Tarbiyachi: Bolalar baxor haqida kim she’r aytadi.
1-bola:
Tezroq baxor kelsaydi
Binafshani ko`rsaydim
Tezroq baxor kelsaydi
Momaqaymoq tersaydim
2-bola:
Keldi baxor, gul baxor
Erib ketdi oppoq qor
Tarbiyachi: Bolajonlar raxmat sizlarga endi sizlar bilan sayoxatga chiqamiz. Sayoxatda sizlar bilan baxorgi dala hayotini dexqonlar mehnatini kuzatamiz. Sayoxatga boorish uchun tez yurar poyezdni yordamga chaqirganman. Hozir bizni ko`z ochib yumguncha manzilimizga olib borib keladi. Qani bo`lmasa yo`lga otlanamiz.
Tarbiyachi: Vatanimiz dalalari go`zalligi, chiroyli manzaralarini kuzatishim uchun qishning qorlaridan to`yingan yerlarni ko`rish uchun bog`ga kimning yordami kerak bo`ladi.
Bolalar: Sexrgar momo
Tarbiyachi: Sexrgar momo deyishi bilan sexrgar momo xozir bo`ladi. Katta ekran orqali dexqonlarni baxordagi mehnatlarini, tabiatimizdagi baxorgi o`zgarishlar aks ettirilgan videorolik taqdim etiladi. Bolalar vedeorolik orqali kattalar mexnatini qadrlashga, mehnat qilishga o`rgatish, shuningdek baxordagi uyg`onish davri haqida tabiat xodisalari haqida bilimlar berishga erishish.
Tarbiyachi: Namoyish etilgan lavhalarni tushuntirib beradi.
Tarbiyachi: Bolajonlar baxor fasli va mehnati haqida ko`plab maqollar o`rganganmiz, keeling hozir shularni eslab olamiz.
Bolalar:
1. Vatani borning baxti bor
Mehnati borning taxti bor
2. Bir boshdan bir savat non
3. Daraxt ildizi bilan kuchli
Odam do`sti bilan
4. Daraxtdan meva olaman desang
Nixolligida parvarish qil
Tarbiyachi: Ofarin bolajonlar sizlarni chiroyli maqol va she’rlaringiz juda ham yoqdi. Sexrgar momoga ham juda yoqdi. Endi guruhimizga qaytish uchun sexrgar momodan yana yordam so`raymiz.
Sexrgar momo: Bolalar sizlarga yordam beraman. Avval meni shartimni bajaringlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |