Menejment va statistika
-jadval Minimal ish haqi
Download 0.83 Mb.
|
Statistika ma'ruza matni
2.1-jadval
Minimal ish haqi
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, keyingi yillarda minimal ish haqqi 7835 so‘mdan (2005 y. may) 118400 so‘mgacha (2014 yil 15 dekabr) ya’ni 15 baravardan ko‘proqga oshirilgan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham xodimlarining mehnat haqlarini tegishli ravishda oshirib borganlar. Xodimlarga ish haqqidan tashqari turli ustamalar to‘lanadi. Ustama to‘lanadigan holatlarga quyidagilar kiradi: cho‘l, tog‘li va suvsiz joylarda ishlagan xodimlarga rayon koeffitsiyenti sifatida berilgan ustama; kechasi, me’yordan ortiqcha yoki bayram kunlari ishlaganlarga ustama ishi doimo yo‘lda bo‘ladigan aloqa, temiryo‘l, suv va avtomobil transporti xodimlariga; mehnat qilish sharoiti og‘ir va zararli bo‘lgan joylarda ishlaydigan xodimlarga; ishlari doimo harakatda bo‘lgan qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlarida ishlaydigan xodimlarga; mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun unvoni bor xodimlarga va shu kabilar. Xo‘p davlat ham muntazam ravishda ishlayotgan xodimlarning ish haqqini oshirib kelayotgan ekan, yana ish haqqini ko‘paytirish imkoniyati bormi? Bor! Bu aholining o‘ziga bog‘liq. Xodimlar fuksional vazifalarini yaxshi bajarsa, jamoada faol bo‘lsa, lavozimi ko‘tariladi – bu razryadingiz oshdi, oylik maoshi tegishli ravishda oshirildi degani. Yaxshi, ko’p yil ishlaganlarga unvon berishadi, qarabsizki ish haqqiga qo‘shimcha ustama beriladi. Mehnat haqqining oshirilishi bilan bir vaqtda aholi daromadlaridan ushlab qolinadigan soliqlar ham pasaytirilayapti. Natijada xodimlar soliq stavkalarining kamayishi natijasida qo‘shimcha daromad olmoqda. Sizga tushunarli bo‘lishi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan daromad solig‘i stavkalarining bir necha yillik ko‘rsatkichlarini beramiz. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling