Menejment va statistika


Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni mohiyatiga


Download 0.83 Mb.
bet140/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni mohiyatiga qarab quyidagicha guruhlash mumkin:

  1. Aholining ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlari: bularga aholi soni, jinsi, yoki, tug‘ulish, vafot etish kabi ko‘rsatkichlar kiradi.

  2. Aholining moddiy iste’molini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Ularga aholining oziq-ovqat va nooziq-ovqat bilan ta’minlanganligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi.

  3. Aholining ta’limi, manaviy-madaniy salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar: Ularga maktablar, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari bilan qamrab olinganligi, teatr, kino, kitoblar va shu kabilar bilan ta’minlanganligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi.

  4. Aholining sog‘lig‘i va sanitariya-gigiyena holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Bularga shifoxonalar, vrachlar, dam olish uylari, kasalxonalar bilan ta’minlanganligini ifodalovchi, aholining sog‘lik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi.

Bu ko‘rsatkichlarni mamlakatning barcha aholisi bo‘yicha, aholining ayrim guruhlari (ishchi, xizmatchi, dehqon va shu kabi) bo‘yicha hududlar, hamda tarmoqlar bo‘yicha aniqlash lozim bo‘ladi.

Aholining turmush darajasini ifodalovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga professor Yo.Abdullayev quyidagilarni kiritgan:

-jon boshiga to‘g‘ri kelgan sof milliy daromad;

-nominal va real daromad indekslari;

-turmush qiymati indeksi;

-inson barkamolligi indeksi;

-qashshoqlik indeksi;

-aholi pul daromadlari va harajatlari balansi;

-yashash minimum va boshqalar8.

Iqtisodiy adabiyotlarda aholi turmush darajasini ifodalovchi umumiy aniq bitta integral ko‘rsatkich tavsiya etilmagan. Lekin BMT mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyot darajasini aniqlash uchun mamlakat aholisi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (yoki YAMM) hajmini (taqqoslama bo‘lishi uchun AQSH dollarida hisoblangan) tavsiya etgan. Bu ko‘rsatkichga ko‘ra dunyodagi barcha mamlakatlar 3-guruhga:

1.Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar:

2.Iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar:

3.Iqtisodiyoti qoloq mamalakatlarga bo‘linadi.

Albatta o‘rtacha olganda, iqtisodiyoti rivojlangan mamlaktlarda aholi turmush darajasi iqtisodi qoloq bo‘lgan mamlakatlar aholi turmushidan yaxshiroqdir.





Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling