Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati


Menejmentning maqsadi va vazifalari


Download 24.12 Kb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi24.12 Kb.
#1159486
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza

3. Menejmentning maqsadi va vazifalari.


Menejmentning yakunlovchi maqsadi firmaning ishlab chiqarish jarayonini rasional tashkil qilish orqali, shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarish, texnik-texnologik bazani rivojlantirish hamda kadrlar potensialini samarali ishlatish orqali, faoliyat natijasida foyda yoki daromad olishni ta’minlash. Firmaning daromadliligi uning ishlab chiqarish harajatlarini (xom-ashyoga, materiallarga, yenergiyaga, haq to‘lashga, moliyalashtirishga xarajatlarni) kamaytirish orqali va ishlab chiqarish natijasida daromadning o‘sishi orqali namoyon bo‘ladi.
Menejmentning muhim vazifalaridan biri - talabgorlarning talabini e’tiborrga olgan holda, moddiy va mehnat resurslari mavjudligini hamda korxona rentabelligini ta’minlash, bozorda uni mustahkam o‘rin egallashni e’tiborrga olib, mahsulot ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish.
Shu asosda menejmentning vazifalariga quyidagilar kiradi:

- ishlab chiqarishni avtomatizasiyalashni ta’minlash, yuqori malakaga ega bo‘lgan hodimlarni va ishchilarni jalb qilish;
- ishlash sharoitini yaxshilash, yuqori ish haqini belgilash orqali firma hodimlarini rag‘batlantirish;
- firma faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va hamma bo‘lim ishlarini o‘zaro muvofiqlashtirish.
- yangi bozorlarni qidirish va o‘zlashtirish.
Bundan tashqari, menejmentda yechiladigan masalalarga quyidagilar kiradi:
- firma rivojlanishining aniq maqsadlarini aniqlash;
- maqsadlarning muhimligi va ularni yechishning navbatini
aniqlash;
- firma rivojlanishining strategiyasini ishlab chiqish va hal qilish
yo‘llarini topish;
- har hil resurslarni va ular bilan ta’minlash manbalarini
aniqlash;
- qo‘yilgan masalalarning ijro yetilishini nazorat qilish.
Menejment faoliyatning ketma-ketligi va turiga qarab 3 qismga bo‘linadi:
- strategik boshqarish;
- operativ boshqarish;
- nazorat.

Strategik boshqarish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- menejment maqsadini ishlab chiqish;
- mavjud bo‘lgan omillar asosida rivojlanish natijalarini bashorat
yetish;
- mo‘ljallangan maqsad bilan bashorat yetilgan natijalar orasidagi
farq minimal bo‘lishi uchun istiqbolga rejalashtirish.
Operativ boshqarishni yuqorida aytib o‘tilgan masalalarni amalga oshiradigan faoliyat deb aysa bo‘ladi. Bunga kerak bo‘lgan tarkibli va zaruriy resurslar yaratishni tashkillashtirish va tuzilgan tartib sharoitida boshqarish kiradi.
Nazorat yesa erishilgan natijalarni tahlil qilishni (teskari aloqa) o‘z ichiga oladi va boshqaruvning yangi davrini boshlashning tayanch punkti hisoblanadi.



Download 24.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling