Mening jonajon O`zbekistonim
Download 291.41 Kb.
|
Mening jonajon O`zbekistonim-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyachi
- 2-bola: olma Tarbiyachi
Tarbiyachi: Qo`linga nimani olding? U nima, uning shakli qanaqa?
Bola javobi: Olma yoki sholg`om, shakli dumaloq. Tarbiyachi: Mazasi qanday bo`ladi? Bola javobi: Shirin va nordon. (Tarbiyachi savol-javob metodi orqali 4-5 bola bilan o`yinni davom ettiradi, bolalarga sabvzavot va mevalarni farqlashni o`rgatadi, bilimlarini mustahkamlaydi). Tarbiyachi: Endi bolajonlar sizlarga topishmoqlar aytaman. Kichkina dexcha, Ichi to`la mixcha. 1- bola: Anor Tarbiyachi: Qizil gulday, gul emas, Hidi guldan kam emas. O`zi dumaloq tuxum emas, Yesang shirin, asal emas. 2-bola: olma Tarbiyachi: Juda to`g`ri bu olma edi, olma haqida she’r ham bilasizlarmi. 1-bola: Ha Xoy olma, olma, olma Meni ovora qilma Bir oz bo`y cho`zay Olmalaringdan uzay 2- bola: Olchaxonga ustozman, Nordonlikdan halosman. Undan katta bir oz man, Sizlar sevgan gilosman 3- bola: Olmadir mening ismim, Biram yoqimli ism, Ne’mat ichra a’loman Yetmish dardga davoman Tarbiyachi: Raxmat barchangizga. Sabzavotlar haqida ham bilasizlarmi? 1- Bola: Ha, men aytsam maylimi. Anvar Obidjonning “Kartoshka”, she’rini aytib beraman. Goh uxlayman turbada, Goh pishaman shorvada. Qovurmada qaynayman, Mastavada yayrayman. Lag`monda ham men mehmon, Hamma joyda tayyorman. Ko`rinmasam shovlada, Erinmasdan kovla-da Tarbiyachi:Rahmat she’r juda qiziqarli ekan , bolalar bilasizlarmi sabzavotlardan foydalanibonajonlarimiz, bog`chamizda oshpaz opalarimiz sizlarga shirin va mazzali taomlar tayyorlab beradilar. Sabzavotlarni mazzali bo`lib yetishtirishda dehqonning mehnati katta, sabzavot ekishda oldin, dehqon yerga ishlov berish kerak, keyin tabiiy ozuqa solib, yerni yumshatadi, so`ng pushtalar tirtilib, urug`lar sepib chiqiladi. Ular ko`karib chiqishi bilan tez-tez tagini yumshatib turiladi, sug`orib turishi kerak, vaqti – vaqti bilan begona o`tlardan tozalanib, chopiq qilinadi. Bobo quyosh bu ekinlarni serhosil va shirin – shahar bo`lib o`sishi uchun nimalarni ayamay sochadi. So`ng mo`l hosil yig`ishtirib olinadi. Mevalarni yetishtirishda bolalar bog`bonning xissasi katta. Tarbiyachi: Endi sizlarga Abdulla Avloniy “Aqlli bog`bon” hikoyasini o`qib beraman. Bir bog`bonning uch o`gli bor edi. Ular dangasa va ishyoqmas edilar. Bog`bon bir kuni kasal bo`ldi. O`g`illarini ishga solmoq uchunyoniga chaqirib “O`g`illarim mening ajalim yetganga o`xshaydi. Men sizlarga vasiyat qilib ketayin. Bog`ning ichiga bir ko`za oltin ko`mib qo`yganman. Mendan so`ng ozingiz kavlab, topib, bo`lishib olarsiz” , - dedi. Oradan bir necha kun o`tmay, bog`bon dunyodan o`tdi. O`g`illari oltin axtarib, bog`ni chunon qazidilarki, tuproqlari kul bo`lib ketti , lekin tokning ildizidan boshqa hech narsa topolmadilar. Ammo shu yil tok chunon uzum qildiki, aqchasi necha ko`za to`ladurg`on oltin bo`ldi. So`ngra bu yalqovlar bildilarki, yerdan emas, ishlovdan ekan. Download 291.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling