Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1.Tadqiqot dasturini shakllantirish
Internet saytlari
1. www.studmed.ru. 2. www.rc-analitik.ru . 3. www.studwood.ru. 4. www. sovman.ru. 5. www. it.rfei.ru. 117 V BOB. MENEJMENTDA TADQIQOTLARNI REJALASHTIRISH VA TASHKILLASHTIRISH 5.1.Tadqiqot dasturini shakllantirish Qo‘yilgan maqsadga qarab tadqiqotning aniq vazifalari va ob’ektlari aniqlanadi. Tadqiqot dasturi turli predmet sohalarini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga olishi mumkin. Shu tarzda, boshqaruv tizimini kompleks tadqiq etishda ishni tashkilotning umumiy tavsifidan, masalan: faoliyat sohasi, mahsulot, tarix, joylashgan joyi va boshqalardan boshlagan ma’qul. To‘liq kompleks tadqiq etish uchun shuningdek tashqi muhit omillarini ko‘rib chiqish zarur, biroq ular juda ko‘pligi sababli ulardan aniq muammoni echishga yordam beruvchi eng ahamiyatlilarini ko‘rib chiqish zarur. Tadqiqotlarning maqsadiga qarab shuningdek, tashkilotning vaziflari va strategiyasi yaxlit tarzda, moliyani, marketingni, ishlab chiqarish faoliyatini, inson resurslarini boshqarish va hokazolar ko‘rib chiqilishi mumkin. Tadqiqot ob’ektlarining ro‘yxati qo‘yilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq tuziladi. Predmetli sohalarni ko‘rib chiqish ketma-ketligi tashkilotning o‘ziga xos xususiyatlarini, mavjud axborotni, rahbariyat talab-istaklarini va kutilayotgan natijalarni hisobga olgan holda belgilanadi. Tadqiqot dasturi o‘zida kelgusi faoliyatning mazmuni va batafsil rejasini ifodalaydi. Dasturni ishlab chiqish quyidagilarni nazarda tutadi: tekshirilishi zarur bo‘lgan predmetli sohalar ro‘yxatini aniqlash; ularni ko‘rib chiqish ustuvorliklarini belgilash, tadqiqotni detallashtirish darajasini aniqlash; tadqiqot metodikasini, ya’ni muammoni aniqlash va echishda foydalanish zarur bo‘lgan usullar va yo‘llarni aniqlash; o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha axborotni to‘plash va qayta ishlash usullari va vositalarini aniqlash: anketalar, kartalar, guruhlashtirish jadvallarini va boshqa ishni olib borish uchun kerakli vositalarni aniqlash; 118 hisobot hujjatlarini va ularga qo‘yiladigan talablarni, shu jumladan taqdim etish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash muddatlarini aniqlash. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling