Menejment va statistika


O‘zbekiston Respublikasi bydjetining asosiy ko‘rsatkichlari


Download 0.83 Mb.
bet134/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

O‘zbekiston Respublikasi bydjetining asosiy ko‘rsatkichlari

jadval


Yillar

Daromad

Harajat

Sal’do

Mlrd. so‘m

YAIMga nisb.%

Mlrd. so‘m

YAIM%

nisb.%

Mlrd. so‘m

YAIM%

nisb.%

1996

192,9

34,5

203,3

36,4

-10,7

-1,9

2000

911,8

28,5

944,6

29,6

-32,8

-1,0

2004

2749,3

22,5

2743,2

22,9

-211,9

-0,4

2012

21295,7

22,0

20882,0

21,6

+412,7

+0,4

2013

26223,0

22,0

25825,9

21,7

+397,1

+0,3


Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 y va keyinga stat. ma’lumotlar.

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki keyingi yillarda Davlat byujeti profitsit bilan yakunlamoqda


5 Bank statistikasining asosiy ko’rsatkichlari

Mustaqilikning dastlabki yillarida O’zbekistonda bank tizimi shaqqilandi hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida Markaziy bank va uning joylarda bo’limlari hamda 26 ta tijorat banklari faoliyat yuritmoqda.

Markaziy bank davlat banki bo’lib pul muomalasi va kredit operatisiyalarini nazorat qilib boradi. Tijorat banklariga faoliyat yuritishi uchun litsenziya berish yoki bekor qiladi. Tijorat banklarining joylarda bo’limlari, filiyalari va juda ko’p mini banklari mavjud. Ular faoliyat yurituvchi subyektlarga va aholiga juda ko’p turdagi moliyaviy xizmatlarni ko’rsatadi. Asosiy xizmatlar quyidagilardan iborat:


  1. Yuridik shaxslar va fuqarolarning bo’sh pul mablag’larini saqlash.

  2. Yuridik va jismoniy shaxslarning naqd pulli va naqd pulsiz operatsiyalarini amlga oshirish.

  3. Yuridik va jismoniy shaxslarg kreditlar berish va ularning hisob kitobini olib boorish.

  4. Yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik rejasini tuzish bo’yicha va boshqa moliyaviy xizmatlar bo’yicha konsultatsiyalar berish va boshqalar.

Banklar o’z aktivlariga va resurslariga ega bo’ladi.

Bank aktivlari deb- bank ega bo’lgan mulk turlariga aytiladi.

Bank resurslari deb- banklarning ixtiyorida bo’lgan mablag’larning hajmi tushuniladi. Bank resurslari asosan ikki manbadan tashkil topadi.


  • O’z(xususiy ) mablag’lari

  • Jalb qilingan mablag’lar

Tijorat banklarining o’z xususiy mablag’lari dastlab tasischilar tomonidan qo’shilgan mablag’lar. Keyinchalik chiqarilgan va sotilgan aksiyalar hamda faoliyat natijasidan olingan foydalar va boshqalar .
Jalb qilingan mablag’lar manbai yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qo’yilgan mablag’lari va chet el rezidentlari tomonidan qo’yilgan mablag’lar bo’lishi mumkin.

Jalb qilingan mablag’lar asosan omonatlarda saqlanadi:



  1. Talab qilib olinguncha omonatlar bu yuridik va jismoniy shaxslarning hisob kitob schotidagi mablag’lar.

  2. Jamg’arma depozitlar – banklar amaliyotda turlixil nomlardagi jamg’arma depozitlar ochadi. Ularda mablag’ning minimal hajmi mudati va foiz stavkasi belgilangan bo’ladi.

  3. Muddatli depozitlar- bu depozitlarga yuridik va jismoniy shaxslarning shaxsiy omonatlar qo’yish bu depozitlarning minimal miqdori , moddasi, foiz stavkasi ko’rsatkichlari bo’ladi. Tijorat banklari mudatliy depozitlarini turliy nomlarda ochadi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling