Mening (da’vatimga) javob qilsinlar va iymon keltirsinlar”
Download 16.66 Kb.
|
DUO
DUO Alloh taolo Baqara surasining 186 – oyatida shunday marhamat qiladi: “Bandalarim Sizdan (ey Muhammad) Men haqimda so’rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan payitlarida duogo’ylarni duosini ijobat qilaman. Bas, haq yo’lga yurishlari uchun (ular ham) mening (da’vatimga) javob qilsinlar va iymon keltirsinlar”. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom duo ham ibodat ekanini marhamat qildilar. Binobarin, namoz so’ngida Payg’ambarimiz tomonlaridan tavsiya qilingan ushbu duolarni o’qish maqsadga muvofiqdir: * Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do’zax azobidan saqlagin. * Iloho, men Sendan hidoyat, taqvo, iffat va g’ino (birovga muhtoj bo’lmaslik holatini) so’rayman. * Allohim, meni afu et, yorlaqa, to’g’ri yo’ldan boshla, menga ofiyat ber, haloldan rizqlantir. * Qalblarimizni rizoliginga uyg’un bo’lgan amal va ibodatga tomon yo’naltir. * Parvardigoro, dosh berib bo’lmaydigon balodan, insonni o’limga qadar sudrab boruvchi (mol, jon, oilaga taalluqli) mushkilotga duch kelishdan, (mol, jon, oilaga taalluqli) balo – qazodan va dushmanlarni quvontiradigan bir musibatga ro’baro’ bo’lishdan Sening panohinga sig’inaman. * Iloho, ojiz qolishdan, dangasalikdan, qo’rqoqlikdan, aljiratib qo’yuvchi qarilikdan, hastalikdan, qabr azobidan, hayot va mamot fitnasidan Sening panohinga sig’inaman. * Yo Robbim, men o’z nafsimga ko’p zulum qildim. Sendan o’zga gunohlarni kechirguchi yo’q. Meni yorlaqa va afu et. G’ofur, Rohiym yolg’iz Sensan. * Iloho, foydasi tegmaydigon ilmdan, qo’rqmaydigon qalbdan, to’ymaydigon nafsdan, qabul bo’lmaydigon duolardan panoh ber. * Allohim! Do’zax o’tida yonishimga sabab bo’ladigon fitnadan, do’zax olovidan, boylik va faqirlikning yomonligidan meni asragin. * Allohim! Qulog’imning, ko’zimning, tilimning, qalbimning, farjimning yomonligidan asragin. Download 16.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling