3.2 Sug‘urta shakllari va turlari. Sug‘urta statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari
Sug‘urtalash obektlari ko‘p bo‘lganligi uchun sug‘urtalashni turli belgilariga qarab guruhlarga ajratish mumkin. Sug‘urtaning qanday o‘tkazilishiga qarab, sug‘urta 2 shaklga ixtiyoriy sug‘urtalash va majburiy sug‘urtalashga bo‘linadi.
Ixtiyoriy sug‘urtalashda sug‘urtalovchi tashkilot va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi sug‘urta shartnomasi amaldagi qoidalar asosida ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi (tuziladi).
Majburiy sug‘urtalashda sug‘urtalanuvchilar sug‘urta tashkilotlari bilan sug‘urta sharnomasini amaldagi qoidalar asosida majburiy tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |