Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati


Menejer va uning funksiyalari


Download 24.12 Kb.
bet4/4
Sana04.02.2023
Hajmi24.12 Kb.
#1159486
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza

4. Menejer va uning funksiyalari.


Menejer deb, hozirgi zamon tushunchasida, bozor sharoitida, firmaning faoliyati bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan, doimiy mansabni egallab turgan rahbar yoki boshqaruvchi aytiladi. Menejer tomonidan qabul qilinadigan qarorlar asosli bo‘lishi kerak va boshqarishning yangi usullari, ya’ni kompyuter texnikasi yordamida ko‘p variantli hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilishi kerak.
«Menejer» tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, quyidagilarga taaluqlidir:
- alohidagi bo‘lim va guruhlarning bajarishi kerak bo‘lgan aniq ish turlarining tashkilotchisiga;
- korxonaning rahbariga va shu korxonaning bo‘lim, qism yoki guruhlarning rahbarlariga;
- hozirgi zamon usullari asosida ishlarni tashkil qiladigan ixtiyoriy darajadagi boshqarmaning administratoriga (ma’muriga);
- buysunadiganlarga nisbatan mavjud bo‘lgan barcha rahbarlarga;
Bozorda mavjud bo‘lgan tavakkalchilik va noaniqlik holat menejerdan qabul qilinadigan qarorlarda mustaqil harakat va javobgarlikni talab qiladi.
Har bir menejerga yuqori darajali quyidagi talablar qo‘yiladi:
- korxonaning boshqarish doirasida umumiy bilimlarga ega
bo‘lish;
- firmaning faoliyati taaluqli bo‘lgan tarmoqda ishlab chiqarish
texnologiyasi muammolarini yecha bilish;
- ishbilarmonlik, bozor holatini tushuna bilish va tahlil qila olish, tashabbuskorlik va firma resurslarini qo‘prok foyda keltiradigan tomonlarga yo‘naltira olish;
- asoslangan qarorlar qabul qilish;
- quyi pog‘onadagi rahbarlar va hodimlar bilan chambarchas ishlay olish;
- asosiy bozorning iqtisodiy holatini tahlil qila bilish;
- raqib firmalarning faoliyati va hatti–harakatlarini tahlil qila bilish.
Lekin, ixtiyoriy darajadagi menejerga qo‘yiladigan asosiy talab - odamlarni boshqara olishdir. Bunga quyidagilar kiradi:
- qo‘l ostida ishlayotganlarni yaxshi bila olish kerak, ularni aniq
berilgan vazifani bajara olish qobiliyati va sharoiti borligini bilish;
- tashkilotni va ishchilarni birlashtiradigan sharoitni bilish va
ularning manfaatlarini himoya qila bilish;
- firma faoliyatining to‘g‘riligini va hodimlarning birdamliligini
ta’minlash.
Menejer ishlayotgan firmaning kapitaliga mulkdorlikdan yerkin, demak, u firmaning aksiyasiga ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasligi mumkin.
Download 24.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling