Mening hayot falsafam
Download 262,2 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonnoma Mening hayot falsafam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raislik qiluvchi: Xorijiy tillar fakulteti tyutori G‘.Muxiddinov. Qatnashdilar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakultetida “Mening hayot falsafam” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati BAYONNOMASI 15.12.2022 Toshkent shahar Raislik qiluvchi: Xorijiy tillar fakulteti tyutori G‘.Muxiddinov. Qatnashdilar: 101-N, 104-A, 312-A va 313-A guruh talabalari (111 nafar). KUN TARTIBI: “Mening hayot falsafam” mavzusida davra suhbati. Kun tartibidagi masala yuzasidan Xorijiy tillar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Mo‘minov so‘zga chiqdi: Hayot qiziqda u barchamizni turli sinov va mukofotlar berib sinaydi. Hayotimizning asl mohiyati bu yaxshilik qilish va yorug'likka intilishdir. Gummanizm g‘oyalari asrlar davomida targ‘ib qilib kelinadi, bunga misollar yomg‘ir tomchilaridek sanoqsiz. Yaqinda bir voqeaning guvohi bo‘ldim, ko‘chada bolasini yetaklab ketayotgan ona asabiy holda ko‘chadagi maxsustrans xodimiga boqgan holda farzandiga shunday dedi: “Agar sen ta’lim olib yaxshi o‘qimasang, mana shu trans xodimidek umring hazon bo‘ladi”. Men bu gapni eshitiboq ularning suhbatiga qo‘shilishga majbur bo‘ldim, “kechirasiz, agar sizning farzandingiz yaxshi ta`lim olsa, mana shunday kasb egallariga yordam beradi, jamiyatni kambag‘allik oqimidan olib chiqadi, axir ta`lim jaholatga qarshi vaksina deyishadi” deb gapimni yakunladim. Bugun biz o‘zgardik, bugun bizning qalbimiz yangilandi, vujudimiz esa bulutdek ozod, lekin yurak hali hamon qorong‘ulik zulmatida yolg‘izdek. Aksariyat ota-onalarning o‘zi, umuminsoniy qadryatlarni farzandlariga bolaligidanoq singdirishmaydi, kelajak genetikasida esa quyi tabaqa insonlarga nisbatan past nazar bilan qarash, moddiyparastlik, empativ yondashuv darajasi regressiv avlodlar kengayib boraveradi. Tarbiya nazorat bilan emas, namuna orqali singdiriluvchi moziy gavharidir. Ko‘plar menga savol beradi, “eng katta orzuyingiz nima?” deb. Keling bunga keyinroq to'xtalamiz. Sizningchi, sizning orzu, maqsadlaringiz bormi? Ha, u bor. Kimdir baland shoxona uylarda umr kechirishni va qimmatbaho mashinalar xarid qilgisi keladi, kimlardir mansab pog‘onalari uchun intiladi, yana kimlardir esa, yirtiq kiymini yangilash, nochorlik balosidan qutilish, bugun uchun yemish topmoqlik harakatida bo‘ladi. Bugun biz egoizm dunyosining mavjudotlariga aylanib bormoqdamiz. “Men” degan jumla okeanda suzib yurgan kichik baliqlardek tarqab ketgan. Shoshmang siz meni o‘qayotib, hayolingizga kelgan fikrni bilaman, bu hayot bir marotaba beriladi, insonlar faqat o‘zi uchun yashashi kerak, hayot beshavqat makon, boshqalarni o‘ylaydigan davrlar emas. “AFSUS” Men imperator bo‘lmoqchimasman, bu ish menga emas, men boshqarishni ham, egallashni ham xohlamayman, aksincha imkon bo‘lsa hammaga yordam berishni xohlayman: bolalarga, nogironlarga, uysizlarga, umuman olganda oq-u qoralarga. Biz boshqalarni azob-uqubatlari hisobidan emas, balki baxt-saodat hisobidan yashashni xohlaymiz. Bu dunyoda har birimizga joy bor, ezgu yerimiz juda boy va hammani ta’minlay oladi. Ammo biz yo‘ldan chiqib ketdik. Baxillik, inson qalbini zaxarlagan baxtsizlik, nafrat, qon to‘kilish kabi jirkanch tuy`g‘ular bilan qoplab olgan jarayonlarni tezlashtirdik, xuddi o‘zimizni qulflab olgandek. Texnologiyalar bizga yangiliklar olib keldi, ammo o‘ziga qul qilib qo‘ydi. Biz ko‘p o‘ylaymiz ammo juda kam his qilamiz. Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib yig‘ilish QAROR QILADI: 1. Fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Mo‘minovning bergan axboroti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin; 2. Talabalarning Universitet ichki tartib-qoidasiga va kiyinish madaniyatiga amal qilishi fakultet tyutorlari tomonidan nazoratga olinsin; 3. Fakultet tyutorlari tomonidan doimiy ravishda ijtimoiy-psixologik va ta’lim faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar haqida talabalarga tushuntirish ishlari olib borilsin. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari: K.Mo‘minov Fakultet tyutorlar sardori: G‘.Muxiddinov Download 262,2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling