Mening jonajon O`zbekistonim
-Mavzu: Buyuk alloma Z.M. Bobur Andijon farzandi. Maqsad
Download 291.41 Kb.
|
Mening jonajon O`zbekistonim-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jixozlar va materiallar
61-Mavzu: Buyuk alloma Z.M. Bobur Andijon farzandi.
Maqsad: Bolalarni buyuk allomalar bilan tanishtirish. Bobolarimiz yaratgan asarlarini bizga qoldirgan ma’naviy merosini qadrlashni o`rgatish va mazmun mohiyatini tushuntirish. Buyuk allomalarimiz asarlaridagi odamiylik, vatanparparlik, adolat, muhabbat, do`stlik, vafo, halollik va mardlik kabi go`zal fazilatlarni bolajonlar ongiga singdirish. Bolalarni zukkolik, tez fikrlash qobilyatlarini shakllantirish, xotira va tafakkurlarini rivojlantirish, buyuk allomalarimizga bo`lgan hurmatini oshirish. Kerakli jixozlar va materiallar: Buyuk ollomalar rasimlari, Andijon shahrining hozirgi ko`rinishiga oid rasmlar, qo`chimcha adabiyotlar va ma’lumotlar. Faoliyatning borishi: Bolajonlar bugun biz sizlar bilan buyuk alloma, shoh va shoir, davlat arbobi Andijon farzandi Z.M. Bobur haqida suhbatlashamiz. Z.M. Boburning rasmi ko`rsatiladi. Bolajonlar rasmda kimni ko`ryabsiz? Juda to`gri bu buyuk alloma, shox va shoir, davlat arbobi Z.M. Bobur. Z.M.Bobur 14-fevralda Andijonda tug`ilgan. U buyuk sarkarda A.Temurning beshinchi avlodi, Farg`ona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobomiz Z.M. Bobur yoshligidanoq juda zehni o`tkir, ziyrak bola bo`lgan. Buni biz “Bobur va kabutar” rivoyatidan bilishimiz mumkun. Kunlardan bir kun Boburning otasi Umarshayx saroy a’yonlari bilan saroyda o`tirgan ekan. Bir kabutar uchib kelib ayvon peshtoqiga qo`nibdida “g`ulu-g`ulu” qilaveribdi. Umarshayx a’yonlaridan “kabutar ne deydur” deb so`rabdi. Ular “Oliy hazrat, kabutar qilichlarini qindan sug`urmoq kerak deydur” deb javob berishibdi. Bir chekkada jim o`tirgan Mirzo Bobur “Yoq kabutar unday demaydur, ota u qovun sayliga chaqiribdur. Jonivor hushxabar keltiribdur” debdi. Umarshayx kabutarni tutib keltirishlarini buyuribdi. Kabutarni tutib kelib oyog`idagi mis xalqani olib qarashsa, ichidam bir xat chiqibdi. Xatda “Oliyxazrat, qovun ayni pishdi. Kelib qo`l urib bersalar” deb yozilgan ekan. Mirzo Boburning gapi to`g`ri chiqqanidan hayratga tushgan Umayshayx o`g`lidan “Bunchalik topqirligingni boisi nedur?” deb so`rabdi. Bobur “Ota bu kabutar o`tgan yili qovun sayli hushxabarini habar qilg`on edi, uning o`ng qanotida qora xoli bor edi shundan tanidim” deb javob beribdi. Yosh Boburning hushyorligi, topqirligiga qoyil qolgan Umarshayx a’yonlariga qarab “Qilichini emas, aql-idrokini ishga solmoq lozimdir” deb barchani qovun sayliga otlanishga farmoyish beribdi. Bolajonlar rivoyatdan ko`rinib turibdiki, u o`zining ziyrakligi, sinchkovligi va hushyorligi bilan barchani lol qoldirgan. Shu bilan birga bir beozor qushni hayotini saqlab qolgan. Mirzo Bobur ana shunday xislatlari bilan bir beozor qushni hayotini saqlab qolgan. Mirzo Bobur ana shunday xislatlari bilan bir qatorda ko`p vaqtini kitob oqishga, bilim olishga bag`ishlardi. U she’r o`qishni, musiqa eshtishni yaxshi ko`rgan. Bobur komondan o`q otish va qilichbozlikdan saboq olgan. Bobur 12 yoshida taxtga o`tirgan. 16 yoshidan boshlab she’rlar yozgan. Keyinchalik o`z yurtini tark etib, Afg`oniston va Hindistonga yuz tutganda Bobur she’ryatida Vatan tuyg`usi, Vatan sog`inchi, unga qaytish umidi mav ura boshladi. Bobur o`zga yurtda shoh bo`lsa ham o`z ona yurtini sog`inib, qumsab yashagan va ushbu ruboyisini yozgan: Tole yoqki boshimg`a balolig` bo`ldi Har neyniki ayladim xatolig` bo`ldi O`z yurtini qo`yib Hind sari yuzlandim Yo rab netayin, bu ne yuzi qarolig` bo`ldi. Zaxiriddin Muhammad bobur faqat yirik davlat arbobi va mohir lashkarboshigina bo`lib qolmay, balki shu bilan birga, buyuk shoir, adib, tarixchi olimdir. Ilm – ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan shoirilm o`z-o`zidan bunyod bo`lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ega bo`la oladi deydi: Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak Organgali ilm tolibi ilm kerak Men tolibi ilmu tolibi ilm yo` Men bormen ilm tolibi ilm kerak Yaxshi xulq – atvor, kishilarga yaxshilik qilish ezgu xiclat va olijanob fazilatdir: Xulqingni rost etgil har sorig`aki borsang “Ahsanta” der bori el, gar yaxshi ot chiqarsang Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo`q, kim degaylar dahr aro qoldi, falondi yaxshilig`. Bobur xalqimizning “qilmish –qidirmish” degan gapiga amal qilib, yaxshi kishi yaxshilik, yomono kishi yomonlik ko`radi mazmunidagi misralarni bitadi. Shoirning lirikasidagi vatan ishtiyoqi, g`ariblikning hasrat va nadomat motivlari ham bevosita uning murakkab hayoti va kurash yo`li, shodyona va alamli sargushatlari bilan bog`liq. Bobur temuriylar sulolasining hukmronligini halokatdan qutqarib qolmoqchi bo`ldi, biroq bunga erisholmadi. U Movaraunnahrda yirik mustahkam davlat vujudga keltirmoqchi bo`ldi, biroq orzu-umidlari barbod bo`ldi. Ko`ngli tilagan murodga yetsa kishi Yo barcha murodlarni tark etsa kishi Bu ikki muyassar o`lmasa olamda Boshni olib bir sorig`a ketsa kishi Bobur Afg`oniston va Hindistonni egallab, katta imperiya qurdi. Biroq u umrining oxiriga qadar tug`ilib o`sgan yurtidan-diyoridan ko`ngil uzolmadi, vataniga qaytish fikridan kecha olmadi. U Afg`onistondaligida yor-do`stlariga yozgan bir ruboiynomasida: Beqayd mehu xarobi sim ermasman Ham mol yig`itirur laim ermasman Qabulda iqomat qildi Bobur dersiz Andoq demangizlarki, muqim ermasman, degan edi Mana shu kayfiyatlarning ifodasi sifatida uning bir qator mungli va alamli she’rlari vujudga keladi. Quyidagi ruboiy shular jumlasidandir. Yod etmas emish kishibi g`urbatda kishi Shod etmas emish ko`ngili mehnatda kishi Ko`nglim bu g`ariblikda shod o`lmadi og G`urbatda sevinmas emish albatta kishi Bobur yurtini qoldirib chet elga ketishini bir “xatolik’, “yuz qarolik’ deb biladi, bu ishidan qattiq pushaymon bo`ladi. Bobur diyorini-vatanini ishtiyoq bilan sevadi. Demak bolajonlar bizlar ham o`z ona vatanimizni sevib, e’zozlab, qadriga yetib yashashimiz kerak. Aziz bolajonlar endi buyuk bobomiz Z.M. Bobur ruboyilaridan o`rganamiz va yod olamiz. Download 291.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling