Menejment va statistika


YaIM ni taqsimlash usulida hisoblash


Download 0.83 Mb.
bet121/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

4. YaIM ni taqsimlash usulida hisoblash

YaIM ni taqsimlash usulini hisoblashda mamlakatdagi barcha rezidentlarga taqsimlangan va ular olgan daromadlarning umumiy yig‘indisi hamda ishlab chiqarish va importga qilingan sof soliq sifatida hisoblanadi. Mamlakatdagi rezidentlar daromadlariga xodimlar (yollanma ishchilar) olgan mehnat haqqi (MH), ishlab chiqarishga va importga sof soliq (s), hamda moliyaviy va nomoliyaviy aktivlardan olingan yalpi daromadlar (Yad) kiradi.

Xodimlarga to‘langan mehnat haqqiga natural va pul ifodasida berilgan vaqtbay yoki ishbay ish haqqi, ish haqqiga qo‘shimcha va ustamalar, turli xil mukofotlar va rag‘batlantirishlar, har yilgi ta’til uchun va malaka oshirish uchun yo‘lovchilar va shu kabilar.

Ijtimoiy sug‘urta ajratmalar ham mehnat haqqi guruhiga kiritiladi. Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari rezidentlar tomonidan amalga oshiriladi va kelgusida xodimlarning nafaqa olishi uchun ishlatiladi. Bundan tashqari ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar summasidan xodimlar kasal bo‘lib qolgan paytlari yoki kasal bo‘lgan oila a’zolariga qarash uchun ishga chiqmagan paytlari nafaqa to‘lash, nogironlarga nafaqa, ayollarning dekret ta’tiliga chiqqan va yosh bolalarni tarbiyalash paytida to‘lanadigan nafaqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuning barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar belgilangan stavkalarda xodimlarga hisoblangan ish haqqi jami summasidan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga ajratma qiladi. Xodimlarning ishsizlik davrida himoya qilish uchun aholining bandlik jamg‘armasi tuzilgan va bu jamg‘armani mehnat birjasi boshqaradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar aholi bandlik jamg‘armasiga ham ajratma qiladi va bu summa ham daromadlar taqsimoti hisoblanadi.

Mahsulotlar ishlab chiqarish va import solig‘iga mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlat bydjetiga to‘lanadigan solig‘lar (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, reklama solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va shu kabilar) hamda turli xil litsenziyalar olish uchun to‘lovlar kiradi. Bu soliqlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan majburiy ravishda to‘lanadi va qaytarib berilmaydi. Umuman iqtisodiy mohiyati jihatdan yangidan yaratilgan qiymatning bir qismidir..

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mahsulotlarni sotish, xizmat ko‘rsatishdan olgan sof tushumlaridan va boshqa daromadlaridan sotilgan mahsulot tannarxini (ish haqqi ham birgalikda) va boshqa moliyaviy harajatlarini ayirib tashlasa, to‘langan soliqlarni ham chiqarib tashlasa yalpi foydasi qoladi. Qishloq xo‘jaligida shug‘ullanuvchi, yakka tartibda faoliyat yurituvchi sub’ektlarda mahsulot sotishdan tushgan tushumdan harajatlar va soliqlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan summa yalpi aralash daromadlar deyiladi. Chunki bu daromadlar ichida o‘zining mehnatiga tegishli haq (daromad) ham bor.

Shunday qilib, YaIM ni taqsimlash usulida xodimlarga hisoblangan mehnat haqqi (MH), davlat bydjetiga to‘langan soliqlar (S) va sub’ektlarning yalpi foydalari (YAF) yig‘indisi ko‘rinishida ifodalasa bo‘ladi.

YaIM = MH +S+YAF

Agarda juda keng ma’noda yozadigan bo‘lsak, bu formulani quyidagicha yozish mumkin.

YaIM = MH+ISA+ABFA+ST+YAF.

Bu yerda ISA – ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;

ABFA – aholining bandlik fonidiga ajratmalar;

ST – soliq va to‘lovlar.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling