Menga doimo harakatda bo`lgan va o`zgarishlarga tayyor insonlar judayam yoqadi, men ularga o`xshashga intilib yashayman. O`zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi ana shunday yoshlarni jamlagan jamiyatdir
Download 15.11 Kb.
|
motivation essay
Menga doimo harakatda bo`lgan va o`zgarishlarga tayyor insonlar judayam yoqadi, men ularga o`xshashga intilib yashayman. O`zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi ana shunday yoshlarni jamlagan jamiyatdir. Men ushbu ittifoqqa a`zo bo`lganimdan judayam xursand bo`lganman. YIda vazir va hukumat arboblari ham o`z harakatlarini olib borganlar . YIning prezident bilan ham o`zaro a`loqasi mavjud, buni biz yuzma-yuz uchrashuvlardan bilishimiz mumkin. Men volontyorlik harakatining yetakchi a`zosiman, ammo ko`pchilik hollarda yoshlarning bunga qiziqmayotganini ko`rish mumkin. Men mablag` yig`ish bo`yicha ko`plab tadbirlarni amalga oshiraman, turli xil klublar tashkil etaman va ko`plab ko`ngillilar safida bo`laman va hakozo. Men respublika hayriya klubining yetakchisiman, “Talabalar harakati” jamiyatining asoschisiman, hozirda “Oliy ta`lim talabalarining o`quv faoliyatidagi muvaffaqiyatini ta`minlashning psixologik-pedagogik omillari” mavzusida bakalavr tadqiqotlarini olib boryapman. Ammo men ushbu jamiyatlarning harakatidan to`laqonli hotirjam emasman. Chunki birinchidan, yoshlarning ko`pchiligi jamiyat ishlarida faol bo`lishni o`zlari uchun muhim vazifa deb hisoblamaydi, ular bu ishlar hamma uchun foydali ekanligini bilishlari va ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun bor kuchlarini sarflashlari kerak. Ikkinchidan, insonlar ongida vatanparvarlik tushunchalari to`laqonli shakllanib ulgirmagan, ular o`zlarini vatanining sodiq fuqarosi deb butkul hisoblashmaydi, shunday ekan ushbu tuyg`uni o`sib kelyotgan yoshlar ongida shakllantirish uchun harakat qilish kerak. Uchinchidan, xayriya ishlariga odamlarning kam qiziqayotgani. Xayriya, xususan, bizning Islom dinimizda juda ham ulug`lanadi, jamiyat aholisiga xayriya haqidagi tushunchalarni diniy hamda dunyoviy usulni birlashtirgan holda uqtirish kerak. Hamma narsa kimga va qanday tushuntirishga bog`liq, yuqorida sanab o`tilganlarni ko`proq yoshlarga o`rgatilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Chunki faqat yoshlargina shunday o`zgarishlarga tayyor tura oladilar. O`zgarish qo`rquv, xavf, yo`qotish va erishishga tayyor ruhni talab qiladi. Bunday ruh esa biz, yoshlarda bor. Men birinchi navbatda Ugrad dasturida qatnashmoqchiman, chunki men bunga tayyorman. AQShda o`z karyeramni rivojlantirish, ilmiy salohoyatimni oshirish va shaxsiy o`zgarishga erishish uchun qo`limdan kelgancha harakat qilaman. Uyga qaytgach, o`z fikrlarimni tengdoshlarim bilan o`rtoqlashishni, ushbu dastur haqida ommaga kengroq ma`lumot berishni va yangi g`oyalarimni amalda tatbiq qilishni rejalashtirmoqdaman. O`zbekistondagi tengdoshlarim hech qachon yirik xalqaro forumlarni o`tkazishmagan. Men esa ularning ichida birinchisi bo`lmoqchiman va shunday forum o`tkazmoqchiman. Agarda men mablag` yig`ishni yetarlicha boshqara oladigan bo`lsam, dunyoning turli burchaklaridan kelgan 500 ga yaqin talabani qamrab oladigan va dunyodagi samarali ta`lim tizimlari haqidagi xalqaro forumni o`tkazaman. Menimcha, bu, avvalo, davlatlardagi ta`lim tizimini yanada yaxshilash uchun, qolaversa turizmni rivojlantirish uchun ham keng imkoniyatlarni ochib beradi. Men hech qachon bunday forumning guvohi bo`lmaganman va menda shunday imkoniyat borligidan juda ham mamnunman. Men ushbu dastur orqali Global UGRAD dasturining istiqboliga o`z hissamni qo`shishni ham rejalashtirganman. Men rejalashtirgan Samarqandda birinchi xalqaro MUN konferensiyasi ham turizm rivojiga va madaniy almashinuvni ta`minlashning yana bir usuli hisoblanadi. Men o`ylaymanki, dastur haqiqatan ham ishtirok etishni xohlagan va bunga loyiq odamni izlayapti va bu menga o`xshaydi. Men juda ham yaxshi nomzod bo`lar edim, chunki dastur davomida va kelajakda madaniy almashinuv va jamoat ishlarida O`zbekistondagi faol agent bo`laman. Download 15.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling