Menejment texnalogiyasi


Boshqaruv jarayonini tashkil etish


Download 19.85 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi19.85 Kb.
#1632069
1   2   3
Bog'liq
menejment texnalogiyasi sunn

2.Boshqaruv jarayonini tashkil etish.
Boshqaruvning keyingi vazifasi tashkil etishdir. Uning vazifasi quyidagilardir: — tashkilotni qismlarga bolish, umumiy boshqaruv vazifalarini bolinma va xodimlar o‘rtasida taqsimlash; — tashkilotning tashkiliy tuzilmasini shakllantirish, uning elementlari o‘zaro hamkorligini yolga qo‘yish; — tashkilotning ma’lum tashkiliy madaniyatini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish; — qabul qilingan qarorlar bajarilishini tashkil etish; — ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonlarni joriy tashkil etish; — tashkilot faoliyatini resurslar bilan ta’minlash; — vazifalar va vakolatlarni boshqalarga topshirish; — tashkilotni uni rivojlanish jarayonida isloh etish (qaytadan tashkil etish). Boshqaruv jarayonlari va ularni tashkil etishni ham ko‘rib chiqish mumkin. Bu jarayonlar asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchilarga bo‘linadi. Bunda mehnat predmeti sifatida boshqaruv qarori, axborot va hujjatlar bo‘ladi. Agar operatsiya mehnat predmetining parametrlarini o‘zgartirishga qaratilsa, ja~ rayon asosiy hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv jarayonlariga mehnat predmetini jamlash, nazorat qilish va uzatish, yordamchilariga esa asosiy va xizmat ko‘rsatish jarayonlari bajarilishi uchun normal sharoitlar yaratiladigan operatsiyalar kiradi. Boshqaruv jarayonlarini oqilona tashkil etish shartlarini ajratish mumkin: — mutanosiblik; — uzviylik; — maqsadlarning mavjudligi; — harakatlarning elastik (egiluvchan)ligi; — barqarorlik; — mehnat taqsimoti; — boshqarilish me’yorlariga rioya qilinishi; — majburiyatlar va vakolatlarni boshqalarga topshirilishi; — parallellik; — to‘g‘ridan to‘g‘ri aniqlik; — bir maromdalik; — bir turdagi mehnat predmetlarini bir joyda jamlanishi; — jarayonlarning egiluvchanligi. Masalan, mutanosiblikda bitta jarayonning har xil ish joylarining teng o‘tkazish qobiliyatiga, ish joylari axborotlar, moddiy resurslar bilan bir xilda ta’minlanishiga va h.k., parallellikda — operatsiyalarni bir vaqtda birga bo‘la olishligiga, to‘g‘ridan to‘g‘ri aniqlikda mehnat predmetlari, axborotlar va h.k.ni o‘tishining muvofiq yoliga, bir maromdalikda — boshqaruv jarayonlarini bajarilishining vaqtdagi tengligiga, uzviylikda — ish vaqtidan boshqaruv jarayonlarini bajarish uchun ko‘proq foydalanishga erishiladi. Bu shartlarga rioya qilinishiga erishish uchun jarayonlar va operatsiyalarni takrorlanishini oshirish zarur, bunga turli xarakterdagi ayrim jarayonlarni unifikatsiyalash va bir turga keltirish yo‘li bilan erishiladi. Menejer tomonidan vakolatlarni qoli ostidagilarga topshirilishi boshqaruvni oqilona tashkil etilishining muhim sharti boladi, keyingilar o‘zlariga topshirilgan sohalarda qarorlar qabul qiladilar va ularni amalga oshiradilar. Topshirish, vazifa va qarorlar qabul qilish huquqini ularni bajarish bo‘yicha majburiyatlarni o‘ziga oluvchi shaxsga topshirilishini bildiradi. Topshirish jarayoni o‘z ichiga quyidagi harakatlarni oladi: — majburiyatlarni belgilash; — talab qilinadigan natijalarni belgilash; — kerakli vakolatlarni topshirish va zarur natijalarga erishish bo‘yicha majburiyatlarni zimmasiga yuklash.

Download 19.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling