Мени шундай яратган
Download 259.5 Kb.
|
МЕНИ ШУНДАЙ ЯРАТГАН
Olisdagi hijron
Mana o`tdi sizsiz oylar ham, Men chidadim umidim bog`lab. Aziz debsiz o`zgani mendan, Baribir hayolim faqat siz bilan. O`tkanida har onim uzoq, Ko`zimga yosh to`lsa chidardim. Bo`lsangiz ham mendan ko`p yiroq, O`zganimas sizni sevardim. Sizni sevishga qilgan edim axd, Yiroqda bo`lsangiz ham qilardim duo. Sizga tilamayman boylik toju taxt, Sizniki bo`lsin doim omad ila baxt. 2009-yil avgust NAXOTKI
Aytmadingiz –aytolmadingiz. Naxot meni shuncha vaqt o`tib, Sevmadingiz –sevaolmadingiz. So`zlagan bo`lsangiz naxotki yolg`on, Naxotki yolg`onlarga meni ko`mdingiz Naxot meni sevmagan bo`lsangiz, Sohta sevgingizga ishontirdingiz, Meni azob chekishimni bilib Qanday aldab yurdingiz. Meni shuncha dardlarga ko`mib, Qanday rohat ko`rdingiz yorim. KETAVERING Siz bilmaysiz dardlarim og`ir, Ko`zlarimda yashaydi yomg`ir. Siz men uchun bo`lmaysiz Tohir, Ketavering hissiz bevafo Dilda cheksiz muhabbat yashar, Ishqqa vafodorlik yarashar. Kelasiz-a kelmasangiz gar, Ketavering hissiz bevafo. YETAR Yetar sevgim ko`nglingizdan quvganingiz, Yetar yuragimga hanjar urganingiz. Dilim ezar yig`lamay, shod yurganingiz, Hayrlashmay ketaqoling bevafo yor. Men bilmayin toshga dardim aytibman-a, Ko`ngil berib so`rab mehr ko`zlabman-u. Kelib –kelib sizdan baxt izlabman-a, Hayrlashmay ketaqoling bevafo yor. Keting mayli sevgingizni sotib keting, Yot hovliga oydek jonim botib keting. Muhabbatim olovlarga otib keting, Hayrlashmay ketaqoling yolg`onchi yor. ESLAYSIZ. Hali meni ko`p eslaysiz, Yolg`izlikda qolgan damlar. Hali meni ko`p eslaysiz Qalbingizni og`ritsa g`amlar. Hali meni ko`p eslaysiz, Boshingizga kulfat g`am tushsa. Hali meni ko`p eslaysiz, Quvonchlarni armonlar yuvsa. Hali mani ko`p eslaysiz, Yangi oy chiqgan kecha. Hali meni ko`p eslaysiz, Diydor nasib etmaguncha. Hali meni ko`p eslaysiz, Sevishganlar birga yursa. Hali meni ko`p eslaysiz, Ko`ngil meni tilab tursa. Cho`milib his tuyg`ularga, Ko`milib ming orzularga. To`kilib tiz ko`ngilga, To`ygunicha suydi yurak. O`lgunicha kuydi yurak Chidab har balolarga, Aylanib adolarga. Ezilib navolarga To`ygunicha suydi yurak. O`lgunicha kuydi yurak. Topmay bir zum xalovat, Ishqqa qilib itoat. Tortib ming –ming hijolat, To`yguncha suydi yurak, O`lgunicha kuydi yurak. Yashab otash olovda, Qilolmay bir bor tovba. To`ygunicha suydi yurak, O`lguncha kuydi yurak. Gohi borday, gohi yo`qday, Olovday yoki chog`day. Gohi och, gohi to`qday. To`ygunicha suydi yurak, O`lguncha kuydi yurak. Sevgi qirg`oqsiz daryo, Sevgi hofizsiz navo. Sevsangu sevilmasang, Sevgi chiroqsiz dunyo. Oshiqlik yerning bulbuli, Mashuqlik osmon guli. Ikkisi ham agar bilsang, ______________________ OShiq baxti mehrida Mashuq tahti sehrida. Sevgisi nur sochmagan, Qolsin u dil bag`rida. Orzular bag`rida cho`milsa yurak, Shirindek tuyg`ular hatto armonim. Baxtimga sog` bo`ling doim, Men uchun yagonasiz aziz insonim. Kimgadur keraksiz baxtlisiz demak, Istasangiz bu baxt sizni tark etmas. Kimgadur baxt berish balki mushkuldir, Balki siz baxtdur, siz kimlar uchundir. Bugun o`zga yorga bo`lib mahliyo, Ortidan jilmaygancha shodon chopasiz. Hiyonatdan yiqilgan ojiz sevgimiz, Osha vaqt ayting qaydan toposiz. Ko`zlar ko`rmasada sizni bir bora, Uzoqda bo`lsakda yaqindur ora. G`oyibona bo`lsada so`zlashish uchun, Yaxshiyam dunyoda telefon bora. Derazadan boqaman ko`cha tomonga, O`tib ketayotgan yaxshi yomonga. Olloxdan so`rayman bxtu- saodat, Meni eslab yurgan aziz insonga. Dardimni faqat qalbim tinglaydi, Ojizman yurak zor-zor yig`laydi. Bir bor ko`rishish intizor qilib, Aslida odamni odam qiynaydi. Kimnidir sevsang qilsa horu zor, Sevgi azobiga bo`ladi duchor. Yolg`on sevgini qilmaydi ishor, Gar bo`lsa qalbida nomus ila or. Husn uchun sevmoqchi bo`lsang, Hayotim sevmay qo`yaqol. Yillar o`tib o`zgarsa husnim, Sof muhabbat bo`lmasin uvol. Taqdir yo`llarida uchrashdik nogoh, Bazan xato qildik bazida gunoh. MAyli bizlarni kechirsin olloh, Sevgimiz bo`lsin bizlarga panox. Umr o`tib ketar albatta Hayot esa kelar bir marta. Shuning uchun istayman har vaqt, Hayotizda kulib tursin baxt. Agar qalbim bo`lganda daryo, Siz buyurgan tomon oqardim. Agar qalbim bo`lganda quyosh, Biling faqat sizga boqardim. Falakni gardishi aylanib qolsa gar, Qaytadan kelsak duyoga agar. Yaratgan ollohdan sizni so`rardim, Hech kimga sevdirmay o`zim sevardim. Men sizni sevaman, sevaveraman, Men sizni deyman, deyaveraman. Toki bor ekansiz hayota jonim, Men jaxlizga tegaveraman. Sevgidir- insonga shifobaxsh darmon, Sevgidir- adashganlarga armon. Sevgiga- hiyonat qilmang hech qachon, Sevgini – ardoqlang har bir mard inson. Bu yorug ` dunyoda yaxshiyam borsiz, Sizni mavjudligiz umrimga ziyo. Sevgilim har zamon menga darkorsiz, Sizni panoxida asrasin xudo. Qanchalar bo`lsa ham oramiz yiroq Men sizni sevaman shunchalik ko`proq. Mayli siz eslarsiz har zamon biroq, Men sizni sog`indim sizdanda ko`proq. Nechun sizga ketib tinmaydi hayol, Gohi sizni kutib sog`insa ko`zim. Sizga bergim kelar bir savol, Sizni sog`inaman sizchi azizim. Sokin yuragimga solib g`alayon Shu yuragim birla urib turibsiz. Ey mening qalbimga aylangan inson, Bilmadim shu damda qayda yuribsiz. Bu dunyo ko`zlarizga ko`ringanda tor, Siz meni shunchaki unutmang zinhor. Eslang meni mayli maxsun damlarda, Chunki men kelmayman dunyoga takror. Gohida yuragim to`lib ketganda, Beparvo dunyodan bezib ketganda. Do`stlarim begona bo`lib ketganda Aytingchi shunda ham meni sevaverasizmi. Mayli o`sha bir shodon kunda, Ranjimasman agar unutsangiz. Men rozi bo`lardim o`shanda, Siz dunyoda baxli gar bo`lsangiz. Dilimning ishq baxori tark etkanida ham, Hayolni xiyonat band etkanida ham O`zga sizni intizor kutkanida ham, Siz meni shunchaki unuta olmaysiz. Download 259.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling