Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
Statistik kuzatish - ijtimoiy xayot hodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda, rejali, ilmiy asosda to‘plash (yig‘ish)dir.
Statistik kuzatishning ob’ekti (statistik to‘plam) - kerakli ma’lumotlar to‘planishi lozim bo‘lgan ko‘plab hodisa va jarayonlar majmui.
Kuzatish birliklari - to‘plam elementlaridir.
To‘plam belgisi - statistik kuzatishning har birligining xususiyatlarini ifodalovchi aniqlanishi (o‘rganilishi) lozim bo‘lgan miqdoriy tasvirini ko‘rsatuvchi tushunchadir.
Sifat (atributiv) belgilar - hodisa va jarayonlarning mohiyatini ifodalovchi ko‘plab tushunchalardan tashkil topgan belgilardir.
Miqdoriy belgilar - mohiyati son jihatdan ifodalanishi mumkin bo‘lgan belgilardir.
Hisobot birligi - kuzatish birligi to‘g‘risida ma’lumotlar keladigan manbadir.
Hisobot - davlat statistika organlari belgilagan muddatda korxona va muassasalardan olib turadigan, oldindan tasdiqlangan shakldagi statistik kuzatish shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |