Menejment va statistika
Kredit mohiyati, manbalari va turlari
Download 0.83 Mb.
|
Statistika ma'ruza matni
6. Kredit mohiyati, manbalari va turlari
Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni ma’lum maqsad uchun pulga muhtojlarga ma’lum muddatga foizi bilan qaytarish sharti bilan qarzga berishdir. Kreditning mavjudligi takror ishlab chiqarish jaryonida pul mablag‘larining (kapitalning) aylanishi bilan bog‘liq. Takror ishlab chiqarish jaryonining biror joyida vaqtincha bo‘shab qolgan mablag‘lar, takror ishlab chiqarishning boshqa biror joyida kerak bo‘lib,turganda, bo‘sh mablag‘lar kredit manbai sifatida paydo bo‘ladi. Bozor munosabatlarining boshlang‘ich davrlarida mablag‘larga talab ko‘payadi. Shuning uchun ham hozir kredit xalq xo‘jaligi tarmoq korxonalarini rivojlantirishda, umuman pul aylanmasini tashkil etishda ahamiyati katta. Kredit resurslarining asosiy manbalari:
korxona, tashkilotlarning bankdagi amartizatsiya ajratmalari; takror aylanish jarayonida korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari; korxonalarning fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish va boshqa fondlar mablag‘lari; aholining bankdagi omonatda saqalanayotgan mablag‘lari; Bydjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarining banklardagi pul mablag‘lari. Kreditni tijorat banklari, korxona va tashkilotlar, kredit uyushmalari, investitsiya jamg‘armalari, davlat, firmalar, sug‘urta kompaniyalari berishi mumkin. Statistikada kreditlar bir necha belgilari bo‘yicha guruhlanishi mumkin: Kreditning maqsadi bo‘yicha: iste’mol krediti,sanoat, savdo, qishloq xo‘jaligi, kommunal kredit va boshqalar. Kredit miqdori bo‘yicha kreditlar: mayda, o‘rta va yirik (katta) hajmdagi kreditlar bo‘linadi. Katta hajmdagi kreditlar ko‘pincha asosiy vositalarni modernizatsiya qilishga, kapital qo‘yilmalarga beriladi. Ta’minot darajasi bo‘yicha kreditlar: ta’minlangan va ta’minlanmagan kreditlarga bo‘linadi. Ta’minlangan kreditlar aniq bir moddiy yoki nomoddiy boyliklar bilan garovga qo‘yilib yoki sug‘urta qilinib qaytarilishi garantiyalangan bo‘ladi. Kredit statistikasida kredit hajmi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Kredit hajmi ma’lum davrga berilgan kredit summalaridan (barcha mijozlarga berilgan) qaytarilgan kredit summasini ayirib tashlanganiga teng. Kreditlar qo‘yilmalari hajmi banklar, mijozlar bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga berilgan kredit hajmi va hissalari aniqlanib o‘rganiladi. Kreditning o‘rtacha hajmi vaznli arifmetik o‘rtacha bilan aniqlanishi mumkin. Bunda kredit summalari (Pi) kredit muddatlariga (ti) ko‘paytirilib, kredit muddatlari yig‘indisiga bo‘linadi. ; bu yerda = kreditning o‘rtacha hajmi. Kreditdan foydalanish o‘rtacha muddati – bu barcha kreditlarning o‘rtacha necha kunda bir marta qaytarilganligini bildiradi. Bu quyidagicha aniqlanadi: Kredit summasining bir yilda o‘rtacha necha marta aylanganligini bilish uchun har bir ssuda bo‘yicha kredit hajmi va aylanishini kredit hajmlari yig‘indisiga bo‘lib topiladi. yoki ; Bu yerda - kreditning bir yilda o‘rtacha necha marta aylanganligi D – bir yildagi yoki ma’lum davrdagi kunlar soni. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling