Menejment ob’ekti va sub’ekti. Sotsiologik tatqiqotlar usullarini tashkil etish
Download 15.63 Kb.
|
Variant №2
Variant №2 Menejment ob’ekti va sub’ekti. 2. Sotsiologik tatqiqotlar usullarini tashkil etish. 3. Menejment tamoyillari xaqida 1
Menejment fanining ob’ekti va sub’ekti.Menejment fanining ob’ekti va sub’ekti. Menejmentning sub’ekti tashkilotda boshqaruvni tashkillashtiruvchi va boshqaruvning maqsad va vazifalarini amalga oshiruvchi inson yoki insonlar (guruhlari) hisoblanadi. Menejmentning ob’ekti menejment sub’ektining boshqaruvini tashkillashtirish va boshqaruvning maqsad va vazifalarini amalga oshirishdagi barcha jarayonlar, voqe’liklar va harakatlaridir: 1) korxonaning inson resurslari; 2) korxona uchun resurslarni keltiruvchilar; 3) korxonaning raqobatchilari (real va salohiyatli); 4) axborot ta’minoti; 5) korxonaning moliyasi va uni boshqarish. Menejmentning ob’ekti va sub’ektini mamlakatimizda menejmentning asoschilari bo’lgan akdemik M.Sharifxo’jaev va professor Y.Abdullaevlar O’zbekiston Respublikasi misolida mukammal belgilagan va batafsil tushuntirgan. Qo’yida mualliflarning menejmentning ob’ekti va sub’ekti haqidagi tavsiflari keltirilgan. Menejmentning predmeti quyidagilarni o’z ichiga oladi: boshqarish nazariyasi va amaliyoti; boshqarish ob’ekti va sub’ekti; boshqarish tamoyillari va usullari; boshqarish madaniyati; menejer va uning fazilatlari; boshqarish vazifalarini to’g’ri tashkil qilish va amalga oshirish; xodimlarni boshqarish; ishlab chiqarishni boshqarish; samaradorlikni boshqarish; o’z-o’zini boshqarish 2,Sotsiologik tadqiqot usullari. Oldingi ma'ruzalarimizdan bizga ma'lumki, sotsiologiyada so’rov, intervyu, kuzatish, eksperiment, xujjatlarni o’rganish, test, statistik, kabi tadqiqot usullari mavjud. Biz endi bu usullarga batafsil va kengroq to’xtalib o’tamiz. So’rash usuli sotsiologiyada keng yoyilgan tadqiqot shakli hisoblanadi. Bu usulda guruh yoki ayrim kishilarga savollar bilan murojaat qilib, dastlabki, birlamchi ma'lumotlar to’plab olinadi. So’rash usulining yozma (anketa) va og’zaki turlari mavjud. Bundan tashqari statsionar va sirtqi (telefon orqali, matbuot orqali), ommaviy va ekspertlar uchun, saylanma va yalpi (referendumlar ham shunga kiradi) shakllarda namoyon bo’ladi. So’rash usullarining bugungi kunda keng tarqalganligi, aloxida e'tibor va obro’ga ekanligi ko’pgina sabablarga bog’liqdir. So’rash usullari orqali shunday ma'lumotlarga ega bo’lishi mumkinki, bunday ma'lumotlarni hamisha xam hujjatli manbalardan olish mumkin emas. Lekin shunga qaramay 1930 yillar boshlarida bu usul Sobiq Ittifoqda inqirozga yuz tutdi. Genetika singari fanlar qatorida sotsiologik so’rovlar ham man etilgan edi.O’tkazilganda ham yuzaki ravishda o’tkazilar edi. Anketa usuli va uni qo’llanilishi. Anketa so’zi fransuzcha atama bo’lib, tadqiq etish, o’rganish, so’rash degan ma'nolarda qo’llaniladi. Anketa usuli ommaviy faktlar (voqea-hodisalar) kelib chiqish sabablarini aniqlash, mazkur faktlarning turli qirralari, umumiy tendensiyalarini, jamoatchilik fikrining bu hodisalariga nisbatan munosabati masalalarini o’rganadi. Odatda, anketa deganda, muayyan mavzu tevaragidagi savollar to’plami tushunilib, bu savollarga tadqiq etiluvchi kishilar guruhi javob berishi nazarda tutiladi. Anketa o’tkazishdan maqsad sotsiologik tadqiqotlar nuqtai nazaridan dastlabki, aksariyat hollarda muayyan mo’ljal olinuvchi ma'lumotlar to’plashdan iboratdir. Anketa ba'zi xususiyatlariga ko’ra intervyu janriga yaqin turadi, ammo beriladigan savollar alohida olingan respondentga emas, balki ko’pgina kishilar gurhxiga qaratilgan bo’ladi. Ayni vaqtda tuzilgan savollar og’zaki tarzda emas, balki yozma shaklda beriladi. Anketa jamoatchilik fikrini atroflicha o’rganish omili sifatida sotsiologik tadqiqot usullari orasida alohida o’rin tutadi. Anketa ayni vaqtda shunday janrki, bu usulni qo’llagan tadqiqotchi odatda so’roq qog’ozlari yoki anketani respondentlarga tarqatgandan boshlab tadqiqot ma'lumotlarini to’plash jarayoni ustidan nazorat qilish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Anketa so’rovi shaklining asosiy komponentlari sotsiolog, respondent va anketadan iboratdir. Anketa savollari respondent tomonidan to’ldiriladi. Shu boisdan ham anketa bilan ishlash usulida savollar respondent uchun juda ravshan va aniq bo’lishi zarur. Yuqorida qayd etganimizdek, anketa bir necha qismdan iborat bo’lib, tadqiq etilayotgan ilmiy-ijtimoiy muammo uchun zarur bo’lgan, tegishli ma'lumotni olishga imkon beruvchi turli-tuman, ammo mantiqiy-yakuniy savollar majmuasidan iboratdir. Shu o’rinda yana bir karra qayd etish lozimki, anketa shunchaki tuzilmaydi, balki muayyan tadqiqot natijalariga erishish vositasi sifatidagina tuziladi va amalga oshiriladi. Demak, anketa vosita, muayyan maqsadga erishish omilidir. Anketaning kirish qismida sotsiolog tadqiqot o’tkazayotgan ilmiy tashkilot yoki tadqiqot guruhi manzilgoxi, tadkikotning nomi va maksadi, anketani tuzuvchining ismi- sharifi, ilmiy unvoni va darajasi, anketa tuzilgan vaqt va respondentga berilgan savollarga qay tarzda javob qilish usuli va nihoyat, to’ldirilgan anketani kimga va qaerga topshirish yo’llari qisqa va lo’nda bayon etiladi. Bu muqaddimaning ahamiyati shundan iboratki, respondentdan kirish qismidan dastlabki ma'lumotlarni oladi va tayyorgarlik ruhiga ega bo’ladi. 3, 1. Menejmentda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili. Yakkaboshchilik tamoyili bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali azolarining yagona rahbar buyruqlariga qat’iy bo'ysunishini talab qiladi. Yuqori darajadagi rahbar quyi bo'g'in rahbari vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining huquq , burch, majburiyatlarini qat’iy belgilab qo'yishdir. Yagona boshchilik, kollegiallik qabul qilinadigan qarorlar oshkoraligi bilan qo'shib olib borilishi kerak. Kollegiallik intizom , rahbar, yagona shaxs irodasiga so'zsiz bo'ysun ish bilan birga amalga oshishi kerak . Demokratiya, oshkoralik har bir kishiga o'z fuqarolik qarashlarini nam oyon qilish, menejment qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol qatnashish uchun imkon yaratadi. 2. Ilmiylik tamoyili. Menejment tamoyillari orasida valyutarizmni inkor qiluvchi har bir rahbar iqtisodiy qonunlar, jamiyat rivojlanishining obyektiv yo'nalishlari, bu sohada milliy va chet el tajribasini qo'ilashini taqozo qiluvchi o‘rin egallaydi 3. Rejalilik tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish, biznes va strategik rejasini tuzish iqtisodiy siyosatlarni amalga oshirishning muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarish rivojlanishining uzoq muddatga mo‘ljallangan yo‘nalishlari, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi. Ishlab chiqarishni rejalashtirish menejmentning asosiy vazifalaridan biridir. U iqtisodiy qonun, ishlab chiqarishning hozirgi holatini ilmiy tahlil etish , ehtiyojlarning istiqbolini aniqlash , texnikaviy va tashkiliy qarorlar qabul qilish asosida amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida strategik rejalash tirish u yoki bu tarmoq rivojlanishining maqbul nisbatlarini, eng muhimi, resurslardan samarali foydalanish yollarini belgilovchi iqtisodiy rivojlanish parametrlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega bo'ladi. 4. Menejment shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida menejmentning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Menejmentning xususiy shaklida mulkdor yakka o ‘zi qaror qabul qiladi va butun ish uchun javobgar boiadi. Menejment xususiy shaklining ijobiy tomoni mulk egasi ishlar borishini o‘zi to‘liq nazorat qilish imkoniyatiga egaligi, kamchiligi esa, sarmoyaning uncha katta bo'lmasligi va bir kishi menejmentning turli vazifalarini bajarishga majburligidir. Mulkdor menejmentning barcha vazifalarini amalga oshiradi: rejalashtirish, tashkil etish, rag'batiantirish, yo'qotish, zarar va boshqalarga shaxsan javobgar boladi. Kuchli raqobat sharoitida mulkdor sinmasligi uchun doimo o'z bilimlarini ko'paytirib, menejment usullarini takomillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish yollarini bozorda mavjud holatga mos ravishda o'zgartirib borishi kerak Download 15.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling