Menejmentning turlari boshqaruv faoliyati bilan bog’liq vazifalarni hal qiluvchi maxsus yo’nalishlari hisoblanadi. Bu yo’nalishlar ob’ektning belgilari va mazmuni bo’yicha menejmentning tasnifida ajratilgan
Download 30.11 Kb.
|
KIRISH
Bu ro’yxat zamonaviy texnologiyalar, xalqaro ilg’or tajribalar, yangi turdagi ishlab chiqarish sohalari, tarmoqlari va yo’nalishlari kelib chiqishi sababli yanada to’ldirilmoqda. Quyida menejmentning hozirgi boshqaruvda ommaviy ravishda qo’llanilayotgan bir necha turlarining mazmuni va mohiyati bilan tanishamiz. Moliyaviy menejment. Menejmentning ilmiy adabiyotlarida, moliyaviy menejmentning bir qancha ta’riflari mavjud. Quyida ulardan ba’zilari keltirildi: •Moliyaviy menejment – boshqaruvni moliyaviy shakllantirish tizimini, •Moliyaviy menejment – moliyaviy resurslarni jalb qilish va foydalanish bo’yicha har xil sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlar tizimi; •Moliyaviy menejment – korxonalarning strategik va taktik maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan, moliyaviy resurslar boshqaruvining fani va amaliyoti; •Moliyaviy menejment – korxonaning mol-mulki va moliyaviy resurslarini boshqarish; • Moliyaviy menejment – korxonaning moliyaviy oqimlarini boshqarish; •Moliyaviy menejment – korxonaning zaruriy likvidligini ta’minlash va to’lov balansini quvvatlash maqsadlarida aktivlar va passivlarni boshqarish; Moliyaviy menejmentning ta’riflaridan ma’lum bo’ladiki, moliyaviy menejment korxonaning pul vositalarining aylanmasini tashkillashtirish, korxonaning moliyaviy resurslarini shakllantirish, foydalanish va taqsimlash, bilan bog’liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, amalga oshirish tamoyillarini, usullarini ishlab chiqish tizimi haqidagi fan hisoblanadi.Strategik menejment. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilishdan ma’lum bo’ladiki, bugungi kunda strategik menejmentning yetarli darajalardagi aniq «tushunchasini» beradigan, yengil tushuniladigan ta’riflari ishlab chiqilgan emas.Chunki, strategik menejmentning hozirgi ta’riflari ham ancha tushunarsiz jarayonlarni, mexanizmlarni o’zining tarkibiga olgan. Strategik menejmentning eng ommaviylashgan ta’riflarini keltiramiz. Strategik menejment – bu tashkilotni qamrab oluvchi muhit deb tushuniladigan,tanlangan maqsadlardan foydalanish orqali va tashkilotning resurslarini taqsimlash yo’li bilan uzoq muddatdagi samarali reja harakatlariga muvofiq kutiladigan natijalarga erishishdir. Strategik menejment – bu menejerning tashkilotni uzoq muddatlarda rivojlantirish yo’nalishlarini belgilaydigan, o’ziga xos bo’lgan maqsadlarini, ichki va tashqi tomonlardagi barcha imkoniyatlardan foydalangan hollarda maqsadlarga erishish strategiyasini rivojlantiruvchi va tanlangan rejaning bajarilishini qabul qiluvchi boshqaruv jarayonidir. Strategik menejment – bu tashkilotning shunday boshqaruviki, bunda tashkilotning asosi, tayanchi inson salohiyati deb qaraluvchi, ishlab chiqarish faoliyatini iste’molchilarning ehtiyojlariga mo’ljallovchi, tashqi kommunikatsiyaning chaqiruviga javob beruvchi va raqobatda ustunlikka imkon beruvchi jarayonlarning umumlashganligi tashkilotga maqsadlariga erishishni va uzoq muddatli istiqbol imkoniyatlarini beradi. Ma’lumki, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish yoki tashkiliy strategiyani ishlab chiqarish yoxud tadqiqotlarni amalga oshirish strategiyalarini ishlab chiqishda albatta uzoq muddatli strategik reja tuziladi. Bu strategik rejani amalga oshirish esa, qisqa muddatli – taktik rejalar orqali bajariladi. Menejmentning strategiyasini tushunib olishning murakkabligi shundan iboratki, strategik menejmentda ichki va tashqi tomonlar mavjud. Innovatsion menejment – tamoyillar, usullar va shakllarni umumiylashtirib innovatsion jarayonlarni, innovatsion faoliyatlarni, bu faoliyatlarda band bo’lgan tashkiliy tarkiblarni va personalni boshqarish. Innovatsion menejment ishlab chiqarishni tashkil etish bilan iste’molchi faoliyatlarni samarali boshqarish jarayonlariga yordam beradi. Innovatsion menejmentning boshqaruv ob’ekti ilmiy ishlanmalar va ilmiy tadqiqotlarga va boshqaruv organlariga innovatsiyani joriy qilish jarayonlari hisoblanadi. Innovatsion menejment boshqaruvi o’ziga xos xususiyatlarga va murakkabliklarga ega. Bu o’ziga xoslik va murakkabliklar quyidagilardan iborat. Bilamizki, qoida va talab bo’yicha tashkilotga va uning boshqaruviga yangi yondoshuvlar va yangi g’oyalarni izlash maxsus texnik va iqtisodiy bilimlarni talab qiladi; innovatsiyani amalga oshirish uchun innovatsion loyiha ishlab chiqish kerak. Innovatsion menejer ilmiy-texnik va iqtisodiy-ruhiy salohiyatga, iqtisodiy–muhandislik bilimlariga ega bo’lishi, malakali iqtisodchi bo’lishi, yangiliklar bozorida ishlashga, yangiliklarning samaradorligini baholash qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.Innovatsion menejerning bosh maqsadi – firmaning faoliyat davridagi xavf-xatarni pasaytirish va xodimlar uchun komfort (qulay) ish sharoitlarini yaratishdan iborat: • rejalashtirish: strategiyani amalga oshirish rejasini tuzish; • tashkillashtirish va sharoitni aniqlash; innovatsiyaning har-xil fazalarini joriy qilish uchun resurslarga ehtiyojlarni aniqlash, xodimlar oldiga vazifalarni qo’yish, ishni tashkil qilish; • bajarish: ishlanmalar va tadqiqotlarni amalga oshirish, rejani joriy qilish; • rahbarlik: tahlil va nazorat, harakatlarni to’g’rilash; tajribalarni to’plash; Innovatsion loyihalarning samaradorligini baholash; innovatsion boshqaruv qarorlarini qabul qilish; yangilikni joriy qilish. Xalqaro menejment. Menejment turi hisoblanib, uning bosh maqsadi turli mamlakatlardagi biznesning boshqarilishi va ulardagi iqtisodiy, demografik, madaniy va boshqa o’ziga raqobatbardoshlikda ustunliklarga erishishni shakllantirish va rivojlantirish hisoblanadi. Xalqaro menejmentning tarkibi milliy menejment tarkiblariga o’xshash bo’lishi kerak va o’z tarkibiga firma biznesidagi boshqarishni xalqaro miqyosda rivojlantirishga asos bo’luvchi quyidagilarni ham qo’shishi lozim: • tadqiqotlar, tashkilotning ichki muhiti va biznesning tashqi muhitini tahlil qilish va baholash; •kommunikatsiya jarayonlari va qarorlar qabul qilish (modellar va usullarni qo’llash hisobidan); •boshqaruvning tayanch funktsiyalari (strategik rejalashtirish va strategiyani amalga oshirish; tashkillashtirish; motivatsiya; muvofiqlashtirish va nazorat); • rahbarlik va guruh dinamikasi masalalari; •firma faoliyatining samaradorligi masalalari(personalni, ishlab chiqarishni, marketingni, unumdorlikni boshqarish). Savdo menejmenti. Savdo inson hayotidagi eng qadimiy va eng muhim faoliyat hisoblanadi. Hozirgi zamonaviy sharoitda savdo har qanday davlatning iqtisodiyot sohalarida, personalning bandligi miqdori jihatidan ham, faoliyatlar hajmining kattaligi jihatidan ham eng yuqori o’rinlarda turadi. Savdo korxonalarining faoliyati har bir insonning ehtiyojlarini har kuni qondirish talablari bilan bog’liq. Bu talablarni bajarish uchun tashkiliy – texnologik, iqtisodiy va moliyaviy xususiyatlarga ega bo’lgan juda ko’p omillar va savolarga javob berishga to’g’ri keladi.Savdo korxonasining boshqaruv faoliyati murakkab jarayonlardan iborat.Savdo menejmentining (SM) turli xil usullari yordamida boshqaruv qarorlarini amalga oshirish savdo korxonalarining faoliyati bilan uzviy bog’langan. Hozirgi vaqtda savdo – tadbirkorlik faoliyatlari yo’nali- shida va mehnat qilish sohasida o’zining rivojlanishidagi yangi tezkorlikga ega bo’lib bormoqda. Bunga juda ko’p yangi tadbirkorlar o’zlarining xususiy va boshqa turdagi korxonalarni tashkil qilish yo’li bilan kirib kelmoqda. Bu korxonalarning menejerlari har kuni, har soatda ko’plab tashkiliy-iqtisodiy- moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Ko’p holatlarda u asta-sekinlik bilan tajriba oshirib, bu muammolarni “sinov va xatolar”ga boy bo’lgan shaxsiy usullari bilan yechishga majbur bo’ladi. Bugungi kunda savdo korxonasini boshqarish komp`yuterlashgan eng yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanishga shuningdek, oldingi amaliyotimizdagi noan’anaviy moliyaviy vositalardan, erkin bozor sharoitlaridagi mexanizmlardan foydalanishga asoslangan. Savdoning maqsadi – jamiyatni har xil darajadagi barcha noz-ne’matlar bilan har kuni ta’minlash hisoblanadi. Savdo menejmenti o’zining bosh maqsadlariga erishishi jarayonini quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga yo’naltiradi: 1.Xaridorlarga xizmatlar ko’rsatishning yuqori darajalarini ta’minlash. 2.Korxonaning savdo-xo’jalik va savdo-texnologik jarayonlarini yetarli darajalarda iqtisodiy jihatlardan tejamli amalga oshirishni ta’minlash. 3.Savdo korxonasining ixtiyorida qoladigan daromad summasini maksimallashtirish va undan samarali foydalanishni ta’minlash 4.Savdo korxonasining faoliyati bilan bog’langan xo’jalik xavflarini minimallashtirish darajalariga tushirish. 5. Savdo korxonasining bozor bahosi ko’tarilishini doimiy ta’minlash. BOSHQARUV USLUBLARI Avtokratik, ya’ni yakka hokimlik uslubi. Bunda rahbar o‘zgalar fikrini so‘rab o‘tirmaydi, balki buyruq berib uning bajarilishini nazorat qiladi. Bunday uslubda firmaning jamoasi markazlashgan bo‘ladi, xodimlar orasida esa aloqalar deyarli bo‘lmaydi. Byurokratik (qog‘ozbozlik) uslubi. Bu uslub ham yuqoridagi uslubning bir ko‘rinishi bo‘lib, firma faoliyati “tepadan tushirilgan” buyruqlar, yo‘l-yo‘riqlar va rasmiy qog‘ozlar asosida boshqariladi. Bunday korxonada tashabbuskorlikka emas, qog‘oz hujjatlarga ko‘proq e’tibor beriladi. Demokratik uslub. Bunda jamoaning barcha a’zolari qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etadi. Jamoa har bir a’zosining fikri inobatga olinib, ular umumiy ishga qandaydir hissa qo‘shayotganligidan qoniqadi. Bunday jamoalarda, odatda, odamlar o‘z ishlariga sadoqatli bo‘ladi. Rahbarning asosiy vazifasi jamoa a’zolarini tashabbuskorlikka yo‘naltirishdan iborat bo‘lib qoladi. Mеnеjmеnt kеng ma’noli tushuncha sifatida jahondagi mеnеjmеnt va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Pitеr F. Drukеr aytganidеk, “Mеnеjmеnt alohida faoliyat turi bo‘lib, tashkil etilmagan bеtartib ommani bir maqsadga yo‘naltirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga aylantiradigan, ijtimoiy o‘zgarishlarni rag‘batlantiruvchi elеmеnt hisoblanadi”.*1+ Menejment usullari kishilarni , jamiyatni obyеktiv ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanish qonunlari talablarini bajarishga undaydi . Ular aniq bir usul, uslub, maqsadga erishish yo‘lini ifodalaydi. Dеmak, mеnеjmеnt uslublari – ishchi va xodimlarga umuman menejment obyеktiga qo‘yilgan maqsadga erishish jarayonida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni maxsus izlanish usullari sifatida quyidagilarni kеltirish mumkin: 1. Tizim usuli boshqaruv muammolarini yechishda ishlatiladi va tizimning butunligiga asoslanadi. Taraqqiy etgan davlatlarda tizimli-majmuali, tizimli - tarkib, tizimli -funksional, tizimli -kommunikatsion va boshqa ko‘rinishlari mavjud. 2. Izlanishning majmuali usuli -voqеalarni va ularning bir-biri bilan bo‘lgan aloqalarini faqat ushbu fan usuli bilan emas, balki boshqa bir xil hodisalarni o‘rganuvchi fanlar bilan o‘rganadi. 3. Izlanishning tarkibiy usuli –murakkab hodisalarni bo‘laklarga ajratishdan iborat. 4. Vaziyatli yondashish - mеnеjmеnt faoliyatini ng maqbul usullarini ichki va tashqi sharoitga qarab bеlgilash. 5. Intеgratsion yondashish-izlanish usuli boshqa usullar ko‘rsatkichlarini hisobga olish asosida menejment hisoblanadi. MAKTABGACHA TA LIM TASHKILOTI MENEJMENT Zamonaviy taʼlim tizimi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktoriga tobora koʻproq talablarni qoʻymoqda, lekin boshqaruvdek muhim sohada direktorning mahorati eng kuchli talab hisoblanadi. Taʼlim darajasini oshirish asosan taʼlim tashkiloti direktorining taʼlim sifatini rivojlantirishdan manfaatdorligi, vaziyatning oʻziga xos xususiyatlarini his etishi va kerakli vaqtda boshqaruv faoliyatiga oʻzgartirish kiritishi bilan bogʻliq.Taʼlim tashkilotining yuqori samaradorlik koʻrsatkichlariga yoʻnaltirilganligi boshqaruvning tegishli darajasiga qoʻyiluvchi bir qator talablarni ifodalaydi. Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishda yangi yondashuvlarga asoslanib, zamonaviy direktor layoqatli mutaxassis fazilatlariga ega boʻlishi bilan birga, yuqori professional muloqot madaniyati va axloqiy-etik meʼyorlarga ega boʻlishi kerak. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tizimida turli xil maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud, takomillashtirilgan pedagogik texnologiyalar va usullar yuzaga kelib, amalda qoʻllanilmoqda, innovatsion faoliyat ommalashmoqda. oʻzgartirilmoqda..Yangi turdagi direktor jamoa bilan ishlashda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirishi, ularning qobiliyatlari, shuningdek ehtiyojlari va kasbiy talablarini hisobga olishi kerak. Direktor uchun xodimlarning tashabbusini maʼqullash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga hissa qoʻshish, shuningdek, har bir xodimini harakatga unday olishi muhimdir. Bugungi kunda zamonaviy pedagogik taʼsir koʻrsatish uslublariga ega, bundan tashqari boshqaruv mahoratini biluvchi mutaxassis zarur. Maktabgacha taʼlim tashkilotining zamonaviy direktori ish jarayonida bajaruvchi juda koʻp vazifalar roʻyxati mavjud. Boshqaruv vazifalari roʻyxati quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 1. Pedagog kadrlar tarkibining sifatini boshqarish. Bu vazifa pedagog kadrlar soni va ularning tarkibini belgilash sifatida tushuniladi, shu bilan birga mazkur vazifa malaka oshirish tizimi, jamoaviy ishni tashkil qilish va mehnatga haq toʻlash tizimini oʻz ichiga oladi. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning taʼlim va tarbiya sifatini boshqarish. 3. Taʼlim texnologiyasi sifatini boshqarish. Zamonaviy taʼlim tizimida turli xil taʼlim texnologiyalarini loyihalashtirish muhim oʻrin tutadi. 4. Moddiy-texnik boshqaruv sifatini boshqarish, jihozlardan foydalanish va oʻquv xonalarini taqsimlashni oʻz ichiga oladi. 5. Taʼlim infratuzilmasi sifatini boshqarish. 6. Axborot-uslubiy taʼminotni boshqarish qidiruv jarayonlarini tartibga solish va muhim maʼlumotlarni tahlil qilish, bilim olish uchun eng samarali uslubiy sxemalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi. 7.Taʼlim dasturi sifatini boshqarish, oʻquv rejasi, tadbirlarni tashkil etish va malaka talablarini qamrab oladi. 8. Huquqshunoslik vazifasi direktor oʻz ishida qonunlarni bilishi va qoʻllay olishi, butun jamoaning huquq va burchlarga rioya etishini tashkil qil.ang. 9. Psixolog-vositachining vazifasi shundan iboratki, direktor nafaqat jamoada, balki ota-onalar va bolalar oʻrtasida ham oʻzaro tushunish va ishonch muhitini yaratishi kerak. Jamoadagi nizolarni bartaraf etish qobiliyati maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining juda muhim vazifasidir. 10. Tashkiliy vazifa maʼlum bir tuzilmani, ichki tartibni yaratishni oʻz ichiga oladi. Tashkiliy qobiliyatlar quyidagi fazilatlardan iborat: kasbiy kompetensiya, jamoatchilik, jamoada ishlash tuygʻusi, talabchanlik, faollik va maqsadga muvofiqlik. 11. Nazorat va faoliyatni muvofiqlashtirish, zaruratga koʻra, nazorat paytida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ishda oʻzgarishlar kiritilishini oʻz ichiga oladi. Mazkur vazifa direktor talabchan, faol va tezkor boʻlishi kerakligini nazarda tutadi. Bu tashkiliy koʻnikmalarni namoyish etish direktorga jamoa faoliyatidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularning oldini olish yondashuvlarini tahlil qilishga yordam beradi. Shuningdek, nazorat – maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatida tashqi va ichki koʻrsatkichlarni oʻzgartirish jarayoni toʻgʻrisida maʼlumot olish va keyinchalik rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish uchun salbiy oqibatlarni bartaraf etish jarayoni. Boshqaruv vazifa sifatida boshqa vazifalarsiz mavjud boʻla olmaydi va boshqa vazifalar mavjuddir. SAN’AT VA MADANIYAT MENEJMENTI San’at va madaniyat sohasi menejmenti mamlakatimizda aholi turli tabaqalari vakillarini badiiy, estetik, ahloqiy, ijtimoiy-siyosiy, yo’nalishlarda tarbiyalash, odamlarning ma’naviy, ijodiy faolligini tashkil etish, barkamol insonni shakllantirishdagi o’rni va roli kattadir. Madaniyat va san’at sohasidagi o’zgarishlar, xususan madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va san’at saroylari, muzeylar, madaniyat va istirohat bog’lari, mahalla guzarlari, axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, rassomlik galeriyalari orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Sobiq sho’rolar davrida bu faoliyat madaniy-oqartuv ishi nomi bilan yuritilar, ularning asosiy ish mazmuni totalitar tuzum mafkurasining badiiy vositalar orqali aholining eng quyi qatlamlariga qadar yetib borishi uchun xizmat qilar edi. O’sha davrdagi klub muassasalariga odamlar deyarli kirishmas, badiiy havaskorlik ijodiyoti nomiga tashkil etilar edi. Qishloq joylaridagi kutubxonalarning eshiklariga qulf solib qo’yilgan bo’lib, ulardagi kitoblar soni 3-5 mingdan oshmas, ular ham asosan siyosiy adabiyotlardan iborat edi. Menejment-bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta’rifga binoan u: • boshqaruv xokimiyati va san’ati; • resurslarni boshqarish bo’yicha a’loxida moxirlik va ma’muriy ko’nikmalar tushuniladi. Madaniyat va san’at sohasi menejmenti esa madaniyat va san’at muassasalridagi jarayonlarni va personallarni boshqarish demaktir. Madaniyat va san’at sohasi tarixi qadimiydir. Uning tub ildizlari insoniyatning ilk uyushuvlari davriga borib taqaladi. Ilk uyushuv shakllari ilmiy adabiyotlarda tosh, bronza, temir davrlarida tarkib topganligi talqin etiladi. Bu davrda odamlarning madaniy ijtimoiylashuvi hayotni ta’minlash, uning barqaror davomiyligini belgilash zaruratidan yuzaga kelgan. Hayotning moddiy tomonlarini ta’minlash uchun odamlar bir-birlariga ov qilish, baliq tutish, ekin ekish, teskari insni o’ziga jalb etishga " erishishni turli o’yinlar, mashqlar tarzida o’rganib borganlar. O’rgatish uzluksiz, doimiy davom etgan. O’rgatish uzluksizligi va doimiyligi ta’limning alohida soha sifatida shakllanishiga sabab bo’lgan. Demak madaniyat sohasi faoliyatini ta’limning asosi deyish mumkin. “Menejer” tushunchasi O’zbekiston Milliy entsiklopediyasida quyidagicha izohlanadi: “Menejer” (inglizcha - boshqaruvchi): 1. Korxona va kompaniya egalari bo’lmagan, maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning qonun-qoidalarini biluvchi malakali mutaxassis, yollanma boshqaruvchi; 2. Rivojlangan mamlakatlarda kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma’muriy boshqaruvchi, rahbar xodim; 3. Obligatsiya zayomlarini chiqarish (emissiya) va uni kapital bozorida o’tkazish bilan shug’ullanuvchi bank sindikatlari guruhlarining rahbar ishtirokchisi. Madaniyat va san’at menejmenti xaqida ikki yo’nalishda so’z ketadi. Birinchidan, keng ma’noda inson yashash sharoiti uslublari ijtimoiy vokelik sifatida shaxs ijtimoiylashuviga taalluqli bo’lmagan holda va ijtimoiy hodisa tizimiga oid fikrlar: madaniyat va san’at moddiy va ma’naviy muhitni ifodalaydi, insonni shakllanishi va yuksalishiga imkon yaratadi. Ikkinchidan, tor ma’noda, jamiyat hayotidagi aniq doiraga oid fikrlar: (madaniyat va san’at doirasi). Madaniy-tarixiy merosni saqlash va ulardan foydalanishni qamrab oladi (muzey, kutubxona, arxiv ishlari, milliy va mahalliy an’analar, bayramlar va boshqalar). Badiiy ta’lim va bolalar ijodiyoti, san’at, ijodiy (badiiylikka uyg’un) faoliyat, kontsert faoliyati, bo’sh vaqtda ko’ngilochar ishlarni tashkillashtirish, havaskorlik, etnografik san’at va hunar, shuningdek, ularni ta’minlab beruvchi faoliyat (madaniyat iqtisodiyoti, moliyalashtirish, boshqaruv, axborot, kasbiy faoliyatga tayyorlash va qayta tayyorlash). Madaniyat doirasidagi faoliyat turli rasmiy idoralar (davlat, munitsipal, xususiy, jamoat tashkilotlari va h.k.),shuningdek, ayrim odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Bundan so’ng ularning barchasi qisqa qilib firmalar deb ataladi. Hozirgi globallashuv jarayoni mеhnat mеntalitеtiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. “Kеyingi vaqtlarda tashkilot madaniyati dеgan tеrmin ilmiy muomalaga ham kiritildi. Ushbu masala bo’yicha tadqiqot olib borayotgan taniqli sotsiolog M. Bеkmurodovning fikricha, tashkilot madaniyatimuassasaning nafaqat ishchanlik хususiyatini ifodalaydi, balki tashkilotga хos bo’lgan madaniyatning har bir хodim хatti-charakatlarida aks etishi, shaхsning fе’l-atvorlari motivi darajasiga yuksalishini nazarda tutadi. INSONING TASHKILOTDAGI XULQI NAZARIYASI Insonning tashkilotdagi xulqi bir-biri bilan uzviy bog’langan ikkita tarkibiy qism: shaxsiy xususiyatlar (tug’ma xususiyatlar va ular asosida orttirilgan xususiyatlar) va inson atrofidagi muhit ta‘sirida shakllanadi. Inson xulqini ta‘riflovchi turli nazariyalar ushbu tarkibiy qismlarga biron-bir rolni beradi.Ilmiy menejment konsepsiyasi. Uning asoschisi F.Teylor xodimlarni ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida, menejerlarni esa boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi xodimlarning alohida toifasi sifatida tan olgandi. Eng yuqori mehnat unumdorligiga erishish mehnatni ilmiy jihatdan tashkil etish va me‘yorlash, inson faoliyatidagi tabiiy cheklovlarni hisobga oluvchi mehnat qilish va dam olishning oqilona rejimi hisobidan ta‘minlanishi kerak. Xodimlarning bir qismi halol va mas‘uliyat bilan ishlaydi, boshqa qismi esa – ishyoqmaslar. Halol va mas‘uliyat bilan ishlovchi xodimlar xulqiga moddiy rag‘batlantirish yaxshi ta‘sir ko‘rsatadi, ishyoqmaslarga nisbatan esa qat‘iy nazorat usulini qo‘llash zarur, agar ishlashni astoydil xohlashmasa bosh.darkor. F.Teylor menejerlarning qo‘l ostidagilar bilan munosabatlari chog‘ida avtoritar usullar va sub‘ektivliknii ilmiy qoidalar bilan almashtirishni talab qildi va bu ular o‘rtasida ishlab chiqarishda yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etishini ta‘kidladi. Klassik yoki ma‟muriy boshqaruv maktabi. Uning asoschisi A.Fayol tashkilotni boshqarish tamoyillari va funksiyalarini yaratdi. A.Fayol xodim boshqaruv ob‘ekti, ishlab chiqilgan boshqaruv tamoyillarining tashkilotda amalga oshirilishi hamda menejerning yuksak shaxsiy va ahloqiy xususiyatlari xodim xulqiga ta‘sir etishning asosidir, deb hisoblardi. Mazkur maktab vakillari tomonidan ta‘riflangan yakkaboshchilik tamoyili bunga misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin, unga ko‘ra inson faqat bitta boshliqdan buyruq olishi va faqat uning o‘ziga bo‘ysunishi lozim. Ushbu maktabning rivojlanishiga tashkilotning byurokratik tuzilishi va uni boshqarish tuzilishi nazariyasini ishlab chiqqan germaniyalik sotsiolog M.Veber (1864 – 1920) katta hissa qo‘shdi. U tashkilot huddi mashinadek ishlashi uchun nima qilish kerak, degan savolga javob izladi. Javobni Veber har qanday vaziyatda o‘zini tutish tartib-qoidalari, har bir xodimning huquq va majburiyatlari ishlab chiqilishida ko‘rdi. Uning konsepsiyasida shaxs mavjud emas edi. Tartib-qoidalar faoliyatning barcha turlarini, xodimlar mansabi oshishini, rahbariyat qarorlarini belgilab berardi. Hokimiyatni taqsimlashning ierarxik tizimi, aniq mehnat taqsimoti va xodimlarning ixtisoslashuvi nazarda tutildi. M.Veber fikricha, agar hamma narsa aniq yozib, yo‘lga qo‘yilsa, insonlar istaklari istisno etilsa, u holda tashkilot yuqori samarali bo‘ladi. Hayot bunday tasavvurning xato ekanligini ko‘rsatdi. Boshqaruvda insoniy munosabatlar maktabi. Uning vakillari rahbariyatb o‘z xodimlari to‘g‘risida ko‘proq qayg‘ursa, xodimlarning ishdan qoniqish darajasi ortadi, bu mehnat unumdorligining oshishiga olib kelishi muqarrar, deb hisoblashardi. Ular insoniy munosabatlarni boshqarishning usullarini qo‘llashni tavsiya qilishdi. Ushbu usullar bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlar, ularga ishda keng muloqot qilish imkoniyatlarini taqdim etish kabilarni o‘z ichiga olishi mumkin. Garvard universiteti Biznes maktabining professori E.Meyo (1880 – 1949) insoniy munosabatlar maktabining asoschisi hisoblanadi. U xodimlar xulqiga, ularning mehnatga bo‘lgan munosabatiga jamoadagi ijtimoiy munosabatlar, guruhiy jarayonlar, rahbarlarning qo‘l ostidagilarga bo‘lgan munosabatining insoniyligi, jamoada ishlash kabi omillarning hal qiluvchi ta‘sirini aniqladi. Ilmiy boshqaruv maktabi va ma‘muriy (klassik) maktab vakillari inson omilining ahamiyatini tan olishsa-da, ularning bahs munozaralari mehnatga adolatli haq to‘lash, iqtisodiy rag‘batlantirish va rasmiy funksional munosabatlarning o‘rnatilishi kabi jihatlar bilan cheklandi. Insoniy munosabatlar uchun harakat ularning inson omilini tashkilot samaradorligining asosiy unsuri sifatida to‘liq anglab etishga qodir emasligiga javoban paydo bo‘ldi. Insoniy munosabatlar maktabi ilmiy boshqaruvga qarshi bo‘lib chiqdi, chunki unda e‘tibor ishlab chiqarish haqida qayg’urishga emas, balki insonlarga qaratildi. G’oya shundan iborat ediki, insonlarga e‘tiborning oddiy namoyon bo’lishi ular mehnatining unumdorligiga juda katta ta‘sir ko’rsatadi.E.Meyo, F.Teylordan farqli olaroq, agar togri munosabatlar yolga qoyilsa, inson qiziqish va shijoat bilan mehnat qiladi, deb hisoblardi. Meyoning fikriga ko’ra, menejerlar ishchilarga ishonishlari va asosiy e‘tiborni jamoada yaxshi o’zaro munosabatlarni yo’lga qo’yishga qaratishlari lozim. Bixeviorist olimlar tomonidan motivatsiyaning bir nechta nazariyasi ishlab chiqilishi XX asrning 40 – 60-yillarida insoniy munosabatlar maktabining rivojlanishiga turtki berdi. Shulardan biri boshqaruvda bixeviorizmning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan A.Maslouning (1908 – 1970) ehtiyojlar ierarxik nazariyasidir. Keyinchalik menejmentda keng qo’llanilgan ushbu nazariya «ehtiyojlar piramidasi» sifatida ma‘lum.Xulqiy fanlar maktabi yoki bixevioristik maktab. Uning eng ko’zga ko’ringan vakillari – F.Gersberg, R.Laykert, D.MakGregor. Mazkur maktab insoniy munosabatlar maktabidan ancha yiroqlashdi. Yuqoridagi olimlarning fikriga ko’ra, tashkilotning har bir xodimiga uning tashkilotlarni boshqarishga nisbatan xulqiy fanlar konsepsiyalarini qo’llash asosida o’z imkoniyatlarini anglab etishida ko’proq yordam ko’rsatilishi kerak. Ushbu maktabning asosiy maqsadi inson resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo’li bilan tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirishdan iborat edi.Mazkur maktab vakillarining asosiy g’oyasi: xulq to’g’risidagi fanning to’g’ri qo’llanilishi alohida xodimning ham, umuman tashkilotning ham faoliyati samaradorligini oshirishga ko’maklashishi lozim. Bunda turli xulqiy yondashuvlar va ularni amaliyotda qo’llashni o’rganish katta ahamiyatga ega. Gap shundaki, inson bu - boshqaruv tizimidagi eng muhim unsur, to’g’ri tanlangan hamfikrlar va sheriklar jamoasi esa tashkilot muvaffaqiyatining muhim sharti hisoblanadi. Ruhshunoslikning inson ruhiy tuzilishining tashqi rag’batlantiruvchi omillarga eksperimental xulqiy reaksiyalarni o’rganuvchi yo’nalishi – bixeviorizmdan tashkiliy xulq fan sifatida o’sib chiqdi. Biroq XX asr oxirida u o’z e‘tiborini tashkilotdagi tizimli va jamoaviy ta‘sirlarga, korporativ madaniyat fenomenlariga qaratgan.Hozirgi vaqtga kelib tashkiliy xulq nazariyasida quyidagi asosiy yondashuvlar ko’rib chiqiladi: kognitiv, bixevioristik, ijtimoiy o’rgatish. Kognitiv (kognitiv – fr. «tushunish», «yaratish») yondashuv – ruhshunoslikdagi inson aqliy faoliyatining birlamchiligini tan olishdan kelib chiquvchi yo’nalish.U motivatsiya nazariyasi ishlab chiqilishida eng ko’p qo’llanildi. Kutish, atributsiyalar (belgi, mansublik), nazorat lokusi (yo’naltirilganligi), maqsadni qo’yish tashkiliy xulqning aniq maqsadga yo’naltirilganligini tavsiflaydi. YOndashuv bilish jarayoni bilan tashkiliy xulq o’rtasidagi bog’liqlikni qo’llaydi. EKOLOGIK MENEJMENT "Ekologik menejment" iqtisodiy ierarxiyaning turli bo`g’inlari - korxonalar, tumanlar, viloyatlar iqtisodiyotidan to respublika va global iqtisodiyotgacha yuzaga keladigan ekologik-iqtisodiy munosabatlarni boshqarish va ayni vaqtda xilma-xil tabiiy resurs va ekologik muammolar yechimini boshqaruvchi usullar majmui hisoblanadi."Ekologik menejment" fani ekologik ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda boshqaruvchiga tabiatdan foydalanish va tabiat muhofazasini boshqarish sohasida ilmiy asoslangan tanlovni to`g’ri amalga oshirishni va maqbul qaror qabul qilishni o`rgatadigan fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo`g’inlarda ekologik xatar va xavfni muvaffaqiyatli boshqarish malakasini, mavjud ekologik-iqtisodiy imkoniyatlarni amalga oshirishning ekologik iqtisodiy boshqaruv usullarini egallagan yuqori malakali menedjerlarni tayyorlashdan iborat. "Ekologik menejment" ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining ekologik xavfsizlik darajasini oshirish, resurslarni tejash va ekologik xatarni eng kam miqdorga tushirish usullarini asoslab, qo`yidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: a) korxonalar va kompaniyalarga xarajatlarni aniqlash, yangi ekologik bozorlarni o`zlashtirish va shu asosda raqobatbardoshlikni oshirish; b) mintaqalar va mamlakatlarga hozirgi hamda kelgusi avlodlarning manfaatlarini hisobga olgan holda tabiat, atrof-muhit sifatini oshirish; v) tabiatda biologik xilma-xillikni asrash, tabiiy resurslarni muhofazalash. «Ekologik menejment» fanining predmeti ekologik ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni boshqarishdir. U ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liq bo`lib, ushbu ijtimoiy-iqtisodiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha to`rtta fazasi (davri)da ishtirok etadi: ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan mahsulotni taqsimlash, uning muomilada bo`lishi va iste`mol qilinishi. ekologik-iqtisodiy munosabatlarni boshqarish tabiat ob`ektlari (Ekotizimlar)ni asrash, yaxshilash, tiklashga va ulardan samarali foydalanish hamda muhofaza qilishga yo`naltiriladi va ayni paytda zamondoshlarimiz va kelajak avlodlari uchun atrof-muhitni maksimal darajada asrash. XULOSA Innovatsion menejment innovatsiyalarni boshqaradi. Uning ob'ekti amalga oshirish, muvofiqlashtirish va nazoratga ega ilmiy izlanishlar, amaliy ishlanmalar, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, tovarlar va xizmatlarning tajribali namunalarini yaratish; Innovatsion faoliyat rejalar va dasturlarini shakllantirish va baholash, ularning resurslarini qo'llab-quvvatlashini tashkil etish; Rag'batlantiruvchi ijodkorlik. Innovatsion menejmentni amalga oshirishga qaratilgan (ekstraktsiya) ijodiy faoliyat Odamlar mavjud bo'lgan yoki antuktivlardan oshmaydigan mahsulotlarni yaratish uchun odamlar.Investitsiyalarni boshqarish - bu investitsiyalarni boshqarish sohasida ixtisoslashgan. Investitsiyalar kapitalning kelajakdagi foydasi va (yoki) biznes egalari foydasiga ijobiy oqim oqimini olish uchun investitsiya kiritganligi sababli investitsiya menejeri strategik menejerning fazilatlariga ega bo'lishi kerak. Bu ustuvorliklar aniq, "Moddiy" oqim oqimlarini tashkil qilishi, "uzoq vaqt davomida" oqim oqimlarini tashkil qilishi, uzoq muddatli maqsadlar uchun xodimlarni ilhomlantiradi. Investitsion loyihalar menejerlari kelajakdagi turmush tarzi haqida alohida tasavvurga ega bo'lishi kerak, doimiy impulsni yaratish, bino jarayonida professional ishtirokchi bo'ling. Ekutinglash-boshqaruv tashkilotning ishi bo'yicha ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayoni va boshqa tashkilotlarning asoslari bo'yicha ma'lumotlarni boshqarish va tashkilotning salohiyatidan to'liq foydalanish bo'yicha zaxiralarni tashkil etish bilan bog'liq . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: A .Sh. Bekmurodov, U.V. G ’afurov, B.K.Tuxliyev. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O ’zbekistonning samarali iqtisodiy siyosati. O ’quv qo'llanma. - Т.: TD1U. - 124 b Avdeyev V.V. Upravlenie personalom: texnologiya formirovaniya komando. - М.: Finans i statistika, 2010. - 544 s. Druker P. F. Zadachi m enedjm enta v XXI veka Per. s. Angl. Ucheb.posob. - М.: Vilyams, 2009. - 157 s. Gerchikova I.N. M enedjment: Uchebnik. 4-e izd,, pererab. i dop. - М.: Yuniti-Danya, 2004. - 511 s. Dyatov A.N. Obshiy menedjment: kontsepsii i kommentarii: Uchebnik, - М.: Alpina Biznes Buks, 2009. - 400 s. B. Yu. Xodiyev va boshqalar. Kichik tadbirkorlik faoliyati asoslari (o'quv amaliy qo'llanma). - Т.: E TEM PUS dasturi «Matodor-2000» loyihasi, 2004. - 20 b. Jumayev N.X. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi: mohiyati, sababoqibatlari va O’zbekistonga ta’siri. Risola. - Т.: JIDU, 2009. - 56 b. 331 Download 30.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling