“Mеnеjmеnt nаzаriyasi” fаni bo’yichа
Download 384.2 Kb. Pdf ko'rish
|
menejment strategiyasi va taktikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “TASDIQLAYMAN"
- II-bob. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili.
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- 1.2. Strategiya va strategik rejalashtirish.
O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O’RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI TОSHKЕNT АRХITЕKTURА QURILISH INSTITUTI QURILISHNI BОSHQАRISH FАKULTЕTI
―Mеnеjmеnt‖ kаfеdrаsi “Mеnеjmеnt nаzаriyasi” fаni bo’yichа K U R S I SH I
TAKTIKASI. Bajardi: II bosqich QBF 13b-11guruh Talabasi: Akmalov Sanjar Sherzodovich.
Toshkent 2013
“TASDIQLAYMAN" ―Mеnеjmеnt‖ kаfеdrаsi mudiri ________________Davletov I.X. 2013 yil ―____‖ _______________ ―Mеnеjmеnt nazariyasi‖ fаnidаn kurs ishini bаjаrish uchun TOPSHIRIQ Guruh: II bosqich 13b-11 Talaba: Akmalov Sanjar Sherzodovich
1. Ishning mavzusi: Menejment strategiyasi va taktikasi. 2. Fоydаlаnilgаn mаtеriаl vа mа’lumоtlаr: Materiallar menejment strategiyasiga oid bir nechta adabiyotlardan, asosiy ma‘lumotlar ―Menejment va strategiyani boshqarish‖ (Ahmadxo‘jayev H.T.; 2004), ―Menejment strategiyasi‖ (A.Qo‘chqorov, X.Toshmatov, J.Isroilov; 2003) adabiyotlaridan va internet tarmoqlaridan olindi. Materiallarni topishda ―Alisher Navoiy‖ nomidagi kutbxonadan foydalanildi.
I-bob. Menejment strategiyasi va taktikasining nazariy asoslari. 1.1. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona uchun strategiya belgilash (tanlash) ning ahamiyati va uni aniqlash zarurati. 1.2. Strategiya va strategik rejalashtirish. 1.3. Strategik rejani amalga oshirishni boshqarish va nazorat qilish, taktika. 1.4. Strategiya turlari, biznes va kompaniya strategiyasi. II-bob. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili. 1.1. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va usullari. 1.2. Tarmoqni ta'riflovchi umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlar. 1.3 Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta'sirining darajasi. 1.4. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari. 1.5. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari. 4. Topshiriq berilgan sana: ___________________ 5. Kurs ishini himoya qilish sanasi:_________________ Rahbar: Katta o‘qituvchi Jumaniyazov B.B.
MENEJMENT STRATEGIYASI VA TAKTIKASI MUNDARIJA KIRISH I-bob. Menejment strategiyasi va taktikasining nazariy asoslari. 1.1. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona uchun strategiya belgilash (tanlash) ning ahamiyati va uni aniqlash zarurati. 1.2. Strategiya va strategik rejalashtirish. 1.3. Strategik rejani amalga oshirishni boshqarish va nazorat qilish, taktika. 1.4. Strategiya turlari, biznes va kompaniya strategiyasi. II-bob. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili. 1.1. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va usullari. 1.2. Tarmoqni ta'riflovchi umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlar. 1.3 Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta'sirining darajasi. 1.4. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari. 1.5. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH O‗zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy xo‗jalik tizimiga chambarchas bog‗lanayotganligi va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‗tayotganligi natijasida xalq xo‗jaligi miqyosida yangi mulk shaklidagi korxonalar, kompaniyalar, firmalar, jamiyatlar shakllanayotganligi munosabati bilan boshqarishning mazmunan yangi turi bo‗lgan menejmentni o‗rganishga bo‗lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Prezidentimiz I. A. Karimov ta‘kidlaganidek «Ma‘mur — menejerlarni tayyorlashni yo‗lga qo‗yish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyada ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo‗lga qo‗yish lozim» degan o‗gitlari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, hozirgi kunda yuqori malakali yuksak kasbiy mahoratga ega bo‗lgan boshqaruvchilargina mamlakatimiz taraqqiyotini jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoriga iqtisodiy bo‗ronlarsiz olib chiqishi mumkin. Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar har bir jamoa, guruh, shaxs uchun, ularning faoliyat ko‘rsatishning barqarorligi uchun katta imkoniyatlar tug‘dirish bilan bir qatorda, jiddiy havf-xatar ham tug‘diradi, amalda kutilmagan holatlar, noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda qarorni qabul qilish alohida ahamiyatga egadir, chunki rahbar yoki rahbariyat tomonidan qabul qilinayotgan har bir qaror nafaqat korxona faoliyatining natijasiga, balki butun jamiyat sotsial-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan murakkab va shu bilan bir qatorda tarixiy isloxatlar davomida iqtisodiy va siyosiy va ijtimoiy hayotimizda ma'lum bir muammalarga duch kelmoqdamiz. Shulardan biri - ro‘y beradigan o‘zgarishlar va imkoniyatlarni oldindan ko‘ra olish hamda xo‘jalik siyosati va strategiyasini ishlab chiqishdir. Korxonalar va ularning rahbarlari atrofdagi o‘zgarishlarga oddiy e'tibor beribgina qolmasdan, ilmiy asoslangan usullar asosida bu o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish, muvofiqlashtirish, korxona maqsadlariga va tashqi sharoitlarga moslashtirishni boshqarishlari zarurdir. Xo‘jalik siyosatini va strategiyasini ishlab chiqishda ―Strategik menejment‖ga murojat qilamiz. ―Strategik menejment‖ nafaqat menejmentning bir qismi, balki alohida fan hamdir. Be‘jizga bu fanni oliy o‘quv yurtlarida ―menejment‖ fanidan yana alohida o‘rganilmaydi. Har bir menejerga boshqaruvning strategik yo‘llarini bilish muhimdirki, unga alohida to‘xtalib o‘tiladi. «Strategiya» so‘zi grek tilidan olingan bo‘lib «jang maydonida joylashtirish san'ati» degan ma'noni anglatadi. Ammo bu xarbiy termin oxirgi 20 yil mobaynida mutaxasislar faoliyatiga, menejmentning nazariyasi va amaliyotiga keng ko‘lamda kirib keldi va quyidagi ma'noni kasb etdi. Strategiya - bu boshqarish yechimlarini qabul qilishda korxona foydalanadigan tartib va qoidalar yig‘indisidir. Bundan tashqari uni yana quyidagicha izoxlash mumkin. Strategiya - bu korxona missiyasini amalga oshirish va xo‘jalik maqsadlariga oshirishni ta'minlovchi umumiy majmuiy rejadir. Strategik menejment korxona ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish, mehnat jarayonini tashkil etish, korxona kelajagini belgilab, unga yetib borish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, firmaning iqtisodiy salohiyatini boshqarish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Strategik menejment boshqarishning ustivor qonuniyatlari, jixatlari bilan bir qatorda korxona faoliyatining yuqori samaradorligini ta'minlash, maxsulot raqobatbardoshligini oshirish va uning bozordagi barqarorligini mustahkamlashda qat'iy qarorlarni qabul qilishni o‘rgatadi.
I-bob. Menejment strategiyasi va taktikasining nazariy asoslari. 1.1. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan korxona uchun strategiya belgilash (tanlash) ning ahamiyati va uni aniqlash zarurati. Erkin iqtisodiyotda bozor muhim o‘rinni egallaydi. Bozor sektori deganda erkin narxlarda mahsulot va xizmatlarni sotayotgan korxonalar guruhi tushuniladi. Bozorga u yoki bu mahsulotni olib chiqishda korxona rahbariyati asosiy vazifani bajaradi. Bozorga chiqish to‘g‘risidagi qaror bozor konyukturasi (ehtiyojlar) to‘g‘risidagi ma‘lumotlar va bilimlar asosida hamda rahbarlarning shaxsiy sezgilari asosida qabul qilinadi. Har qanday korxona o‘zining kapital xarajatlarini mahsulot sotishdan olinadigan foyda bilan qoplashga harakat qiladi. Sotib oluvchi yoki iste‘molchi mahsulotni taklif etgan narx bo‘yicha sotib olishi yoki olmasligini o‘zi hal qiladi. Erkin bozorda korxona uchun har doim raqobatchi paydo bo‘lishi mumkin. Uni ishlab chiqarish xarajatlari oz bo‘lishi va shu orqali mahsulotga pastroq narx belgilash mumkin. Iste‘molchi esa, mahsulot sifatini hisobga olgan holda pastroq narxlarga e‘tibor beradi. Jamiyatning rivojlanish nuqtayi nazaridan iqtisodiyotning bozor sektorida ishlab chiqarish samaradorligini orttirish uchun rag‘bat mavjud, shu bois korxona iqtisodiy faoliyatni va ishlab chiqaradigan mahsulotni bozor talablariga ko‘proq yo‘naltiriladi. Bozor ishlab chiqarish to‘g‘risidagi qarorni nomarkazlashuvu (qanday mahsulot ishlab chiqarish va sotishni davlat emas, balki korxona o‘zi hal qiladi) bozor talablari to‘g‘risidagi to‘liq tushuncha berish singari afzallikka ega bo‘ladi. Bunda korxona bozor va iste‘molchiga yaqinlashadi. Yaxshi tuzilgan strategiya (bozor nimani talab qilmoqda va korxona bozorga nimani olib chiqishini nazarda tutmoqdamiz) erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil korxona uchun muvaffaqiyat garovidir. Rejali iqtisodiyot sharoitida korxona bozor talablariga moslashish uchun zarur erkinlikka ega bo‘lmaydi. Bu sharoitda iste‘molchi (xaridor) asosiy hisoblanmaydi va ko‘p hollarda uni hisobga olishmaydi. Mahsulot ishlab chiqarishda u haqida umuman o‘ylanmaydi. Yana bir muhim muammo -
korxonalar o‘rtasidagi raqobatning yo‘qligidir. Bunday tizimda korxona darajasida strategiya va marketing nisbiy ahamiyatga ega bo‘ladi. U yoki bu bozorga qanday mahsulot yoki xizmat turi bilan chiqish bo‘yicha qaror qabul qilishda korxonalar to‘liq erkinlikka ega bo‘lishmaydi. 1859-yilda charlz Darvin odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi ―Turlarning kelib chiqishi‖ kitobini yozishdi. Unda u evolutsiya sabablari to‘g‘risidagi tezislarini ko‘rib chiqqan. Hayvonlar va o‘simliklar tabiat ular to‘g‘risidagi qayg‘urishidan ko‘ra tezroq ko‘payadi. Shuning uchun har qaysi avlodda ko‘plari o‘zlaridan zurriyot qoldirmasdan halok bo‘ladilar. Har kimning yashab qolishi o‘ziga bog‘liq. Buning ko‘plab muhim sabablari bor. Bu – aniq hayot sharoitlariga moslashish qobiliyatidir. Hayvonlar va o‘simliklar o‘zlaridan oldingi avlodlarga o‘xshamasliklari mumkin. O‘zini o‘rab turgan atrof - muhit ta‘siri ostida oldingi avlodlardan kuchli yoki kuchsiz rivojlanadi. Kimda-kim atrof-muhit o‘zgarishlariga tez moslasha olsa, unda yashab qolish imkoniyatlari ham ko‘proq bo‘ladi. Ushbu nazariyada haqiqat borligini tan olish darkor. Musobaqa – ushbu dunyoning muhim omilidir. Yashab qolish uchun hamma vaqt atrofga e‘tibor berib, boshqalar nima qilayotganiga e‘tibor berish kerak, zarur hollarda esa moslashish lozim. Biznes va tadbirkorlik olamida ham musobaqa elementi mavjud, ammo moslashish jarayoni avtomatik tarzda amalga oshmaydi. Korxonalar yaxshi strategik reja tuzib olishlari zarur va sharoitga bog‘liq holda uni moslashtirish hamda yangilab borishlari kerak. Amaliyotda hamma vaqt ham ko‘plab variantlardan eng yaxshisini tanlashning iloji yo‘q, shu bilan birgalikda o‘ylagan maqsadlaringizni birdaniga amalga oshirib bo‘lmaydi. Agar korxona o‘zgarib turgan holatni oldindan ko‘ra olmasa va unga o‘z vaqtida moslashmasa inqiroz holatiga tushib qoladi. Agar holat tezda o‘zgarib tursa va korxona oxirgi o‘zgarishga emas , undan oldingi o‘zgarishga moslashayotgan bo‘lsa, bunday inqiroz yanada tezroq amalga oshadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘z tarmoqlaridan uzoq vaqtdan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan va asosiy o‘rinlarni egallab turgan korxonalar tashqi omillardagi o‘zgarishlarga tez moslashadi. Ular samarasining sabablaridan biri – hamma vaqt ham o‘zgartirish kirita olish qobiliyatidir. Bundan korxona hech qachon bir joyda toxtab qolmaydi.
yoki istamaymiz?
faoliyatimizga kengroq nuqtayi nazardan yondashilsa, qanday havf yuz berishi mumkin? Nimaning imkoniyati yo’q?
tomonlarimiz nimada, texnikaviy va ijtimoiy “nou-xau”miz qanday? Nimani yaxshiroq va boshqacharoq qila olamiz? Qanday foydalanilmagan imkoniyatlarimiz bor? Korxona hamma vaqt tanlovni amalga oshirishi kerak. Biz qaysi alternativ holat yaxshi ekanligini oldindan bilmaymiz, ammo eng yaxshi qarorni izlaymiz. Qaror qabul qilish jarayonida biz kelajakka ta‘sir etishni xohlamaymiz. Diqqat qilind: aniqlash emas, balki ta‘sir etish. Juda ko‘plab tashqi omillar mavjud bo‘lib, ular kelajakni aniqlaydilar, birgalikda ularga ta‘sir eta olmaymiz. Neft narxining o‘zgarishi, konyuktura o‘zgarishi va shunga o‘xshash o‘zgarishlarni eslang. Aytilganlardan korxona uchun strategiya o‘ta muhim ekanligini xulosa qilish mumkin. Barchasini qo‘shib, yana ikki fikrni bildirmoqchimiz:
Kelajakda mutlaq aniqlik bo‘lmasligi to‘g‘risida yuqorida ta‘kidalb o‘tdik. Strategiyani rejalashtirishda katta aniqlikka erishish mumki,
demak muvaffaqiyatga imkon bor ekan. Korxona hamma vaqt ehtimoldagi tashqi omillarni tahlil qilib borsa, o‘zgarib turgan holatga moslashib boradi.
Iqtisodiy faoliyatda barcha korxonalar u yoki bu yo‘nalishni tanlaydilar. Ammo, bu yo‘nalish qandaydir ko‘rinishga ega bo‘lmasligi mumkin. U qog‘ozda yozilmagan va ko‘p hollarda korxonaning rahbarlaridan biriga bog‘liq bo‘ladi. Strategik rejalashtirishda rahbarning intuitsiyasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Faqatgina rahbarning intuitsiyasiga bog‘liq bo‘lgan strategiyada ko‘plab xavf-xatar bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda u yetarli darajada yaxshi tahlilga moslanmaydi va shakllangan turli strategiyalardan biri tanlanadi. Bundan tashqari, ba‘zi korxona strategiyasini yaxshi tushunishmaydi. Bu korxona xodimlarini ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashishlari va qiziqishlarini pasaytiradi. Aniq belgilangan va yaxshi shakllantirilgan strategiya ishlab chiqarishda yuqori madaniyatni yaratishga xizmat qiladi.
―Strategiya‖ so‘zi harbiy fanlardan olingan bo‘lib, grekcha (―strategos‖) ―generel san‘ati‖ degan ma‘noni bildiradi. Bu atamani harbiy sohadan kirib kelganiga taajjublanmaslik kerak. Zero, puxta o‘ylangan strategiya Aleksandr Makedonskiy, Amir Temurlarga harbiy yurishlarda qo‘l kelgan. Harbiy boshliqlar asosiy vazifalardan kelib chiqib, taxminiy reja tuzadilar, masalan, raqibini yengish yoki kuchsizlantirish, dushman ittifoqini buzish, xavf keltiruvchi holatni bartaraf qilish, aniq holatni egallash. Shunday harbiy rejaga o‘xshab, qo‘yilgan maqsadlarga qanday usullar bilan erishish aniqlanadi. O‘rta asrlarda shaharlarni bosib olganlar, dengizdan qamal qilganlar, ta‘sirchan odamlarni sotib olganlar, raqib joylashgan joyni egallaganlar va h.k. O‘zbek tilining izohli lug‘atida ham strategiya atamasi: Strategiya nima?
“yirik harbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish san’ati”;
talqin etilgan. Umuman ahvolni, yo‘nalishni tanlashda alohida ishlar va harakatlarning maqsadlari ham o‘rnatiladi. Yirik harakatni amalga oshirish uchun taktika sohasida tanlov amalga oshiriladi. Yana yuqoridagi misoldan foydalanamiz: shaharni hujum bilan bosib olish, qamal qilib olish yoki boshqacha usullar bilan egallash mumkin. Agar, siz taktikangizni tanlasangiz, shu vaqtning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlarning vazifalarini ham aniqlaysiz. Bu vazifalar yirik harakatlar rejasiga asos bo‘ladi. Masalan, hujum bilan bosib olishda qanday qismlar qatnashadi, qanday tartibda egallanadi va h.k. harbiy sarkarda u yoki bu qismni hujumga tashlab qanday samara olishni yaxshi bilishi kerak. Maqsadga erishish uchun o‘z jangchilarining o‘rinlarini qanday tezlikda almashtira oladi va harbiy san‘atning qanday yangi yutuqlaridan foydalanadi. Harbiy rahbar o‘z raqibining holatini va o‘z holatini yaxshi bilishni xohlaydi. Unga aniq ma‘lumotlar zarur bo‘ladi. Agar u tezda muvaffaqiyatga erishishni xohlasa ko‘zda tutilmagan taktikani qo‘llashga harakat qiladi, kuchlar nisbatini o‘z tomoniga ag‘darishdga intiladi. Harbiy san‘atning ko‘plab muammolari iqtisodiy faoliyat muammolariga o‘xshash bo‘ladi. Korxona faoliyatining samarasi juda katta darajada uning strategiyasi va uni amalga oshirishga bog‘liqdir.
Strategiya – bu: Istiqbolni tadqiq qilish, turli senariyalarni tahlil qilish san’ati; Istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g’oya;
Korxonaning umumfaoliyati (fondi, quvvati, xarajati, foydasi va hokazo)ni nazorat qiluvchi keng qamrovli tizimdir. Strategik menejmentning besh vazifasi
1-vazifa 2-vazifa 3-vazifa 4-vazifa 5-vazifa
Strategik reja – bu korxona (firma) oldidagi uzoq muddatga mo‘ljallangan vazifalar majmui bo‘lib, u korxona ko‘lamidagi boshqa joriy, yillik rejalar uchun boshlang‘ich nuqta xizmatini o‘taydi. Strategik rejaning asosiy shakllari besh, o‘n yil va undan ko‘proq muddatga mo‘ljallangan rejalardir. Agar biz g‘arbdagi korxonalarda strategik g‘oyalar rivojiga nazar tashlasak, uning rivojidagi aniq yo‘nalishni ko‘ramiz. Uni to‘rt sohaga bo‘lish mumkin, amaliyotda bu sohalar birin-ketin keladi, hatto strategik rejalashtirishning takomillashgan usulidan ham oldin keladi.
Faoliyat sohasini aniqlash va strategik dasturni ta‘riflash
Zarur bo‘lganda qayta aniqlash
Strategik rejani amalga oshirish
Zarur bo‘lganda qayta ishlash Faoliyat natijalariga baho berish vastrtegik reja yoki uni amalga oshirish usullarini o‘zgartirish
Zarur bo‘lganda 1, 2, 3, 4-ishchi vazifalarga qaytish
Ularga erishish uchun maqsad va vazifalarni aniqlash
Zarur bo‘lganda qayta ko‘rish Belgilangan maqsadlar va ishlab chiqarish faoliyatini natijalarga erishish uchun strategiyani ta‘riflash
Zarur bo‘lganda qayta ta‘riflash
Korxona evolyutsiyasi chizig’i Samaradorlik
Moliyaviy Uzoq muddatli Tashqi omillar Strategik rejalash rejalash ta‘sirida menejment
1-soha 2-soha 3-soha 4-soha Yuqoridagi rasmda 4 soha ko‘rsatilgan. Korxonaning iqtisodiy faoliyati rasmda ko‘rsatilgan keyingi sohaga o‘tish davomida strategik rejalash samaraliroq bo‘lib boraveradi. Birinchi soha: moliyaviy rejalashtirish jarayoni yillik budjet tuzish amali bilan cheklanadi, bu narsa korxona kelajagidagi daromadlar va xarajatlar to‘g‘risida tushuncha beradi. Tuzilgan strategiya ko‘p hollarda rasmiy bo‘ladi va korxona rahbarlarining bir nechtasining fikrlariga, g‘oyalariga asoslangan bo‘ladi. Ammo ko‘plab korxonalar bunday tartibda qaror qabul qilish uchun murakkab strukturaga ega bo‘ladi. Ular o‘z rejalashtirish ustunlarini tuzib, ikkinchi sohaga o‘tadi. Ikkinchi sohada moliyaviy rejalashtirish uzoq muddatli rejalshtirish bilan to‘ldiriladi. Moliyaviy natijalar istiqboli bir necha yil muddatga – keyingi 3 – 5 yilga belgilanadi. Ushbu yo‘nalishning kamchiligi shundaki, biz ega bo‘lgan natijalar o‘zimizni ishonch va xavfsizlik bilan his qilishimizga olib boradi (ma‘lumotlar eng zamonaviy statistik ustunlar asosida olinishi mumkin). O‘tgan davr ma‘lumotlari, natijalari bo‘yicha kelajakni aniq belgilab olish mumkinga o‘xshaydi. Muhim strategik omillar ko‘plab raqamlar va jadvallar bilan ko‘mib tashlanadi. Eng yomoni bu usulda rejalashtirish juda og‘ir ishga aylanadi. Agar budjet moddalari boshqarilmasagina rejalashtirish qayta ko‘rib chiqiladi, boshqa hollarda unga kam e‘tibor beriladi. Uzoq muddatli rejalashtirishda tajriba to‘plagan korxonalar uchinchi sohaga o‘tadilar, ya‘ni tashqi omillarni hisobga olgan holda rejalashtirish. Bu holatda korxonada tashqaridagi strategik rejalashtirishda ahvolning o‘zgarishi hisobga olinadi. Oldingi sohadan farqli ravishda, bu sohada makroiqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy-demografik omillar, tarmoqdagi yangi texnologik yaratmalar hisobga olinadi. So‘ngra mahsulot sotish bozoridagi raqobat va raqobatbardoshlikning holati chuqur tahlil qilinadi. Bunday ma‘lumotlar asosida va ijodiy izlanishlar natijasida bir-biri bilan solishtirib tanlashaga imkon beruvchi ko‘plab muqobil variantlar yaratiladi. To‘rtinchi soha – strategik menejment sohasi. Bu soha strategik rejalshtirishning eng takomillashganidir. Bu yerda nafaqat uzoq muddatli rejalashtirish qo‘llaniladi, balki raqobatga o‘z afzallilarini saqlab qolishga, o‘z holatini, quvvatini oshirishga e‘tibor beriladi. Bu yo‘nalishda harakatlar amalga oshiriladi. Strategik g‘oyalarni o‘ylash barcha korxonalarni qamrab oladi. Korxona rahbariyati rejalashtirish jarayonini umumiy holda yo‘naltiradi, ammo jarayon uchun muhim bo‘lgan g‘oyalar va fikrlar korxona ichida shakllanadi. Strategik rejalshtirish quruq raqamlar orqali hisoblash emas, balki hodimlarning ijodiy izlanishlaridir. Bu strategik rejalashtirishga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Endi bu borada Piter Lorenjuning fikrlarini ham ko‘raylik. Piter Lorenju fikriga ko‘ra, strategik rejalashtirish – kompaniyani boshqarish uchun yordam beradigan vosita hisoblanadi. Piter Lorenju ―Strategik rejalashtirishning vazifasi ishni tashkil etishda yangiliklarni qo‘llash‖ – deb tushuntiradi. Boshqacha aytganda, u strategik rejalashtirish jarayonini boshqarishda 4 asosiy faoliyatni ko‘rsatib o‘tadi: Resurslarni taqsimlash. Tashqi muhitga moslashish. Ichki koordinatsiya (muvofiqlashtirish). Tashkiliy strategik istiqbolni aniqlash.
Resurslarni taqsimlash jarayoni deganimizda miqdori cheklangan tashkiliy resurslarni, ya‘ni fondlarni boshqarish qobiliyatini va texnologik tajribalarni taqsimlashni tushunamiz. Masalan, 1987-yilning kuzida ―Djeneral Fudz‖, ―Filipp Morris‖ kompaniyasi bo‘limini qayta tashkil qilishga qaror qildi. Bundan maqsad, ―Filipp Morris‖ kompaniyasi ―Djeneral Fudz‖ kompaniyasini 3ta firmaga bo‘linishi natijasida ko‘pchilik menejerlarni va boshqa xodimlarni qisqartirib ularni maoshini tejab qolish edi. Tejab qolingan mablag‘ ana shu firmalarni tashkil etish uchun sarflanishi lozim edi. Tashqi muhitga moslashish degan tushuncha keng ma‘noda kompaniyaning atrof-muhit bilan bajaradigan barcha strategik faoliyatini bildiradi. Kompaniyalar atrofdagi sharoitlarga ijobiy holat bo‘ladimi yoki salbiy holat bo‘ladimi, bundan qati nazar, moslashish zarur, yaxshi strategik rejalashtirishga ega kompaniyalar ancha murakkab ishlab chiqarish tizimlari yordamida umuman jamiyat hamkorligida o‘ziga yangi qulay sharoitlar yarata oladi. Ichki koordinatsiya firmaning ichki ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida strategik faoliyatni umumlashtirishni anglatadi.
yillarning strategiya qarorlariga muvofiq orttirgan tajribalari asosida o‘z bilimlarini kengaytirish faoliyati tushuniladi. Tajribalar asosida o‘z qoboliyatini rivojlantirish asosida menejerlar strategik boshqarish sohasida malakasini oshirib boradi. Strategiyani oldindan bilish qobiliyati yuqori darajada bo‘lgan ―IBM‖, ―Delta airlines‖, ―Eastemon codik‖ larni kompaniya misol tariqasida ko‘rsatib o‘tsa bo‘ladi.
Download 384.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling