Mavzu: YALPI ICHKI MAXSULOT STATISTIKASI
Reja:
1.Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi.
2.Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati va ahamiyati.
3.Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash.
4.Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash usulida hisoblash.
5.Yalpi ichki mahsulotni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash.
1. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi.
MHTdagi sektorlar hisoblari, hamda iqtisod tarmoqlaridagi hisob axborotlari quyidagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash imkonini beradi.
yalpi ichki mahsulot (YaIM)
sof ichki mahsulot (SIM)
yalpi milliy daromad (YaMD)
sof milliy daromad (SMD)
pirovard istemol (PI)
yalpi foyda (YaF)
sof foyda (SF)
milliy jamg‘arma (MJ)
milliy boylik (MB) va boshqalar.
YaIM – milliy hisoblar tizimida eng asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum davrda (vaqt ichida) pirovard (oxirgi) iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatidir. YaIM pirovard iste’molni bozor baholarida, ya’ni transport harajatlari, soliqlar (aksiz, qqs) qo‘shilgan holda Haridor to‘lagan baholarda hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |