Menejment va statistika


O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (mln. AQSH dollari)


Download 0.83 Mb.
bet130/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (mln. AQSH dollari)

Yillar


Tashqi savdo aylanmasi

Eksport

Import

Summasi

Hissasi

Summasi

Hissasi

1994

5299,4

2689,9

50,7

2609,5

49,3

1995

6001,7

3109,0

51,8

2892,7

48,2

2000

6212,1

3264,7

52,5

2947,4

47,5

2005

9528,2

5408,8

56,9

4091,3

43,1

2010

21844,2

13044,5

59,7

8799,7

40,3

2011

25537,1

15027,2

58,8

10509,9

41,2

2013

28886,0

15087,2

52,2

13798,8

47,8

Manba: O’zbekiston Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari

Mavzu. MOLIYA-KREDIT TIZIMI STATISTIKASI
REJA:
1. Davlat bydjeti mohiyati va statistikaning vazifalari.

2. Davlat bydjeti daromadlari va harajatlari statistikasi

3. Davlat bydjeti defitsitini qoplash manbalari.

4.Bank statistikasining asosiy ko’rsatkichlari.

5. Kredit mohiyati, manbalari va turlari

6.Pul muomalasi ko‘rsatkichlari statistikasi .
1. Davlat bydjeti mohiyati va statistikaning vazifalari.

Davlat bydjeti – mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda, xukumatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Davlat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (korxona, tashkilot, firmalar), hamda jismoniy shaxs daromadlarining bir qismini soliqlar tarzida olib, markazlashgan moliyaviy resurslar tashkil etadi va uni aholining turli sabablar bilan (nogironlik, ko‘p bolalik, ishsizlik va shu kabi sabablar) kam ta’minlangan qatlamini himoya qilish, ijtimoiy sohani hamda davlatni boshqarish uchun harajat qiladi. Budjet so‘zining ma’nosi – chemodan, pul to‘ldirilgan xaltani bildiradi. Demak, bydjet davlatning bir tomonidan daromadlar, ikkinchi tomondan ularni nimalarga sarflanishini bildiradigan moliyaviy rejadir. O‘zbekiston Respublikasining «Bydjet tizimi to‘g‘risida»gi (2000 yil 14 dekabrda tasdiqlangan) qonunida «Davlat bydjeti-davlat pul mablag‘larini (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armali mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi», deyilgan.

Davlat bydjeti statistikasining asosiy vazifasi hukumatning fiskal siyosatining mazmuni va yo‘nalishini belgilovchi bydjet ko‘rsatkichlarini o‘rganish va tavsif berishdir. Buning uchun davlat bydjetida quyidagilarni aniqlash va o‘rganish lozim:


  • davlat bydjeti daromadlarining hajmi va uning davr mobaynida o‘zgarishini;

  • davlat bydjeti harajatlarining umumiy hajmi va uning davr mobaynida o‘zgarishini;

  • bydjet daromadlari tarkibi va uning o‘zgarishini;

  • bydjet harajatlari tarkibi va uning o‘zgarishini;

  • davlat bydjeti daromadlarining harajatlaridan ko‘pligini (BD >BX profitsit) yoki harajatlarning daromadlardan (BD) ko‘pligini (BD < BX = defitsit) o‘rganish;

  • bydjet defitsitini moliyalash (qoplash) manbalarini;

  • xukumat fiskal siyosatining samaradorligini hamda fiskal siyosatning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga ta’sirini o‘rganish.

Xalqaro valyuta fondi tavsiyasi bo‘yicha davlat bydjeti ko‘rsatkichlar tizimi quyidagicha guruhlanadi:

A) Daromadlar va rasmiy olingan transportlar tasnifi;

B) harajatlar va sof kreditlari (qaytarilganidan tashqari) tasnifi;

V) Bydjet defitsitini moliyalashga doir operatsiyalar tasnifi;

G) Davlat qarzining tasnifi.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling