Menejmentning tadqiqot usullari
Tadqiqot maqsadlarini turkumlash
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
5.2.Tadqiqot maqsadlarini turkumlash Tashkilot boshqaruv tizimining turli sohalarini qamrab olishga qarab tadqiqotlarni majmuali, mahalliy, funksional, ko‘p funksiali, fanlararo tadqiqotlarga ajratish mumkin. Kompleks tadqiqotlar butun boshqaruv tizimi faoliyatiga, shuningdek uning alohida qismlariga tegishli qator savollarni ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi. Mahalliy tadqiqotlar boshqaruv apparati ish uchastkalaridan yoki yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha amalga oshiriladi (boshqaruv apparatiga hujjatli xizmat ko‘rsatishni, asosiy va eng ommaviy ish turlarini bajarish texnologiyasini, tashkiliy tuzilmani tadqiq etish va boshqalar) Funksional tadqiqotlar boshqaruv apparati predmetli faoliyat sohalaridan birini qamrab oladi (moliyaviy yoki marketing faoliyatini boshqarish sohasidagi tadqiqot va boshqalar). Ko‘p funksiyali tadqiqotlar bir necha ishbilarmonlik faollik funksiyalarini qamrab oladi (masalan, ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnologiya va marketing). Bu tadqiqotlar ularning o‘zaro birgalikdagi harakatiga va bittadan ortiq funksiyani qamrab oluvchi muammolarga qaratilgan. Fanlararo tadqiqotlar muammolarni turli nuqtai nazarlardan tahlil qilishni nazarda tutadi. Masalan, tashkilot ishbilarmonlik strategiyasi muammosi texnologik, iqtisodiy, moliyaviy, yuridik, psixosotsiologik va boshqa jihatlarga ega bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, tadqiqot dasturini ishlab chiqishda uning maqsadiga muvofiq u qamrab oladigan sohani aniqlash zarur, - bu ishlarni kelgusi rejalashtirish va tashkillashtirish uchun boshlang‘ich nuqtadir. Tadqiqot ob’ektlari ro‘yxati qo‘yilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq tuziladi. Predmetli sohalarni ko‘rib chiqish ketma-ketligi tashkilotning o‘ziga 119 xos xususiyatlarini, mavjud axborotni, rahbariyat talab-istaklarini va kutilayotgan natijalarni hisobga olgan holda belgilanadi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling