Мени шундай яратган
Download 259.5 Kb.
|
МЕНИ ШУНДАЙ ЯРАТГАН
Najimova Dilnavoz
Chirchiq shahri Ayriliq
Qo`llarimda tutib sham chiroq. Kelgan joyim to`lamas baxtga, Biroq bunda bevafolar yo`q. Baxtizmasman bu yerda aslo, Bohga tushmas ko`ngil savdoi. Ishqingizdan iliqroq ekan, Ayriliqtan sovuq havosi. Toptalmaydi bu yerda hislar, Bozorida sotilmas iymon. Garchi yo`qdir bunda muhabbat, Sevilmagan malikalar bor. Meni eslang erta kuz kela, Bevafoga ishingiz tushsa. Biznikiga kirib o`ting bir, Gar jannatga yo`lingiz tushsa. KELMADINGIZ… Sevgi devoridan tuproq to`kildi, Visol ko`ylagining choki so`kildi. Yurak cho`qqisi bir so`z yiqildi,- KELMADINGIZ… Xayot tashvishini boshimdan sochdi, Ostonamni quvonch tark etdi, qochdi, “Umrning baxti shu”- ruxlar fol ochdi KELMADINGIZ… Baxt meni ovutdi, dedi u, “kutgin” O`tmishingni esla ba`zan unutgin, Amal qildim xatto toshlarni yutdim. KELMADINGIZ… YASHAGIM KELDI!!! Yillar ummonida ketdim adashib, Goh yashagim sokin, gohida shoshib. Garchi tashvishlardan bugun men qochib- Ko`zingizda… yashagim keldi! Qismat og`u tutdi, gohida sharob, Sog`inch kosasida keltirdi g`ulob. Olis hayollarday so`zsiz bejavob – Ko`zingizda… yashagim keldi! Dilim siniqlarin teraman behol, Meni yupatadi sirdoshim hilol. Bugun shodlik malol, bugun g`am malol- Ko`zingizda… Yashagim keldi! Bag`rimdan uzulib keldi nimadir, Tuyg`ular xazonday to`kildi bir-bir. Jonim gul bag`riday titraydi ohir- Ko`zingizda… yashagim keldi! SOG`INDIM Sendan uzolmasam ko`nglimni butun, Ishqning vayron bo`lgan kipriklarida. Yig`lasam – yig`lasam tunlari uzun , Yomg`ir bo`lib oqsam kipriklaringda . Men seni sog`insam sog`inch ohlarim. Ko`zlarim ahtarsa nigohlaringni, Sog`inib ketdimku – sig`indim seni ishon. *** Mayli sevib yo`qotay tinchim, Taqdir kulib topsam men sizni. Faqat sizdan yolg`iz o`tinchim, Tark etmang siz hech qachon meni. Sog`indim, Soginchdan ko`zimda yoshim, Hijron azobidan egikdir boshim. Lekin qudratlidir sabru bardoshim, Faqat hayolingiz mening sirdoshim. Siz ham o`ylaysizmi?! Uzun kechalarni tongga uladim , Unutmang doimo sizni o`yladim. Sevgimiz haqida yonib so`yladim Gohida g`amginu, goh shod kuyladim. Siz ham o`ylaysizmi?! Gar to`siq duch kelsa topolgum imkon, Sizsiz yashamoqlik o`zi bir armon . Hatto asrga teng har lahza har on, Qalbimning ardog`i , sevimli inson. Siz ham o`ylaysizmi?! TAQDIR Baxtli edik quvonchli damlar, Azob nima sira bilmastik. Chorladi so`ng tugamas g`amlar Yolg`onlarga parvo qilmadik. Qiziqtirmas edi hech narsa, Endi sira uyg`onmas tuyg`u. Yuragimni tirnar bir narsa, Hayotimni kemirar qayg`u. Yoki taqdir qoldi ilojsiz, Yo qadriga yetmadik bizlar. Bizlar baxtga yetmadik essiz. Bizdan faqat qolmoqda izlar. Naxot sinda qadrimning toji, Bardohlarim tugadi bir-bir. Endi sira yo`qdir iloji, Bizni birga qilmadi taqdir. 15.08.2011. 23:43 TUN VA KUN Siz qabul qiling mendan bir tilak, Samimiy so`zlar-u shirin bir istak. Hayotingiz doim nurlarga to`lsin, Bugungi kuningiz munavvar bo`lsin. Osmon to`la sonsiz yulduzlar, Sizga shirin tushlarni tilar. Kunlaringiz munavvar o`tib, Xar tuningiz hayrli bo`lsin. Olam shodliklarni yog`dirsa bu tun Bulardan hech narsa bo`lolmas ustun. Shu onda, shu damda bezovta qilib, Tilamoqchi bo`ldim osoyishta tun. Har kun umrimizning bir safaridur. Har on kunimiznng bir gavharidir. Tinchlik omonlikda o`tgan har bir kun, Ollohning bizlarga hush habaridur. Poyoniga yetkanida kun, Osmonda yulduzlar sochganda uchqun. Qalbimdan bu so`zni aytaman bugun Men sizga tilayman osoyishta tun. Sizga tilab yulduzli tunni, Erta uchun omadli kunni. Ushbu oqhom osuda o`tsin, Siz uchun harbir kun hayrli bo`lin. Sevgan insoningizga yor bo`ling doim, Do`stlaringiz ardog`ida, bor bo`ling doim, Vadangizga vafoli yor bo`ling doim, O`ylagan niyatingizga yeting iloyim. Negadur hayol ketar siz tomon, Yodimda siz aytgan so`zingiz hamon. Hudoyim kechirsin gar bo`lsak yomon, Siz mening qalbimda yashaysiz har on. Tunning qarosida sog`indim sizni, Oyning jilosida sog`indim sizni. Hatto kechalari o`ylayman sizni, Siz ham o`ylaysizmi meni. Kun keladi kuyib ketaman, Dunyolardan to`yib ketaman. Barchasidan ketsam ham tanho, Sizni yuragimda olib ketaman. Tobora poyingizga boryapman cho`kib, Tobora adashib qolaman sarmast. Tobora siz menga azizroq bo`lib, O`ximdan tonmoqqa qilmoqtaman qast. Har tong sening noming bilan uyg`onaman, Xatto seni ko`zlarimdan qizg`onaman. Bugun yana ishqing bilan ovvoraman, Sevaman-u lekin senga begonaman. Dunyo shunday bizlar kimgadur, Kimdir bizga hamisha armon. Hislarimiz yo`qotsak bir-bir, Qaytib topa olmaymiz hech qachon. Mayli sevgim bu mening baxtim, Mayli hech narsaga arzimas mehrim. Mayli sira bilinmas qadrim, Sinib sinib ketsin sog`inganlarim. 6.04.2011. 13:35 Nega shamol shavqat qilmay, Olib ketdi quvonchimiz. Ko`rishmoqlik gumon endi, Yashashga yo`q ishonchimiz. Doim suhbat qurdik hayolda, Masofalar bilardim yiroq. Va lekin sizni qalbizda o`zga, Yor borligin bilmapman biroq. 2011-yil mart Bilmadingiz faqat sizni o`ylaganim, Dard kelganda siz bor deya ovunganim. Uzoqlarda bo`lsangiz ham quvonganim, Sog`intirib qo`ydingiz-ku sog`inganim. G`am kelganda kuyunib ketmang, Quvonch kelsa suyunib ketmang. Masofalar olis bo`lsa ham, Faqat mendan yiroqlab ketmang. Tunda unutmoqqa qillaman qaror, Tongdayana ismingiz aytaman takror. Yonizda turib bo`laman iqror, Dunyoda siz borsiz demak men ham bor. Tunlari bezovta uradi yurak, Balki u yorini soginsa kerak. Agar sevgi bo`lgana ertak, Dunyoda urmasti hech qaysi yurak. Bu tuyg`u tufayli jannat biz uchun Bu tuyg`u qalblarni aylagan maftun. Visol nasib etsa yuraklar butun, Hech nara bo`lolmas sevgidan utun. Balki unutarsiz kelganda baxor, Sochingizga ayovsiz tushganda qirov. Balki unutarsiz yurganda quvnab, Yoningizga baxtiyor yurganda birov. 2010 –yil TAQDIR Yurakga ko`milgan dardli ishqimni, Yodimga solib nima qilasiz. Ming bora yig`lagan mungli qalbimni, Yana yig`lashiga majbur qilasiz. Sevgiga yetish qiyinmi yorim, Naxotki baxtimiz bir armon bo`lsa. Xayotda madatdir yolg`iz armonim, Naxotki sevgimiz o`lsa. Unutay deb unutolmayman, Xayolda, xayotda xamrohim sizsiz. Ko`nglimdan hech o`chirolmayman, Buyuksiz, ulug`siz, azizim sizsiz. Mayli taqdir bizni kutadi, Yo`lim tutash bo`lar bir kuni. Armon changalidan olib ketadi, Faqat tashlab ketmang, unutmang MENI……. MENI KUT….. Meni kutgin va men qaytaman, Juda kutgin juda intizor. Kutgin yomg`ir zeriktirganda, MENI KUTGIN yog`ganida qor, Atrofingni harorat qoplar, Yeru ko`kni chang yutganda kut. Boshqalarni uzatkan do`tlar, Orzularing uzatganda kut. Xat kelmastan uzoq yerlardan, Yuragingni qilganida qon, Kutgin senla birga kutganlar. Zerikandan chekandan fig`on Meni kutgin va men qaytaman Bo`lsa ham ranging zafaron. “Yoring kelmas… umidingni uz” Deganlarga tilama omon. Mayli opam, singlim, volidam Aza ochsin men yo`q tufayli Kutaverib sabri tugagan, Yoru do`tlar oshnalar mayli. Ayriliqqa berolmastan tob, Achiq-achiq ichsinlar sarob. Ko`zlariga to`lsahamki yosh Faqat sen kut va ayla bardosh Qanday omon qolganim jur`at Faqat senga aytaman sirdosh Kuta olgin meni sen faqat Buyuk endi endagi bardosh. UNUTMA Unutma meni… kelganda baxor, Suvlarga to`lib oqqanda anxor. Lolalar o`rnida o`ssa atirgul Visol ochsa g`uncha meni unutma Kuz kelganda hazonlarda uzra, Shu hazonlar to`kilsa esla… Yangi yilda bir yosh oshganda Bari yodga tushganda esla…. SOG`INCH Samoga tikilib surarman hayol, Olis-olislarga chorlar yulduzlar. Qoyibdan shivirlar bir sirli nido, Ishoning sizni deydi mendagi ko`zlar… Kimdur sizni yonib kutmasa, Qo`llaringa gullar tutmasa. Tuyg`ularing nurdek kulmasa, Bugday yashash kim uchun kerek. Kecha-kunduz chulg`asa g`am Kimlardandur bor bo`lsa alam. Dunyo bir yon , o`zing bir olam, Bunday yashash kim uchun kerak… Qiynalmasang sen hech zamon, Go`zalliklar qoldirmasa lol. Befarq bo`lsa o`tmish, istiqbol Bunday yashash kim uchun kerak… DIL YARASI: Neki bo`lsa bari endi o`tida Jonga ozor yetgunicha yetida Yolg`on sevgi birrov siylab ketida Boshingizni urib keyin yig`lamang Endi bitkan dil yaramni tirnamang Siz-ku ahir qovrilmagan, yonmagan Maqsad sari bitta yo`ldan bormagan Yigit bo`lib lavzini tan olmagan Boshingizni urib, keyin yig`lamang Endi bitkan dil yaramni tirnamang Sizga berdim sof- samimiy mehrimni G`oyiblardan ishq qutqargan sehrimni Kulgularga alishtirdim baxtimni Boshingizni urib keyin yig`lamang Endi bitgan dil yaramni tirnamang O`zimdanda sizni ortiq suyubman Men o`zimni ko`p unutib qo`yibman Sohta ishqning olovida kuyubman Boshingiz urib keyin yig`lamang Endi bitkan dil yaramni tirnamang UNUTMADIM Sizni deganimda yuragim toshsa, Nogahon hislarim haddidan oshsa. Oydin kechalarni yor uyqim qochsa Ne qilay yuragim siz tomon shoshsa Butun vujudimni kemirar hijron/ Beayov azoblar qo`ymasa omon, Hech qachon dillarda yo`qolmas iymon Aslo unutmadim bir lahza, bir on. HAYRLASHDIK ko`zlar bilan ko`zingizda, Ko`zim qoldi qalbingizda izim qoldi. Baxtni qanday topay ahir, o`zingizda Dilim qoldi, evgim qoldi, jonim qoldi. Yuragimni tutganimda etingiz zor. Mayli ko`nay hammasiga men aybdor. Siz farishta bo`lib qoling aldamchi yor. Sizga hayr dedim yarim ko`nglim bilan, Dedim qachon nasib etar endi diydor. Sizni endi qoldiraman alam bilan. She`r bitibsiz meni butkul etib bedor, Yana o`ylantiryapsiz borgan sari. Yoningizda turar ekan o`zga bir yor. Shunchaki hayol bo`lib qolar bari. Sizga dardlarimni qanday aytaman, Hayolimda yoningizga boryapman. Siz bilan bir umir ko`rishmasakda, Bilmadim nedandir umid qilyapman Agar bilganimda edi taqdir ishlarin. Sizni vujudim-la sevib qolmasdim. Sevsamda dardlarim ichimga yutib, Taqdir ekan, deya bo`lardim taslim. To`yib qarab olay ohirgi marta. Bu so`ngi uchrashuv so`ngi daqiqa. Falakka aytayin bir irli nido. Baxtli bo`ling sevarim hayr ALVIDO. SIZSIZ YASHAB BO`LMAS Yolg`izlikda yashash mumkin, Ayriliqda yashab bo`lmas. Sevgisiz yashash mumkin Ammo sizsiz yashab bo`lmas. Dilda bordir orzu-umid. Ammo ishqqa ishonmayman, Sevgi nima bilmayman-u Lekin sizsiz yasholmayman. O`zni aldamoqdan bilbing yo`qmano Ko`ngilga ikki yor sig`dirib bo`lmas. Muhabbat bog`ida ishq mangu tanho SIZNI SEVIB bo`lar, evdirib bo`lma Ishoning o`zgalarday kuyga solmayman , Qizg`onib yashayman o`zga ohiqdan Yurakdek lovullab yonishim mumkin SIZNI SEVIB netay sevdirib bo`lmas. Dard bo`lib dilingizda ergashib yursam BILASIZ! Men borman yorug` dunyoda Qachondir meni siz ham his qilganingiz bilsam, BILAMAN! Bundan boshqa bo`lmas ziyoda. 2010-YIL YARALANDI YURAGIM… Xayotizda haydadiz , Siz ediz keragim. Afsus sevgim bilmadiz, YARALANDI YURAGIM… Bo`lib sizdan umidvor Osmon edi tilagim Yolg`on bo`lgan ishqa zor YARALANDI YURAGIM… Sevish naxot azobdir , Kelar sizdan o`ragim. Muhabbatiz sarobdir YURAGIM YARALANDI… Orzu aylandi g`amga, Bo`lmadingiz keragim. Ko`z ham belandi namga, YURAGIM YARALANDI… SIZ-SIZ Orzu bilan boqmasman sizga, Mayli siz ham ko`rsatmang mehr. Boqshlariz farqsizdir menga Bordir unda na o`t na sehr. Qalbimda na o`kinch, na qadr. Va na unda hasratdan nishon. Siz biling shu fursatdan boshlab. Endi sira bo`lma hayajon, Jondan sevib sizga ishondim. Qalbimni baxsh etdim siz uchun, Faqat sizning ishqingizda yondim. O`yin bildiz hislarim nechum. Baxtim dedim sizni yagona. Va chin dildan qo`ygandim ixlos. U tuyg`ular endi begona, Biz shunchaki tanishibmiz halos, Ruhimda bir sokinlik kezar. Hayollarim osoyishta tinch. Qalbim bo`m-bo`sh na alam ezar, Na shodlikka to`ldirar sevinch. Goh shod bo`lay bari befoyda, Endi sizla bog`liq hayol yo`q Shu qarorga keldim dunyoda Mumkin ekan sizsiz yashamoq. ENDI BEGONAMIZ. Ko`zlar ko`zga tushganda nogoh, Yerga qarab dilni tilamiz. Ayriliqdan bo`lmadik ogoh, Begonamiz endi bilamiz. Osmon oyni sog`insa yetar, Yerga yomg`ir yog`ar bir kuni. Sizni baxtli qilgan bo`lardim, Bilib qo`ysez bo`lganIi shuni. SIZNI UNUTMADIM UNUTOLMADIM. Sizni bu kun sog`indim jonim Tunlar bedor uxlamay chiqdim Siz jimgina ketingiz yorim So`ramasdan xatto axvolim. Aytingchi yor sizni kim sevib Ayting yorim mendan ortiqroq. Siz uchun jon berib kim kuyar, Balki shu qiz mendan ortiqroq. Nima qilay parvo qilmadiz. Balki menga parvo qilmadiz. Murg`akkina sevgimizni siz, Men yotguvchi qabrga ko`mdiz siz. Bilmayman qachon qaytishiz, Ko`zlarimga to`yib boqishiz. Unutizmi aytgan o`tmishiz. Sevib qolmang o`zgani derman, Menga bergan vadalar qani? Yurakka o`t yoqishlar qani? Sizni jondan sevaman deya, Olamga jar solishlar qani? Yonim-u va lekin hijron tunida. Sizga axvolimni etmadim bayon. Sokin kechalari ko`zim o`ngida, Munis qarashingiz bo`ldi namoyon. Na siz nazar qildiz holimga bir bor, Na men ayta oldim sizga bir so`z. Shunday o`tib borar umrimiz bekor, O`rtamizda sarson bir juft qora ko`z. Axtaraman titrab damba-dam, U alamli kunimdan nishon. Naxot ortda qolgan g`amni ham Unitgisi kelmaydi inson. O`tgan u kunlar qaytmaydi zinhor Nigohiz qadamang ko`zlarimga yor. Unda to`kilmagan ko`z yoshlarim bor. Bu dunyoda SEVISH bor, Lekin unga yetish yo`q. Bu dunyoda QUVONCH bor, Baxtni his etish yo`q. Bu dunyoda ARMON bor, Orzugachi umid yo`q. Bu dunyoda HIJRON bor Ammo baxtli visol yo`q 2010-yil BILMAGANDIM! Ajib kunda ko`rib qolgandim, Maftuningiz bolib qolgandim. Sevgilingiz bolrligin bilmay Qalbinga jo qilib olgandim Ikki sevgi sigmas bir qalbga Qalbingizan nomim o`chiring Sizni jondan sevganim uchun O`tinaman Meni kechiring Bugunchi ozim yuribman tanho Sevgi ham, visol ham bo`ldilar a bas. Barchasi mangu tark etmasa bas. UMID Mening dardlarimni bilarsiz qaydan, Sizda yurak boshqa-boshqadir hayol. Nechun siz kuldingiz tuyg`ularimdan. Endi SEVGI qidrmayman ko`zlaringizdan Ishq to`la qalbimni yanchib turadi Sizning yuragingiz aylangan toshga Bari-bir yuragim siz deb uradi Armonga aylangan orzuan boshqa KELAMAN
Yomgir bolib qaytib kelaman Aytaman deb aytolmay ketgan Sozlarimni aytib ketaman … Gar kelmasam yiglamang yorim Qaytaman Men qaytganda baxor Siznikidur butun borligim Eslab qo`yarsiz Meni bir bor KECHIRMASMAN… Sizga balki osondan-oson Alvidoni shunchaki aytish. Dilga hanjar urib ketishi, So`ng “UZUR” deb orqaga qaytish Yuragimni parchalar etib Sevgini ham havasga yo`ydik. Tuyg`ularning ustidan kulib Ko`nglimni ham sovutib qo`ydiz. Uzurlarga bo`lar keyin kech. Ishq aldovini lozim ko`rmaydi. Sevgan inson sevganiga hech. Zarracha ham ozor bermaydi, Pok sevgimni hazonlar etib Qalbga hanjar urasiz hamon Bir kun yana kelaiz qaytib KECHIRMASMAN… lekin hech qachon! BU QANDAY TUYG`U ?... Dunyodan behabar edim ilgari, Qayg`udan yiroqda, g`amni bilmasdim. Ulg`ayib borardim kun o`tkani sari, Qandaydir tuyg`u deb hech yig`lamasdim. O`tmish bo`lib qolar u o`tkan kunlar, Bugun nimalarnidur qilarman orzu. Yurakda tinchim yo`q bezovta tunlar, Qalbimda qandaydir bir ajib tuyg`u. Yuragim sabrsiz bilmaydi orom, Bunga hatto aqlim bo`ladi hayron. Har kuni orzuga berilaturib Faqat bir insonni o`ylayman har on. 01.04.2011-yil 15:55 YURAK Quyosh aylanadi oddiy chiroqqa. Oyning shulasi ham shula bo`lmaydi. Istirirob sel bo`lib, toshar qaroqqa. Tole yashamaydi , omad kulmaydi, Baxorlar fayzini yo`qotdi birdan. Safoli oqshomlar bo`lmas hech kerek, Lola gilamini yig`adi qirdan, Qoyadek g`amdan siqilar yurak. SOG`INASIZ. SOG`INASIZ hali yomon SOG`INASIZ, Topolmastan mendayin bir yomonni. Do`stlarimdan so`ragani og`rinasiz Quchoqlaysiz sovuqina pushaymonni. SOG`INASIZ hali yomon sog`inasiz Zahringizni sochavering qalamlarga, Tong sahardan SOG`INDIM deb xat yozasiz. S.M.S. lar kelar bizning raqamlarga. Izlarimga zor-zor bo`lib sog`inasiz, Yo`llarimni kuta-kuta o`tar umr SOG`INASIZ hali yomon SOG`INASIZ. TILARDIM-U – baxor faslini Ammo baxor o`tkichi TILARDIM-U –chinor umrini, Ammo chinor doim yolg`izdir. TILARDIM-U –tuganmas boylik, Ammo boylik keltirmaydi baxt. Men sizga tilayman biling hamma vaqt, Sizni tark etmasin MEHR MUHABBAT. Agar siz mening bir tomchi yoshim bo`lganingizda sizni Yo`qotmaslik uchun hech qachon yig`lamasdim. ***
Baxt bisyor bo`ladi bazida bilsez. Borligiz baxtimdir borligim baxtim, Baxtimga bir bora baxorim bo`lsez. *** Shunday baxt toping g`anim bo`lmasin, Do`stlariz ichida kamiz bo`lmasin. Shunday yor topinki vafoli bo`lsin, Faqat sizdan o`zgaga ko`ngil bermasin. Istardim dunyoda sevgi sof bo`lsin, Istardim sevganing seni ham sevsa. Istardim doim baxtiyor bo`lsa, Istardim senga u vafoli bo`lsa. *** SEVGI gul emas, hidlab ketgani, Ko`ngil qolganida tashlab ketgani. Atirgul ochilar qurrib ketguncha, Chin oshiq sevadi o`la-o`lguncha. *** CHegarasiz ko`m-ko`k bog`larda, Mensiz biling dunyo torligin. Xar daqiqa har bir pallada, Sezib yuring meni borligim. *** Bu extimol sodda telbalik, Bu extimol mexrdan mastlik. Deyman bog`lab ko`zingizni tik, Mumkin emas sizni sevmaslik. *** Layli va Majnun unga yetmagan, Farxod va SHiringa nasib etmagan. Shoirlar qalami yozib bitmagan, O`sha buyuk baxtni sizga tilayman. SEVSANG shunday sevki dod desin hijron, Tan bersin hattoki yulduzli osmon. Titrasin sevgidan jumla-I jahon, Lol qolsin hattoki sen sevgan inson. *** Muhabbat bog`ining baxori bo`ling, Yolg`izlikning doim armoni bo`ling. Do`stlariz yonida qadrli bo`ling, Men uchun doim sog` bo`lib yuring. *** Sevaman deb so`z berdimi bas, Endi aslo o`zga demasman. O`lsam hamki eng so`ngi nafas, O`zga desam inson emasman. O`zimniki deb atang meni, Boshimni oling qilsam hiyonat. Ishqim sotib yo`qotsam sizni, Jazolasin meni diyonat. Toki tirikman yeting qadrimga, O`lsam ne hojat gullar qabrimga. Tiriklik chog`imda etmasangiz shod, Jonim kuyasiz butun umrga. Hayot mo`jizadir qolasiz hayron, Insonlar sevdini qiladi tortiq. Ammo shu sevgini qadriga yetmay, Ayrilib ketishdan azob yo`q ortiq. Zimiston dilimda chirog`i bo`ling, Umr yo`llarimda hamrohim bo`ling. Odamlar sevgini gunoh bilsalar, Izlab-izlab topgan gunohim bo`ling. Baxtimning gullariga ko`milib yashang, Sevgimning shamlariga cho`milib yashang. Hayotda hech bilmang qayg`u neligin, Faqat sevib yashang sevilib yashang. Uyg`onib ketizmi sms kelgach, Xursand bo`ldizmi menligim bilgach, Ishizga doimo kattakon omad. Yolg`izim hamisha baxtiyor bo`ling, Siz bilan baxtliman yonimda bo`ling Men sizni uchratdim bu keng olamda, Menga qadrlisiz siz shuni biling. Hayot bir qirrali sevgi bog`ida, Bugun biz insonmiz ertaga tuproq. Lekin shu eng go`zal yoshlik chog`ida, Topmadim hech narsa sizdan ortiqroq. Mendan ketar bo`lsez mendan azizim, Eng go`zal quvonchim olib keting mayli. Taqdir azobini qoldirib menga, Biz go`zal batga yetsak bo`lgani. Manzillar uzoq lek dillar yaqin, Yuraklarda ajib sog`inch yashirin. Olisman unutmang tag`in, Yiroqlarda yurgan yaqinim. Uyingizni topib bormasin xatlar, Yomg`irlar chertmasin derazangizni. Sizga hamroh bo`lsin eng ulkan dardlar, Engmaydi dardlar ham qiynamasin sizni. Sizni bo`m-bo`sh ishga kuzatmasin, Faqat stul suxbat qursin siz bilan. Tunlar ko`rpangizni zulmat qoplasin, O`t bilan yashamang muz bilan yashang. Omadli yo`llarning izini tashlang, Omadsiz yo`llarda yuring qoqilib. Men sog`inguncha siz shunday yashang, Men shundayin yashayman sizni sog`inib. AYTING NECHUN Bu qanday tuyg`udir bilolmayman hech, Na dildan kulib, na yig`lolmayman hech. Ayting nechun qalbimga kirdiz beso`roq, Ko`nglim yorishmaydi yoqmasa chiroq. Hatto hayolingiz bilgim keladI Sizni eslab doim ko`gim keladi. Lek nigohiz tushsa bosadi titroq, Ayting nechun qalbimga kirdiz beso`roq. Goho hayajondan yo`qotsam so`zim, Unsiz so`zlay boshlar shu mungli ko`zim. Boshqalar oldida til biyron biroq, Ayting nechun qalbimga kirdiz beso`roq. KECHIROLMADIM. Muhabbatdan yorishganda dil, Bu qanday sir tushunolmadim. Kundan ketib tunda yashadim, Ammo sizdan vos kecholmadim. Yolg`onlardan qalbim yaralansa ham, Dilda borin men ayta olmadim. Sevmayman deb ming urunsam ham, Ammo sizdan vos kecholmadim. Hayotimdan ket dedingiz endi meni qumsamang, Birga kezgan ko`chalardan yurmog`imni istamang. Sevgimdanda vos kechdingiz muhabbatimsiz demang. Afsuslanmang, qiynalmang nam izlarimni izlamang. Qalbimdagi pok sevgim bir umrga yetadi, Baxtli onlar g`ozal kunlar o`zim bilan yetadi. Garchi tanho o`tsamhamki sevgim hamroh bo`ladi, Afsuslanmang qiynalmang nam izlarimni izlamang. Hayotimdan ket dedingiz! Ketgan edim o`shal on, Armon bilan o`tmang deb tinch qo`ydim shu zamon. Pok sevgimni sezmadingiz, ammo sevdim umrbod, Afsuslanmang qiynalmang ham izlarimni izlamang Soyangizda gul ko`nglim so`ldi Yuragimga armonlar to`ldi. Mehringizdan o`zga gul kuldi, Siz qadrimga sira yetmadingaz. Sevardingiz balki qachonlar, Armon dilga soldi hazonlar. Foyda bermas bu pushaymonlar, Siz qadrimga sira yetmadiz. RANJIDIM, ko`nglimni ololmadingiz Sog`indim, hislarim anglolmadingiz. Bir umr yoningizda qolgim keladi, Siz meni naxotki sevolmadingiz. Bu safar yanglishgan bo`lsam qaniydi, Yuragim menga pand bersa arziydi. Bu sodda ko`nglimni solmoqdasiz g`am. Daxshatdan yuragim titrab og`riydi, Ko`nglingiz oldim g`uncha yanoqli. Naxot bo`lolmadim sizga ardoqli, Rashkimni qo`zg`amang , sinamang sabrim Siz vada bergan baxt nahot qiynoqli? Sevaman sevgimning so`ngi ko`rinmas. Armon yuragimga soldi qafas. Ammo bu dunyoda o`zga desangiz So`laman gulingiz qayta tirilmas. Hayolimda so`zlaringiz Dardim og`ir bilmaysiz. Yig`lamaydi ko`zlariniz, SIZ MENDAYIN SEVOLMAYSIZ. Chidolmaysiz firoqlarga, Hijron oddiy hijronlarga. Qarolmaysiz ko`zlarimga SIZ MENDAYIN SEVOLMAYSIZ. Siz orzuyim desangiz ham, Men sog`indim desangiz ham. Azoblarda kuysangiz ham, SIZ MENDAYIN SEVOLMAYSIZ. XIJRON meni ado qiladi, Yuragimni yomon tiladi. Buni yolg`iz xudo biladi, Ko`ngil yordan uzr so`rab. Taqdir bizni ayrdi nechun, Mendan sizni ayrdi nechun. Yaxshi yomon so`zlarim uchun, Ko`ngil yordan uzr so1rab qo`y. Azroil jon olmoq urunar, Jonni tanga qolmoq urunar. Sizsiz kunim bitgan ko`rinar, Ko`ngil yordan uzr so`rab qo`ying. KO`NGIL SOG`INDI Ko`ngil sizga sodiq gul emish, Menga quloq solmaydi. Qaysar huddi o`zingizdek, Unga so`zim o`tmaydi. Tunda rosa urushdim , Tong otguncha og`rindi. Sho`rlik mendan arazlab, Sizni juda SOG`INDIM. Siz tomon ketadi mening hayolim Siz bilan yorug` baxtiyor qalbim. Asli hayrli tun tilamoqchi edim, Ko`zlaringizni yumib uxlang azizim. Tabassumga burkangan dunyo, Qordek oppoq bo`lsin dilingiz. Bo`lsin qordek toza musaffo, Qadam qo`ygan erta tongingiz. Ollox shodliklarin yog`dirsa bu kun, Shodlikdan hech narsa bo`lolmas ustun. Shu onda shu damda bezovta qilib, Men sizga tilayman osiyishta tun. Ollohim bir inson bordir dunyoda, Hamisha niyatlarin qilgin sen bu tun. Ayni dam mening istagim sendan, Ular uchun hayrli bo`lsin har bir kun. Dildagi meriz bo`lmasin ado, Sizni panoxida asrasin xudo. Nurli ko`zingiz sevinchga to`lsin, Bugungi kun sizga hayrli bo`lsin. Tun shamoli erkalab sekin, Tuningizni hayrli qilsin. Tunda aytgan niyatlaringiz, Tonga qadar ijobat bo`lsin. Har kecha samoga yulduz chiqanda, Kun o`rnini egallarkan kun. Men esa uyquga ketishdan oldin, Sizga tilab qolaman osoyishta tun. Mehrla aytilgan bir shirin so`zdan, Bilingki hech narsa bo`lolmas ustun. Shu damda men sizni bezovta qilib, Tilamoq istadim osoyishta tun. Sizni sog`inganimni angladim nogoh, Chunki siz mendan ketarsiz tonib. Shunda tuyg`ularim bo`ldilar ogoh, Shunda armonlarga qoldim o`ralib. Aytolmagan so`zlarim yig`lar, Sizni juda sevaman garchi. Yurakdagi orzular sinar Bunda faqat g`urur sababchi. 2009- yil AYRILDIK Endi tikanlimi bu erka yo`llar, Yo yo`l tugadimi, endi qaytishmi. Gullagan sevgidan qoldimi cho`llar, Endi begonaday hayr aytishmi. Ne qilay yurakdan bo`shadi tanim, Mayli men hayotda barida ko`ndim. Faqat sizni deb urar yuragim, Sizni unutishga juda urundim. 8.04.2011-yil Vafosizim, bag`ritoshsiz bunchalar ham, Sof sevgini almashtirdiz alamlarga. Endi meni qiynamang siz yolg`izginam, Boring o`sha qalamqoshli sanamlarga. Qayda qoldi o`sha shirin so`zlar, Yo sochilib ketimi har qadamlarga. Ish yo`lida vafo nima bilmadingiz, Dardingizni ayting o`sha sanamlarga. MENI UNUT Ko`zim tubida chayqaladi behush vidolar, Vujudim silkitar qayg`u. Ko`z bog`ida yolg`iz bir daraxt, Xazon bo`lib to`kilar tuyg`u. MENI UNUT yomg`ir shiviri, Yuragingiz etkanda sarxush. Olislarda biz yurgan yo`llar, Diydorimiz sog`inadi tush. MENI UNUT oydin tunlarning, Bizga aytgan qo`shig`I yolg`on. Yaralangan muhabbat bugun, Qayg`ularda kezadio sarson. MENI UNUT aldamchi baxor, Yog`irlari kiprikka indi. Yig`layotgan men emas osmon, MENI UNUT qaytmasman endi. O`ZIM KETAMAN Sevgim so`ndi taqdir ekan netaman, Yuragimda ne g`am bo`lsa yutaman. Qalbim qolib, quruq boshim eltaman, Yoningdan haydama! O`ZIM KETAMAN Men ketaman ko`zda yosh bilan, Yurak bag`rim ezib, og`riq bosh bilan. Qaytishing kutaman lek bardosh bilan, Yoningdan haydama!O`ZIM KETAMAN. Sen borsan hayotda quvondam kuldim, Senga dunyoda bor mehrimni tutdim. Ketar chog`ing qadringni bildim, Yoningdan haydama!O`ZIM KETAMAN. Qaydan bilsin sevib sevilmoqni, Shirin o`yu hayollarga berilmoqni, Bilar faqat manmanligu kerilmoqni, Muhabbatning ko`chsidan o`tmaganlar. Nazokatning bozorini qaydan bilsin, Tohir zuhra mozorini qaydan bilsin. Qora botir ozorini qaydan bilsin, Muhabbatning ko`chasidan o`tmaganlar. MENGA KERAKSIZ Men bugun angladim butun mehringiz, Muhabbatimga loyiqsiz yorim. Bu so`zni hech kimga aytmadim yorim, Siz menikisiz MENGA KERAKSIZ. Yana uchrasharmi nigohlarimiz, Mening qalbimdagi ezgu tilaksiz. Ayriliqda bildim sizning qadringiz, Siz menikisiz, MENGA KERAKSIZ. 2010-yil SIZ KECHDINGIZ Daryo suvin oy baliqlar ichkani yo`q, Falak sirin hali birov yechgani yo`q. Gohi ketar eslaganda alam qilib, Siz kechdingiz dunyo mendan kechgani yo`q. Har qadamda sevmaganga kuydingiz yor, Kech bo`lganda qadrim bilib yig`laysiz yor. Ey azizim sevgi, aziz bilmaysiz yor, Siz kechdingiz dunyo mendan kechgani yo`q. Endi yo`q yurakga o`t yoqishingiz, O`ylantirar ammo mayus boqishingiz. Baxtli bo`ling ginam yo`qdir sizga hargiz Siz kechdingiz dunyo mendan kechgani yo`q. Dilimdagi yagona sirim, Olisadagi chin muhabbatim. Sizsiz mening kecha-kunduzim , Tutashgaymi sizga yulduzim. Osoyishta bo`lolmam sizsiz, Nogoh yetgan orzuyimdirsiz. 29.04.2009-yil 20;40 Meni kuzatingiz yomg`irlar bilan, Oftoblar yo`lingiz yoritsin sizni. Meni qoldirdingiz armonlar bilan, Azoblar bag`riga olmasin sizni, Siz sira kuyunmang bor ayb menda, Majburlab sevgini uyg`otib bo`lmas. Ishoning barisi unutilganda, Qayg`u azoblar yurakda qolmas. Endi hayr emas alvido jonim Ranjimang sog`inchlar ezganda bag`riz. Quvonchga to`lib ketsa hayotim, Bilaman qachondir afsuslanasiz. Mayli ketyapman shularni aytib, Ko`zimdan to`kildi eng so`ngi yoshlar. Endi shirin suhbat bo`lmaydi qaytib, Dilingiz g`ashlaydi so`ng pushaymonni Xudo nimanidur olar ko`ksimdan, Qaytarib ber mehringni deysiz. Ahir hammasiga juda kech bo`lgan, Balki buni bilmasiz vaqt o`tib bo`lgan. MEN SIZNI ENG SO`NGI NAFASIMGA QADAR QATTIQ SEVAMAN. 3.-4.2011-YIL 12:10 Siz bilmang, men siz jondan sog`inganim, Qishda ham baxorgi shabnam bo`lganim. Yoningizda qanchalar baxtga to`lganim, KETSANGIZ MAYLI KETING YOLG`ONCHI YORIM. Men sizni eslayman kunduz yorishsa, Netay ahir sizsiz o`tmaydi kunim, Yoningizdagi yor sizga qarashsa KETSANGIZ MAYLI KETING YOLG`ONCHI YORIM. Naxot endi armonlarga belanaman, Endi sizni qiziqtirmaydi ahvolim. Sizsiz yolg`on dunyolarda qanday yashayman, KETSANGIZ MAYLI KETING YOLG`ONCHI YORIM. Axir o`zingizmasmi ? doim kutganim, Siz emasmi yo peshonamga. Men hatto qildimmi yoki bilmadim, KETSANGIZ MAYLI KETING YOLG`ONCHI YORIM Sizsiz yashagandim sizsiz yashayman, Sevgini yuragimdan yulib tashlayman. Quvonch shodliklarni qumsab yashayman, KETSANGIZ MAYLI KETING YOLG`ONCHI YORIM. Balki o`sha kuni yog`ilar yulduz, Baxorimga kelmaydi hazonli bir kuz. Balki siz mensiz ham baxtli bo`lasiz KETSANGIZ MAYLI KETING YOLG`ONCHI YORIM. 30.07.2009-YIL 21:45 Sizni doim kutgim keladi, Kelar yo`lingizga tikib ko`z. Y o`l chetiga nihol bo`lsaydim, O`tardingiz yonimdan beso`z. Ko`zingizga boqardim to`yib, Osmon bo`lib qolsa ko`zlarim. Bor dunyoni chetroqqa qo`yib, Yonib o`ching suv bo`lay o`zim. Bo`lsam edi boshingizda oy, Kechalari boqarmidingiz. Dardlaringiz to`kilgan qog`oz, Bo`lsam o`tda yoqarmidingiz Hullas sizni o`ragan olam. Bo`lib qolgim kelar bazida, Netay bunda o`zga yo`q choram. Birga bo`lmoq armon aslida. Keling endi ish haqqila qayta hayol sumaylik, Yuraklarga bila turib alamdan tig` urmaylik. Qo`ying endi unutaylik visol, hijron neligin, Erta ko`mgan ishqimizning qabridan gul termaylik. Eslaysizmi qanotlari oppoqina qush edi, Orzulardek go`zal edi, zilol edi sevgimiz. O`shal sarxush, masud damlar bizga faqat tush edi, Qanotidan o`q tekkan armon bo`ldi sevgimiz. Armon yurak eshigini qoqanda, Ish olovini qalbga gulhan yoqqanda. Nigohlarim sizga unsiz boqqanida, Sizga bo`lgan hislarimni sezmadingiz. Qalbim qaynoq hayotim mangu, Ko`zlarimda yongan chiroqsiz. Shunday kunda bir ko`rgim keldi, Download 259.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling