Menejmet va marketing


O'qitish quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi


Download 198.01 Kb.
bet3/7
Sana18.11.2023
Hajmi198.01 Kb.
#1785761
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elektron imzo xisobot

O'qitish quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi:

  1. Mexanik va elektr ishlari bo'yicha operator. Trening fabrikalarning konveyerlarida uskunalardan foydalanish qobiliyatini rivojlantiradi;

  2. Robot-manipulyatorni boshqaruvchi operatori. Nomzodlar robotlar turlari bilan tanishadilar, ulardan foydalanish va ularni dasturlashni o'rganishadi;

  3. Kompyuterni boshqarish operatori. Trening kompyuterlashtirilgan uskunalar va moslamalardan foydalanish va ularni ishga tushirish ko'nikmalarini rivojlantiradi;

  4. Sifatni nazorat qilish bo'yicha xodim. Ushbu sohada ular mahsulot sifatini nazorat qilish, o'lchash va sinov vositalarini o'rganish usullarini o'rganishadi;

  5. Ichki logistika va omborxona xodimi. Treningda omborxonalardan foydalanish qoidalari, tashish usullari to'g'risida bilim va ko'nikmalar hosil bo'ladi.

  6. Payvandlovchi. Tinglovchilarga metallni payvandlash turlari, usullari va qo'llanishlari bo'yicha ko'nikmalar o'rgatiladi.


Har bir yo‘nalish bo‘yicha guruhlardan kirish imtihonida test olinib, shundan so‘ng dasturlarda belgilangan muddatlarda nazariy va amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tiladi. O‘qitish muddati tugagandan so‘ng har bir nomzodlardan chiqish testi olinadi va egallagan bilimlari bo‘yicha baholanib, ularga o‘quv markazi tomonidan o‘qiganlik to‘g‘risida sertifikat yoki ma'lumotnoma beriladi. Shundan so‘ng nomzodlar ishlab chiqarish korxonasida o‘z faoliyatlarini boshlashlari mumkin bo‘ladi. 
O‘quv markazida ingliz tili, rus tili, komp'yuter savotxonligi, buxgalteriya hisobi bo‘yicha qo‘shimcha kurslar ham tashkil etiladi.
Shu bilan birga o‘quv markazida axborot resurs markazi ham faoliyat yuritadi: Kitobxonlar uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lib, kitoblar va elektron darsliklar bilan ta'minlangan.
Shuningdek, O‘quv markazida ishlab chiqarish sifatini oshirish xamda ishchi-xodimlarni iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan psixologik va mativasion darslar, tadbirlar (konferensiyalar, forumlar, musoboqalar, seminar-treninglar, mahorat darslari, tanlovlar) tashkil etiladi.


Download 198.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling