Menejment va statistika
Download 0.83 Mb.
|
Statistika ma'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yalpi milliy daromad
- 2.Nominal va real daromad.
- Real daromad
Pul formadagi joriy transfertlar qayta taqsimlash to‘lovlari joriy xarakterdagi to‘lovlar bo‘lib, ular joriy va mulkdan olingan daromadlar, davlat bydjetidan ijtimoiy extiyojlar uchun, sug‘urta mukofotlari va o‘rnini to‘ldirish va h.k. sifatida amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotning har bir sektori uchun daromadlar va joriy transfertlar qoldig‘i summasi ixtiyordagi daromadni tashkil etadi va u oxirgi iste’mol va jamg‘arish uchun ishlatiladi. Aytish kerakki, oxirgi iste’molni aniqlash qator omillarga bog‘liq: iqtisodiy ishlab chiqarish sohasini aniqlashga. Masalan, uy bekalarining ovqat tayyorlash va idishlarni ozoda saqlash, uy-joyni ozoda saqlash va h.k. ishlab chiqarish sohasiga kiritilgan bo‘lsa, bu xizmatlar qiymatini aholining oxirgi iste’moliga qo‘shib bo‘lmaydi. aholiga ko‘rsatilgan u yoki bu xizmatlardan olgan nafini ijtimoiy baholash. Bu baholash vaqt o‘tishi bilan tubdan o‘zgarishi mumkin. Masalan, avvalgi asrda shaxtyorlarga ko‘rsatilgan yuvinish (dush) katta bir xizmat sifatida qaralib, uni natural formadagi daromad sifatida qaralgan. Hozirgi vaqtda esa bu narsa elementar mehnat sharoiti sifatida qaraladi, uni tadbirkor ta’minlashi lozim. Shuning uchun dushlarni saqlash uy xo‘jaliklarini oxirgi iste’moli sifatida emas, balki korxonalarning oraliq iste’moli sifatida qaraladi. Jamlash (ixtiyordagi daromadning ikkinchi muhim qismi) ixtiyordagi daromadning oxirgi iste’moldan qolgan qismini bildiradi. SHunday qilib, jamlash va pul massasining va depozitlarning ortishi, shuningdek moliyaviy aktivlar ortishini bir-biridan farq qilishi lozim. Jamlash - bu moliyalashtirishning va investitsiyaning muhim manbai bo‘lib hisoblanadi. Jamlashning ixtiyordagi daromadga nisbatni jamlash normasi deb ataladi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, jamlash normasi 5%-20% orasida tebranadi. Statistikaning muhim vazifalaridan biri jamlash normasiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishdan iborat: bank stavkasining foizi, iste’mol kreditini berish sharti, investitsiyalar daromadligi darajasi, ixtiyordagi daromad hajmi va h.k. Lekin qayta taqsimlash jarayoni faqat pul formada emas, balki ijtimoiy-madaniy xizmatlar ko‘rsatish sifatida ham amalga oshiriladi (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va h.k. bo‘yicha nobozor xizmatlar ko‘rsatish). Shu oqimlarni xarakterlash uchun yangi MHTda natural formadagi ijtimoiy transfertlarni ko‘rsatkichi nazarda tutilgan. Ixtiyordagi daromad va natural formada olingan ijtimoiy transfertlar summasi sektorning tuzatish kiritilgan daromadini tashkil etadi va u jamlash va amaldagi oxirgi foydalanishlarga ajratiladi. Shunday qilib, MHTda oxirgi iste’mol tushunchasi ikki qismga ajratiladi: oxirgi iste’mol harajatlari va amaldagi oxirgi iste’mol. Bunday guruhlash oxirgi iste’molni moliyalashtiruvchi birliklar va bu harajatlardan naf ko‘ruvchi birliklar orasidagi muhim farqlardan keltirib chiqarilgan. Masalan, ijtimoiy- madaniy xarakterdagi to‘xtovsiz xizmatlar uchun harajatlarni davlat organlari amalga oshiradilar, ulardan ko‘riladigan nafni esa uy xo‘jaliklari ko‘radilar. Uy xo‘jaliklarining amaldagi iste’moli ularning oxirgi iste’moli uchun qilgan harajatlaridan natural formadagi ijtimoiy transfertlar, ya’ni davlat muassasalari va notijorat tashkilotlar tomonidan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmiga farq qiladi. Ikkinchi tomondan, davlatni boshqarish organlarining tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlari ularning ixtiyordagi daromadlaridan natural formada to‘langan ijtimoiy transfertlari hajmichalik kam bo‘ladi. Yalpi milliy daromad ko‘rsatkichi makroiqtisodiy statistikaning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib hisoblanadi Yalpi milliy daromad (YaMD) bu barcha rezidentlarning birlamchi daromadlari va jamg‘armaning yig‘indisidir. U ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarning barcha daromadlari ko‘rinishida bo‘ladi.YaMD miqdoran YaIMga yaqin turadi. Ammo «daromad» so‘zi bu ko‘rsatkichning ishlab chiqarish bosqichida qo‘shilgan qiymat ko‘rinishida emas, balki aynan taqsimot bosqichida shakllanishini ifodalaydi. Aytish lozimki, ba’zi hollarda ayrim adabiyotlarda YaIM va YaMD ko‘rsatkichlari aralashtirib yuboriladi. Ammo MHTning bu ikki markaziy ko‘rsatkichlari bir-biridan ham sifat, ham miqdor tomonidan farq qiladi. Sifat jihatidan printsipal farq shundan iboratki, YaIM shu mamlakat rezidentlarining ma’lum davrda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimini hisoblaydi, milliy daromad esa - shu mamlakat rezidentlari olgan birlamchi daromadlar oqimini ifodalaydi. Miqdor tomonidan milliy daromad YaIMdan xorijdan olingan birlamchi daromadlar qoldig‘iga farq qiladi. Birlamchi daromadlarga mehnat xaqqi, mulkdan olingan daromad, foizlar, devidentlar, bevosita xorij investitsiyalaridan olingan daromadlarni reinvestitsiya qilishlar kiradi. Qoida bo‘yicha, rivojlangan mamlakatlarda yalpi milliy daromad hajmi, yalpi ichki mahsulot hajmidan katta bo‘ladi, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda esa, aksincha, YaIM milliy daromaddan katta bo‘ladi. Aytish mumkinki, xozirgi vaqtda O‘zbekiston milliy daromadi hajmi MDH mamlakatlaridagi kabi YaIM hajmidan kichik bo‘ladi. Agar milliy daromadga xorijdan olingan joriy transfertlar qoldig‘i qo‘shilsa, MHTning yana bir muhim ko‘rsatkichi - ixtiyordagi milliy daromad ko‘rsatkichini olish mumkin. U ham yalpi va sof asoslarda hisoblanishi mumkin. Ixtiyordagi milliy daromad ikki qismga: milliy oxirgi iste’mol va milliy jamlashga bo‘linadi. Daromadlar xaqida ma’lumotlarni tahlil qilishning yana bir muhim yo‘nalishi, daromadlar tarkibini turlari bo‘yicha o‘rganish hisoblanadi: bandlilikdan olingan daromad, tadbirkorlikdan olingan daromad, mulkdan olingan daromad (renta, foizlar, devidentlar va boshqalar). Ma’lum davr orasida daromadlar tarkibida yuz bergan o‘zgarishlar, yuz berayotgan jarayonlarni iqtisodiyotni tashkil etishdagi o‘zgarishlarni ifodalaydi. Masalan, O‘zbekiston daromadlari tarkibida keyingi bir necha yillar davomida yuz bergan o‘zgarishlar, yonlanma mehnatdan olingan daromad kamayib, tadbirkorlikdan va mulkdan olingan daromad ortganini ko‘rsatmoqda. Bu ma’lumotlar rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotganini ko‘rsatadi. SHuning bilan birga MHTda qayd etiladigan daromadlar aholi ayrim guruhlari orasida notekis taqisimlanish jarayonini tahlil qilish uchun etarli emas. Aholi daromadlarini chuqur o‘rganish uchun, o‘tkazilgan tanlama kuzatish materiallari va uy xo‘jaligi bydjetlari ma’lumotlari to‘g‘ri keladi. SHunday kuzatishlar natijasida olingan materiallarni qayta ishlash, daromadlarni notekis taqismlanishini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 2.Nominal va real daromad. Kishilar o‘z daromadlariga qarab tirikchilik o‘tkazadilar. Daromad topish tirikchilikning vositasi hisoblanadi va turmush darajasini ifodalaydi. Turmush darajasi insonning hayotiy extiyojlarini qondirilish meyoridir. Turmush darajasi qanday miqdordagi va qanday sifatdagi tovarlar va xizmatlarni amalda iste’mol etish bilan tavsiflanadi. SHu nuqtai nazardan daromad nominal va real daromadlarga bo‘linadi. Nominal daromad pul shaklidagi jamiki daromadni o‘z ichiga oladi. Bu daromad turmush darajasini ifodalamaydi, chunki qancha noz- ne’mat iste’mol etilganligi narx-navoga ham bog‘liq Moddiy farovonlik darajasi real daromad bilan belgilanmaydi. Real daromad iste’mol tovarlari va xilma-xil xizmatlarda ifodalangan daromad bo‘lib, pul daromadining Harid qobiliyatini bildiradi, turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi. Real daromad jamiki pul daromadni (brutto daromad)dan turli to‘lovlar (soliqlar, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari) chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi sof (netto) pul daromadini narx o‘zgarishlariga nisbatan hisoblash orqali topiladi. Real daromad sof pul daromadi miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda, narx darajasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. RD=D1/R1 3.Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi. Ma’lum davrda (masalan, bir yilda) yaratilgan milliy daromad jamiyat a’zolarining, tadbirkorlarning, korxonalarning, tashkilotlarning, muassasalarning va davlatning daromadi sifatida taqsimlanadi. Bunday jarayonni statistika taqsimlash va qayta taqsimlashga ajratadi. Milliy daromadni birlamchi taqsimlash uni o‘zi yaratilgan sohalar: mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi soha xodimlari va korxonalari o‘rtasida amalga oshiriladi. Ular tomonidan olingan daromad birlamchi bo‘lib hisoblanadi va uning hajmi har doim mamlakat ichida yaratilgan milliy daromad hajmiga teng bo‘ladi. Birlamchi daromadlar daromadlarni hosil qilishda qatnashgan tomonlar tomonidan taqsimlab olinadi : Xodimlarning ish xaqi, ustama va qo’shimchalari bilan; 2)tadbirkorlarning o‘z faoliyatini natijasida olgan sof daromadlari; 3) mulkdan olingan daromadlar (renta, ijara xaqi,foizlar, devidentlar va h.k.). 4)korxonalarning olgan foydalari (birlamchi daromadlari); 5) fermer va dehqon xo‘jaliklarining aralash birlamchi daromadlari; 6) xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning birlamchi daromadlari. 7) davlat turliy soliqlar bilan daromadning bir qismini byujetga oladi Milliy daromadni bunday birlamchi taqsimlash, uni taqsimlash jarayonini tugataolmaydi, chunki bunda ayrim soha tarmoqlari va ularning xodimlari nafaqaxo‘rlar, talabalar, o‘quvchilar hech qanday daromadga ega bo‘lmaydilar. Shuning uchun milliy daromadni qayta taqsimlash zarur bo‘ladi. Milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni bir necha yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Davlat bydjetining daromadini tashkil etish bilan - bu milliy daromadni qayta taqsimlashning muhim va asosiy yo‘lidir. Bu daromad asosan turliy soliq tushumlaridan tashkil topadi (qo‘shimcha qiymat solig‘i, mulk, er solig‘i, fermer va dehqon xo‘jaliklari daromad soliqlari). Bydjetning qolgan qismi aholi daromadlaridan olinadi (soliqlar, davlat zayomlari, omonat kassa jamg‘armalarining ortishi va h.k.) Davlat bydjetida to‘plangan mablag‘larning tahminan 40-45% kapital mablag‘lar sarflash, taxminan 51%dan ko’prog’i ijtimoiy-madaniy ishlar, 10%dan ortiqrog‘i mudofaa uchun va qolgan 1-1,5% davlatni boshqarish uchun sarflanadi. Aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan milliy daromad qayta taqismlanadi. Aholi bir qancha bepul xizmatlar bilan birga, to‘lovli xizmatlardan ham foydalanadi. Yo‘lovchi transporti, aloqa, maishiy xizmatlar, davolanish va ta’lim muassasalari xizmatlaridan aholi foydalanishi bunga misol bo‘la oladi. Bularning xizmatiga aholi xaq to‘lab o‘z daromadining bir qismini ana shu xizmat ko‘rsatadigan soha korxonalarga to‘laydi va bu ularning daromadini tashkil etadi. Milliy daromad bizning mamlakatimizda mehnatkashlarniki hisoblanadi va u mehnatkashlar ixtiyoriga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki davlat ixtiyoriga tushib so‘ngra mehnatkashlarning extiyojini qondirish uchun ishlatiladi. Milliy daromadning tahminan 1/5 qismi mehnatkashning shaxsiy moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun ishlatilsa, 4/5 qismi ishlab chiqarishni kengaytirish va ijtimoiy extiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi. Taqsimlangan milliy daromad oqibat natijada aholining extiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi. Milliy daromadni oxirgi foydalanish uni ishlatish va jamg‘arishdir. Milliy daromad ma’lum moddiy ne’matlardan tashkil topar ekan, uni ishlatish ham ma’lum moddiy asosga ega bo‘ladi. Moddiy ne’matlar joriy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish extiyojlar uchun ishlatiladi. U joriy yashash va uning darajasini oshirish imkonini beradi. Aholi oziq-ovqat, kiyim, yoqilg‘i, elektr energiya, madaniy mollarni, imoratlarni, uzoq muddat xizmat qiladigan buyumlarni o‘z extiyojini qondirish uchun ishlatadilar. Statistika bunda asosan jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulotlarni natural ko‘rsatkichlarda hisoblaydi. Umumiy foydalanish esa qiymat formada o‘rganiladi. Statistika iste’molni o‘rganish uchun ko‘p manbalarga ega: Mahsulot va xizmatlar savdosining aylanish ma’lumotlariga; Jamoa a’zolariga berilgan mahsulotlarning natural ko‘rsatkichi; Dehqon bozori savdosi materiallari; Mexnatkashlar oilalari daromadlarini kuzatish materiallari. Mamlakatimizda doimo tanlama tarzda 90,000 oila xayoti kuzatib turiladi. Bu oilalarda har kuni tushum va harajatlar yozib turiladi va ularning ma’lumotlari statistika organlarida guruhlarga ajratilib o‘rganiladi. Milliy daromaddan oxirgi foydalanish deyilganda faqatgina iste’mol qilish emas, moddiy ne’matlarni jamg‘arish ham tushiniladi. Mamlakatimiz ko‘p avlodlar mehnati tufayli jamg‘arilgan juda katta hajmdagi moddiy ne’matlarga ega va ular milliy boyligimizning bir qismini tashkil etib, uni yanada ko‘paytirish uchun ishlatiladi. Natijada yana yangi binolar, inshootlar, mashina-uskunalar, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, yashash uylari, maktablar, kasalxonalar, kutubxonalar soni ortadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling