Menejment va marketing


Download 181.95 Kb.
bet3/20
Sana13.09.2023
Hajmi181.95 Kb.
#1677096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi sifatida menejmentda xodimlarni rag’batlantirish omillaridan samarali foydalanish va shu orqali korxona boshqaruvining iqtisodiy samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishi oldiga qo’yilgan maqsaddan kelib chiqib quyidagi
vazifalar belgilandi:
- Xodimlarni rag’batlantirishning mazmun, mohiyatini o’rganish;
- menejmentda rag’batlantirish nazariyalarini qiyosiy tahlil qilish;

  • xodimlarni samarali boshqarishda rag’batlantirish omillarining ta’sirini o’rganish;

  • “Shams Jamol” ishlab chiqarish korxonasi boshqaruv tashkiliy tuzilmasi va xodimlarni boshqarishda rag’batlantirish jarayonlarini tahlil qilish;

  • “Shams Jamol” ishlab chiqarish korxonasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga baho berish;

  • mehnatni rag’batlantirishning psixologik jihatlarini ochib berish;

  • menejmentda xodimlarni rag’batlantirishning rivojlangan mamlakatlar

tajribasini o’rganish, xodimlarni rag’batlantirishning uslublarini umumlashtirish;

  • korxonalar faoliyatida xodimlarni rag’batlantirish imkoniyatlariga baho berish va takomillashtirish bo’yicha takliflar olish va istiqbollarini belgilash.

Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti sifatida “Shams Jamol” ishlab chiqarish korxonasi xo’jalik faoliyati tanlandi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti sifatida menejmentda xodimlarni rag’batlantirish omillaridan samarali foydalanish va shu orqali korxona boshqaruvining iqtisodiy samaradorligini oshirish xususiyatlari, bunda yuzaga keluvchi muammolar va ularni hal qilish jarayonlari tanlandi.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Bitiruv malakaviy ishining matni betni tashkil etib, unda ta jadval, ta rasm, ta diagramma keltirilgan.



Download 181.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling