Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Qanday munosabatligidan qat`iy nazar, agar bir kishi ikkinchisini harajatga hissa
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Qanday munosabatligidan qat`iy nazar, agar bir kishi ikkinchisini harajatga hissa
qo`shmayotganini sezsa uni ortiq hurmat qilmay qo`yadi E`tibor bering asosiy masala to`lovlarni kim to`lashida emas. Asosiysi bordiyu vaziyat shuni taqozo etsa, usiz ham kuningiz o`tadimi. Erkak sizni ustingizdan mutlaq hukmron ekanini his etmasa, sizga hurmat bilan munosabatda bo`ladi. U oila boshlig`i. Yodda tuting u hamisha o`zini rahbar ekanini his etishi kerak. Ammo hech qachon sizni hayotingizni nazorat qilishga haqqim bor deb hisoblamasligi kerak. O`zingizni o`zingiz eplay olishingiz sizga quyidagilarni beradi: 1. Hurmat 2. Uzoq va totuv turmush 3.Uni sizga bo`lgan ehtirosining so`nmasligi Bunga bir misol keltiray. Roksana eriga boy bo`lgani uchun tekkan. U eri bilan uning Malibu qasrida yashardi. Roksana “Mersedes” haydar, qimmat do`konlardan harid qilardi. Uni bunday to`kin sochin yashashida butunlay eriga bog`liq edi. Bir qarashda u bahtli edi, ammo u o`z hayotining bekasi emasdi. Bir kuni tushlikka taklif qilish uchun Roksananikiga keldim. Uydan chiqishdan oldi u stol tortmasini ochib bir qancha naqd pul oldiyu shunday dedi: “Ken meni mag`rurligimni hurmat qiladi, so`rab yurmasligim uchun pulni tortmada saqlaydi.” Bunday hatti harakatni mag`rurlik deyish mushkul. Mag`rur ayol o`zini barcha harajtlarini o`zi to`laydi. Yuqoridagi misolda muammo mutlaqo moliyaviy emas. Ken unga ozgina soatga bo`lsa ham ishlashini talab etgan. U: “ agar ishlaganingda men seni ko`proq hurmat qilgan bo`lardim” derdi. Biroq Roksana ish topishga urinib ham ko`rmadi. Ikki haftadan keyin esa u ko`z yosh bilan yuklarini yig`ib oltin qasrdan chiqib ketishga majbur bo`ldi Maqsadli nikoh boylik ovlovchiga har doim ham baht keltiravermaydi. Endi Roksana kun bo`yi ishlashiga to`g`ri keladi, uni daromadini esa avvalgisi bilan taqqoslab bo`lmaydi. Tibbiy sug`urta haqida gap ham bo`lishi mumkin emas. Ayol kishidan talab etiladigan narsa bu munosabtdagi muvozanatni ta`minlash. U elektr tokiga pul to`lashi yoki vaqti vaqti bilan o`z hisobidan ro`zg`orga oziq ovqat olib kelishi mumkin. Hotin eriga moliyaviy jihatdan teng bo`lishi shart emas. Shunchaki siz o`z aravangizni ozingiz torta olishingizni u bilib qo`yishi kerak. Maftunkorlik omili 82 Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling