YAlpi (to‘liq) kuzatish - o‘rganilayotgan to‘plamning barcha birliklarini qamrab oluvchi statistik kuzatish turidir.
Qisman kuzatish - o‘rganilayotgan to‘plamni faqat bir qismi qamrab oladigan statistik kuzatish turidir.
Tanlab kuzatish - tasodifiy usulda ajratilgan to‘plam birliklarining qismining kuzatilishidir.
Asosiy massivni kuzatish - o‘rganilayotgan to‘plam birliklarining eng muhim belgilarini qamrab oladigan qisman kuzatishdir.
Monografik kuzatish - maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan qandaydir to‘plam aloxida birliklarini chuqurroq va har tomonlama o‘rganish imkonini beruvchi qisman kuzatishdir.
Bevosita kuzatish - o‘rganiladigan hodisalar belgilarini qayd qiluvchilar tomonidan o‘lchash, sanash, qarab chiqish natijasida aniqlashdir.
Xujjatli kuzatish - ma’lumotlar manbai sifatida turli xujjatlardan foydalanishga asoslangan kuzatishdir.
So‘roq orqali kuzatish - so‘roq qilinayotgan shaxslarning javoblari asosida olinadigan ma’lumotlar orqali amalga oshiriladigan kuzatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |