Mening jonajon O`zbekistonim


Download 291.41 Kb.
bet58/116
Sana03.11.2023
Hajmi291.41 Kb.
#1743544
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   116
Bog'liq
Mening jonajon O`zbekistonim-fayllar.org

Yurt qalqonlari

Dilshod rajabi
O`zbekiston – hur Vatan
Baxtimiz ayvonidir
Armiyamiz mustahkam
Ona yurt qalqonidir
Harbiy xizmat faxrimiz
Bu-mardlar maydonidir
Jasur askar akalar
Ona yurt qalqonidir
She’rim sizlarga yoqdimi? Kelinglar, hozir sizlar bilan “Askar so`ziga tushuncha top” o`yinini o`ynaymiz. Men sizlarga savollar beraman. Qani kim aytadi. Yurtimizni kimlar qo`riqlaydi?
Bolalar: Askarlarimiz

Tarbiyachi: - Askar qanday bo`lishi kerak

Bolalar:
-Askar - qo`rqmas.
Askar – botir
Askar – baquvvat
Askar – jasur
Askar – chaqqon, epchil.
Askar – o`z Vatanini sevishi kerak
Askar – harbiy bilimga ega bo`lishi kerak
Askar – harbiy texnika va qurollardan foydalana olishi kerak

Tarbiyachi: - Harbiy bilim – mahorat, askarlar haqida qanday hikmatlar bor?

1-bola: - Askari baquvvat mamlakat boy bo`ladi

2- bola: - Askarning intizomi – armiyaning tayanchi

3-bola: - Mashqda qiyin bo`lsa, jangda oson bo`lmaydi

4-bola: - Har bir askar – tinchlik posboni

Tarbiyachi: - Askarlar qanday texnikalardan foydalanadi?

Bolalar: - Raketa, samalyot, vertalyot, tank, yuk mashinalari.

Tarbiyachi: - Harbiy unvonlardan qaysilarini bilasiz?

Bolalar: -Oddiy askar, serjant,starshina,leytenant, kapitan, general, mayor, podpolkovnik, polkovnik
Jismoniy daqiqa:
Bir, ikki, uch (qo`llar oldinda, yuqorida, yonda)
Birlikdadur kuch (qo`llar bir biri ustida)
Bir, ikki, uch (qo`llar oldinda, yuqorida, yonda)
Bizga kerak yangi kuch (qo`llar yoyiladi)
Mana bolalar askarlar haqida ham ko`p malumotlar bilib oldik.

- Kelinglar bolalar hozir sizlar bilan “Chegarachi va chegara” mavzusida plastilindan chegarachi itni yasaymiz. Bolalar biz o`z tana qismlarimizni bilamizhayvonlarni ham tana qismlari bo`ladi. Biz itni qismlarga bo`lib yasaymiz.


- Bolalarni yasashga taklif qilish. Bolalar san’at faoliyati markazida askar va itni plastilindan yasaydi. Bolalar ishlari tahlil qilinib faoliyat yakunlanadi.



Download 291.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling