Menejment va statistika
- jadval Bosh va tanlama to‘plam parametrlari asosiy xarakteristikalarining belgilari
Download 0.83 Mb.
|
Statistika ma'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarakteristikalari Bosh to‘plam Tanlama to‘plam
- 2. Tanlama to‘plam hosil qilinishining asosiy usullari
1 - jadval
Bosh va tanlama to‘plam parametrlari asosiy xarakteristikalarining belgilari
Tashkiliy reja umumiy holda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Kuzatishning maqsadi va vazifalari. 2. Tatqiqot obektining chegaralarini aniqlash. 3. kuzatish dasturini ( anketalar, surov varaqalar, hisobot shakkllari va shu singarilarni ) ishlab chiqish. 4.Tanlash tartibi, usullari va hajmini aniqlash. 5. Kuzatish o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan kadrlarni tayyorlash, formulyarlar, instruktiv xujjatlarni ko‘paytirish va shu singarilar. 6. Tanlangan to‘plam xarakteristikalarini hisoblash va tanlash xatolarini aniqlash. 7. Tanlab olingan to‘plam ma’lumotlarini bosh to‘plamga yoyish. 2. Tanlama to‘plam hosil qilinishining asosiy usullari Tanlab olingan to‘plam xarakteristikalarining ishonchliligi ma’lum miqdorda tanlama to‘plamning reprezentativligi bilan belgilanadi, bu esa o‘z navbatida bosh to‘plamdan birliklarni tanlab olish usuliga bog‘liqdir. Aniq sharoitdan kelib chiqqan holda, jumladan o‘rganilayotgan hodisaning mohiyati, to‘plam hajmi, kuzatilayotgan belgilar o‘zgaruvchanligi va ularning taqsimoti, moddiy va mehnat resurslari singarilar e’tiborga olingan holda tanlash usulidan foydalaniladi. Tanlash turiga qarab, individual, guruhli va aralash tanlash turlari farq qilinadi. Individual tanlash usuliga muvofiq bosh to‘plamning alohida birliklari, guruhli tanlashda birliklar guruhlari tanlab olinadi, aralash tanlashda esa guruhli va individual tanlash usullaridan birgalikda foydalaniladi. Tanlash usuli tanlab olingan birliklarning tanlash jarayonida ishtirokini davom etkazish imkonini belgilab beradi, bunga muvofiq tanlash ikki usulda amalga oshiriladi: 2. Qaytarilgan usulda. Qaytarilmagan usulda o‘tkaziladigan tanlash deb, tanlab olingan to‘plam birliklarining keyinchalik to‘plamga qaytarilmaydigan tanlash usuliga aytiladi. Qaytarilgan usulda o‘tkazilgan tanlash deb, tanlab olingan to‘plam birliklarining qayd qilingandan keyin yana bosh to‘plamga qaytarilishiga aytiladi. Tanlama kuzatish amaliyotida eng ko‘p tarqalgan tanlash turlariga quyidagilar kiradi: - mexanik tanlash; - tipik tanlash; - uya (seriya)li tanlash;
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling