Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati


II davr — industrial davr (1976—1890-yillar)


Download 399.59 Kb.
bet2/5
Sana08.05.2023
Hajmi399.59 Kb.
#1443769
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati

II davr — industrial davr (1976—1890-yillar)

Bu davrda davlat boshqaruvi haqidagi tasavvurni rivojlantirish sohasida Adam Smitning xizmati kattadir. U nafaqat sinfiy siyosiy iqtisodning vakiligina emas, balki boshqarish sohasida mutaxassis sifatida tanildi, chunki u mehnat taqsimotini turli shakllarini tahlil qilib, shoh va davlat majburiyatlariga tavsif berdi. 1983-yili angliyalik matematik Ch. Bebbidj hozirgi zamonaviy hisoblash texnikasi — «analitik mashinalar» namunasi loyihasini ishlab chiqdi va uning yordamida o‘sha davrda boshqarish qarorlari tezlik bilan qabul qilina boshlandi.

III davr — tartibga solish (sistematizatsiya) davri.

Boshqarish haqidagi fan doimo harakatda bo‘ladi. Yangi yo‘nalishlar,maktablar, oqimlar shakllanadi, ilmiy apparat o‘zgaradi, takomillashadi va nihoyat,tadqiqotchilarning o‘zlari, ularning qarashlari o‘zgaradi. Vaqt o‘tishi bilan menejerlar o‘zlariga tegishli tashkilotlar ehtiyojlaridan ularning doirasidagi harakatdagi boshqarish usullariga bo‘lgan mo‘ljallarini o‘zgartiradilar. Ba’zilari boshqarish muammolarini o‘tgan davrlarda ishlatib kelingan uslublar bilan hal qildilar. Boshqa tadqiqotchilar esa boshqarishga yanada sistemali (tartibli) yondashuvni qidira boshlashdi. Ularning individual muvaffaqiyatlari va mag‘lubiyatlari hozirgi menejerlar uchun unutilmas saboq bo‘lishi mumkin.

IV davr — axborot davri (1960-yildan hozirgi davrgacha)

  • So‘nggi boshqarish nazariyalari asosan boshqarishga oid «miqdoriy maktab» vakillari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu maktabni paydo bo‘lishi boshqarishda matematika va kompyuterlarni qo‘llash natijasidir. Uning vakillari boshqarishga matematika bilan ifodalash mumkin bo‘lgan mantiqiy jarayon deb qaraydilar.
  • 60-yillarda matematik tahlil va menejerni subyektiv qarorlarini integratsiyasiga erishadigan matematik apparat yordamidan foydalanishga asoslangan boshqarish konsepsiyasi ishlab chiqish boshlandi. Bir qator boshqarish funksiyalarini formalashuvi, inson va EHM mehnatining birga qo‘shilishi, tashkil qilish elementi tarkibini qayta ko‘rib chiqishni talab qila boshladi.
  • Qarorlarni immitatsion modellashtirish, noaniqlik sharoitida tahlil uslublari, ko‘p maqsadli boshqarish qarorlarini baholashni matematik ta’minlash kabi ichki firma rejasining yangi elementlari paydo bo‘ldi.

Download 399.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling