiya atamasi: 



 

 

Strategiya 

nima?

 


 

“yirik harbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish san’ati”; 

 

“ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish san’ati va ilm” ma’nosida 



talqin etilgan. 

Umuman  ahvolni,  yo‘nalishni  tanlashda  alohida  ishlar  va  harakatlarning 

maqsadlari ham o‘rnatiladi. Yirik harakatni amalga oshirish uchun taktika sohasida 

tanlov amalga oshiriladi. Yana yuqoridagi misoldan foydalanamiz: shaharni hujum 

bilan bosib olish, qamal qilib olish yoki boshqacha usullar bilan egallash mumkin.  

Agar,  siz  taktikangizni  tanlasangiz,  shu  vaqtning  o‘zida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

harakatlarning  vazifalarini  ham  aniqlaysiz.  Bu  vazifalar  yirik  harakatlar  rejasiga 

asos  bo‘ladi.  Masalan,  hujum  bilan  bosib  olishda  qanday  qismlar  qatnashadi, 

qanday  tartibda  egallanadi  va  h.k.  harbiy  sarkarda  u  yoki  bu  qismni  hujumga 

tashlab  qanday  samara  olishni  yaxshi  bilishi  kerak.  Maqsadga  erishish  uchun  o‘z 

jangchilarining  o‘rinlarini  qanday  tezlikda  almashtira  oladi  va  harbiy  san‘atning 

qanday yangi yutuqlaridan foydalanadi. 

Harbiy  rahbar  o‘z  raqibining  holatini  va  o‘z  holatini  yaxshi  bilishni 

xohlaydi.  Unga  aniq  ma‘lumotlar  zarur  bo‘ladi.  Agar  u  tezda  muvaffaqiyatga 

erishishni  xohlasa  ko‘zda  tutilmagan  taktikani  qo‘llashga  harakat  qiladi,  kuchlar 

nisbatini  o‘z  tomoniga  ag‘darishdga  intiladi.  Harbiy  san‘atning  ko‘plab 

muammolari  iqtisodiy  faoliyat  muammolariga  o‘xshash  bo‘ladi.  Korxona 

faoliyatining  samarasi  juda  katta  darajada  uning  strategiyasi  va  uni  amalga 

oshirishga bog‘liqdir.  

 

 



 

 

 



 

 

 



Strategiya – bu: 

  Istiqbolni tadqiq qilish, turli senariyalarni tahlil qilish san’ati; 

  Istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g’oya; 

 

Istiqbolni aniq bashorat, tasavvur qilish uchun 

strategiya zarurdir. 

 


  Korxonaning  umumfaoliyati  (fondi,  quvvati,  xarajati,  foydasi  va 

hokazo)ni nazorat qiluvchi keng qamrovli tizimdir. 

Strategik menejmentning besh vazifasi 

 

1-vazifa              2-vazifa               3-vazifa                4-vazifa               5-vazifa 



 

 

 



 

Strategik  reja  –  bu  korxona  (firma)  oldidagi  uzoq 

muddatga  mo‘ljallangan  vazifalar  majmui  bo‘lib,  u 

korxona  ko‘lamidagi  boshqa  joriy,  yillik  rejalar  uchun 

boshlang‘ich  nuqta  xizmatini  o‘taydi.  Strategik  rejaning 

asosiy shakllari besh, o‘n yil va undan ko‘proq muddatga 

mo‘ljallangan rejalardir. 

Agar  biz  g‘arbdagi  korxonalarda  strategik  g‘oyalar  rivojiga  nazar  tashlasak, 

uning  rivojidagi  aniq  yo‘nalishni  ko‘ramiz.  Uni  to‘rt  sohaga  bo‘lish  mumkin, 

amaliyotda  bu  sohalar  birin-ketin  keladi,  hatto  strategik  rejalashtirishning 

takomillashgan usulidan ham oldin keladi. 

 

 

 



 

  

 



Faoliyat sohasini 

aniqlash va 

strategik dasturni 

ta‘riflash 

 

 

 



Zarur bo‘lganda 

qayta aniqlash 

 

 

 



Strategik rejani 

amalga oshirish 

 

 

 



Zarur bo‘lganda 

qayta ishlash 

Faoliyat 

natijalariga baho 

berish vastrtegik 

reja yoki uni 

amalga oshirish 

usullarini 

o‘zgartirish 

 

 



Zarur bo‘lganda 

1, 2, 3, 4-ishchi 

vazifalarga 

qaytish 


 

 

Ularga erishish 



uchun maqsad va 

vazifalarni 

aniqlash 

 

 



 

Zarur bo‘lganda 

qayta ko‘rish 

Belgilangan 

maqsadlar va 

ishlab chiqarish 

faoliyatini    

natijalarga 

erishish uchun 

strategiyani 

ta‘riflash 

 

 



 

Zarur bo‘lganda 

qayta ta‘riflash 

 

Strategik 

rejalashtirish 

 


 

Korxona evolyutsiyasi chizig’i 

Samaradorlik 

 

 

 



Moliyaviy           Uzoq muddatli   Tashqi omillar        Strategik  

rejalash                 rejalash            ta‘sirida                  menejment 

                         rejalash 

 

 



 

 

               1-soha                  2-soha                  3-soha                  4-soha 



 

 Yuqoridagi  rasmda  4  soha  ko‘rsatilgan.  Korxonaning  iqtisodiy  faoliyati 

rasmda ko‘rsatilgan keyingi sohaga o‘tish davomida strategik rejalash samaraliroq 

bo‘lib boraveradi. 

Birinchi soha: moliyaviy rejalashtirish jarayoni yillik budjet tuzish amali bilan 

cheklanadi,  bu  narsa  korxona  kelajagidagi  daromadlar  va  xarajatlar  to‘g‘risida  

tushuncha  beradi.  Tuzilgan  strategiya  ko‘p  hollarda  rasmiy  bo‘ladi  va  korxona 

rahbarlarining  bir  nechtasining  fikrlariga,  g‘oyalariga  asoslangan  bo‘ladi.  Ammo 

ko‘plab korxonalar bunday tartibda qaror qabul qilish uchun murakkab strukturaga 

ega bo‘ladi. Ular o‘z rejalashtirish ustunlarini tuzib, ikkinchi sohaga o‘tadi. 

Ikkinchi  sohada  moliyaviy  rejalashtirish  uzoq  muddatli  rejalshtirish  bilan 

to‘ldiriladi.  Moliyaviy  natijalar  istiqboli  bir  necha  yil  muddatga  –  keyingi  3  –  5 

yilga  belgilanadi.  Ushbu  yo‘nalishning  kamchiligi  shundaki,  biz  ega  bo‘lgan 

natijalar  o‘zimizni  ishonch  va  xavfsizlik  bilan  his  qilishimizga  olib  boradi 

(ma‘lumotlar  eng  zamonaviy  statistik  ustunlar  asosida  olinishi  mumkin).  O‘tgan 

davr  ma‘lumotlari,  natijalari  bo‘yicha  kelajakni  aniq  belgilab  olish  mumkinga 

o‘xshaydi.  Muhim  strategik  omillar  ko‘plab  raqamlar  va  jadvallar  bilan  ko‘mib 

tashlanadi.  Eng  yomoni  bu  usulda  rejalashtirish  juda  og‘ir  ishga  aylanadi.  Agar 

budjet  moddalari  boshqarilmasagina  rejalashtirish  qayta  ko‘rib  chiqiladi,  boshqa 

hollarda unga kam e‘tibor beriladi. 



Uzoq  muddatli  rejalashtirishda  tajriba  to‘plagan  korxonalar  uchinchi  sohaga 

o‘tadilar,  ya‘ni  tashqi  omillarni  hisobga  olgan  holda  rejalashtirish.  Bu  holatda 

korxonada  tashqaridagi  strategik  rejalashtirishda  ahvolning  o‘zgarishi  hisobga 

olinadi.  Oldingi  sohadan  farqli  ravishda,  bu  sohada  makroiqtisodiy  rivojlanish, 

ijtimoiy-demografik  omillar,  tarmoqdagi  yangi  texnologik  yaratmalar  hisobga 

olinadi.  So‘ngra  mahsulot  sotish  bozoridagi  raqobat  va  raqobatbardoshlikning 

holati  chuqur  tahlil  qilinadi.  Bunday  ma‘lumotlar  asosida  va  ijodiy  izlanishlar 

natijasida  bir-biri  bilan  solishtirib  tanlashaga  imkon  beruvchi  ko‘plab  muqobil 

variantlar yaratiladi. 

To‘rtinchi  soha  –  strategik  menejment  sohasi.  Bu  soha  strategik 

rejalshtirishning  eng  takomillashganidir.  Bu  yerda  nafaqat  uzoq  muddatli 

rejalashtirish  qo‘llaniladi,  balki  raqobatga  o‘z  afzallilarini  saqlab  qolishga,  o‘z 

holatini,  quvvatini  oshirishga  e‘tibor  beriladi.  Bu  yo‘nalishda  harakatlar  amalga 

oshiriladi. Strategik g‘oyalarni o‘ylash barcha korxonalarni qamrab oladi. Korxona 

rahbariyati  rejalashtirish  jarayonini  umumiy  holda  yo‘naltiradi,  ammo  jarayon 

uchun muhim bo‘lgan g‘oyalar  va fikrlar korxona ichida shakllanadi.  

Strategik  rejalshtirish  quruq  raqamlar  orqali  hisoblash  emas,  balki 

hodimlarning  ijodiy  izlanishlaridir.  Bu  strategik  rejalashtirishga  katta  ta‘sir 

ko‘rsatadi. 

Endi  bu  borada  Piter  Lorenjuning  fikrlarini  ham  ko‘raylik.  Piter  Lorenju 

fikriga  ko‘ra,  strategik  rejalashtirish  –  kompaniyani  boshqarish  uchun  yordam 

beradigan  vosita  hisoblanadi.  Piter  Lorenju  ―Strategik  rejalashtirishning  vazifasi 

ishni  tashkil  etishda  yangiliklarni  qo‘llash‖  –  deb  tushuntiradi.  Boshqacha 

aytganda,  u  strategik  rejalashtirish  jarayonini  boshqarishda  4  asosiy  faoliyatni 

ko‘rsatib o‘tadi: 

  Resurslarni taqsimlash. 

  Tashqi muhitga moslashish. 

  Ichki koordinatsiya (muvofiqlashtirish). 

  Tashkiliy strategik istiqbolni aniqlash. 


Resurslarni  taqsimlash  jarayoni  deganimizda  miqdori  cheklangan  tashkiliy 

resurslarni,  ya‘ni  fondlarni  boshqarish  qobiliyatini  va  texnologik  tajribalarni 

taqsimlashni  tushunamiz.  Masalan,  1987-yilning  kuzida  ―Djeneral  Fudz‖,  ―Filipp 

Morris‖ kompaniyasi bo‘limini qayta tashkil qilishga qaror qildi. Bundan maqsad, 

―Filipp  Morris‖  kompaniyasi  ―Djeneral  Fudz‖  kompaniyasini  3ta  firmaga 

bo‘linishi  natijasida    ko‘pchilik  menejerlarni  va  boshqa  xodimlarni  qisqartirib 

ularni maoshini tejab qolish edi. Tejab qolingan mablag‘ ana shu firmalarni tashkil 

etish uchun sarflanishi lozim edi. 



Tashqi  muhitga  moslashish  degan  tushuncha  keng  ma‘noda  kompaniyaning 

atrof-muhit  bilan  bajaradigan  barcha  strategik  faoliyatini  bildiradi.  Kompaniyalar 

atrofdagi  sharoitlarga  ijobiy  holat  bo‘ladimi  yoki  salbiy  holat  bo‘ladimi,  bundan 

qati  nazar,  moslashish  zarur,  yaxshi  strategik  rejalashtirishga  ega  kompaniyalar 

ancha  murakkab  ishlab  chiqarish  tizimlari  yordamida  umuman  jamiyat 

hamkorligida o‘ziga yangi qulay sharoitlar yarata oladi. 



Ichki  koordinatsiya  firmaning  ichki  ishlab  chiqarish  jarayonlarining 

samaradorligini  oshirish  maqsadida  strategik    faoliyatni  umumlashtirishni 

anglatadi.  

Tashqi  stategiyani  oldindan  bilish  deganimizda  menejerlarning  avvalgi 

yillarning strategiya qarorlariga muvofiq orttirgan tajribalari asosida o‘z bilimlarini 

kengaytirish faoliyati tushuniladi. Tajribalar asosida o‘z qoboliyatini rivojlantirish 

asosida menejerlar strategik boshqarish sohasida malakasini oshirib boradi.  

Strategiyani oldindan bilish qobiliyati yuqori darajada bo‘lgan ―IBM‖, ―Delta 

airlines‖,  ―Eastemon  codik‖  larni  kompaniya  misol  tariqasida  ko‘rsatib  o‘tsa 

bo‘ladi. 


Download 384.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling