Mening jonajon O`zbekistonim


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/121
Sana10.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1185572
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   121
Bog'liq
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Tarbiyachi: Qishda nima yog`adi? 
Bola: qor yog`adi 
Tarbiyachi: Barakalla. Daraxtlarda burglar bo`ladimi? 
Bola: bo`lmaydi. 
Tarbiyachi: Qishda ob-havo qanday bo`ladi? 
Bola: Sovuq bo`ladi 
Tarbiyachi: Qishda odamlar qanday kiyimlar kiyadi? 
Bola: Issiq kiyimlar kiyadi 
Tarbiyachi: Barakalla, bolalar siz rasimlarni to`g`ri tarifladingiz. Hozir men sizga qish 
faslida maydonchamizda tushgan rasimlarni beraman. Siz rasmni yaxshilab qarang. Qish 
faslida maydonchada qanday o`yinlar o`ynaymiz? Qishdaqoladigan qushlarni qanday 
ovqatlantiramiz? Rasimga qarab aytib bering.
“Bu men. Men ……. (chanada uchayabman)” deb, qish faslidagi o`yinlardan biri aytib 
berasiz va rasmni olib devordagi mana bu katta qog`ozga yopishtirasiz.
(Vatmanqog`oz bolalar bo`yiga mos qilib ilingan bo`ladi. Hamma bolalar rasimlarini 
yopishtirganlaridan so`ng tarbiyachi shunday deydi: “Bolajonlar, qaranglar mana bu suratda 
qish faslida biz maydonchada qushlarga don berayotganimizni ko`ryabsiz”).
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar birgalikda mana bu she’rni takrorlaymiz.


45 
4. Jismoniy daqiqa: “Qo`shiq asosida harakatli mashq” 
Qor yog`adi guppillatib 
Qorbobo dukkillatib 
Kirib keldi bog`chaga 
Soqolin silkillatib 
Olib keldi sovg`asin 
Tangacha, to`pcha, o`rdak, g`oz 
Bizga berdi barchasin. 
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hozir birgalikda qishgi ustki kiyimlarning rasimlarini 
topamiz.
(tarbiyachi bolalarga birma-bir turli fasllarga mos kiyimlarni ko`rsatadi. Bolalar qishgi 
kiyimlarni topishlari kerak bo`ladi).
Tarbiyachi: Bolalar yaqinda biz qaysi bayramni nishonladik? 
Bola: Yangi yil bayrami. Archa bayrami 
Tarbiyachi: To`g`ri, boshqa bayramlarga o`xshamaydigan archa bayramini nishonlaymiz. 
Bu bayramni kutib olish uchun hamma o`z uyida, ko`chalarda, bog`chalarda ham archa 
chiroyli o`yinchoqlar bilan bezatiladi. Archa atrofida she’rlar, qo`shiqlar kuylaymiz
raqslarga tushamiz. Men sizlarga archa haqida she’r aytib beraman.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling