Menejment va korporatsiyalarning innovatsion strategiyalari


Mudofaaviy innovatsion strategiya


Download 1.83 Mb.
bet2/3
Sana15.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1199716
1   2   3
Bog'liq
6-mavzu

Mudofaaviy innovatsion strategiya

  • Mudofaaviy innovatsion strategiya uncha yuqori bo’lmagan tavakkalchilik darajasi bilan tasniflanadi. Etarli darajadagi yuqori texnik ishlanmalar (konstruktorlik va texnologik loyihalar)ga tayangan holda bozorda egallangan ulushni zabt etishga yo’naltiriladi.
  • Mudofaa strategiyasida korxona yuqori darajadagi texnika va texnologik ishlab chiqarishni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish orqali bozordagi o’z mavqeini saqlab turishga harakat qiladi.
  • Bunday strategiyani raqobat sharoitida salmoqli foyda olayotgan korxonalar qollaydilar. Innovatsion ishlanmalar, ilmiy tadqiqot va konstruktorlik ishlarini amalga oshirish bilan taqqoslaganda bu korxonalar ishlab chiqarish va marketing sohasidagi mustahkam o’z positsiyalariga ega bo’ladi.

Immitatsion (taqlidli) innovatsion strategiya

  • Immitatsion (taqlidli) strategiyada korxonalar boshqa korxonalarning bozorga joriy etgan mahsulotlari, texnoliyalari, boshqaruv sohadagi yangiliklarni muayyan darajada takomillashtirish va modernizatsiya qilish bilan tasniflanadi.
  • Bu korxonalar yuqori ishlab chiqrish madaniyati, kuchli tashkiliy-texnologik imkoniyatlarga ega bo’lib, bozor talablarini yaxshi bilgan holda bozorda etarli darajada mustahkam o’z o’rniga ega bo’ladi.
  • Bunday korxonalar yirik kompaniyalar va kichik innovatsion tashkilotlarning innovatsion ishlanmalarini o’zlashtirishga tayanadilar. Taqlidchi korxonalar kamdam-kam hollarda etakchi-novator korxonalardan o’zib, mavjud bozor yoki tarmoqda etakchilik mavqeini egallaydilar.
  • Muayyan sharoitlarda immitatsion strategiya juda katta foyda keltiradi.

Yutib yuboruvchi innovatsion strategiya

  • Yutib yuboruvchi strategiya boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilgan innovatsion ishlanmalardan foydalanishni ifoda etadi.
  • Innovatsiyalarni joriy etish juda ham mukammal faoliyat bo’lganligi sababli, hatto kuchli innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish bo’linmalari mavjud bo’lgan yirik kompaniyalar ham yangiliklarni joriy etishning hamma sohasini qamrab olish imkoniyatiga ega emas.
  • Shuning uchun amaliyotda kompaniyalar innovatsion siyosatida nafat o’z innovatsion g’oyalarini, balki boshqa kompaniyalarning innovatsion loyihalaridan foydalanadilar va bu orqali ular yutib yuborish strategilarini qo’llaydilar.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling