Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/130
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#259327
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
2 5204424297350696047



Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma. 
Sarlavhadagi “yomon qiz” so`zini juddiy olmang. Kitobimni o`qib chiqib har bir narsaga 
yumor bilan yondoshish kerakligini bilib olasiz, shu jumladan sarlavhaga ham. Bu kitob 
ko`pgina ayollar o~ylab ammo hech qachon  aytmaydigan gaplari haqida. Har bir ayol 
erkakka   bog`langan  va talabchan  bo`lib  kurinishdan qo`rqadi. Har bir ayolni 
hayotida uni izidan qolmagan erkak bo`lgan , ammo unga yon berishi bilan ayol darhol 
o`z jozibasini yo`qotgan. Talay fazilatlari bo`la turib  qadrlanmaslik nima ekani har bir 
ayol biladi. Bu muammolar barcha ayollarga tanish hoh u oilali bulsin hoh yolg`iz. 
 Ho`sh nega erkaklar “yomon qiz”larni yoqtirishadi? “Yomon qiz”- Bu so`zni 
so`zlashuvdagi ma`nosi bilan men bermoqchi bo`lgan ma`no orasida jiddiy farq 
borligini bilishingiz zarur. Albatta men ayollarga yalmog`izga aylanishni maslahat 
bermayman. Men aytaytgan yomon qizlar Joan Kollinz romani qahramonlari yoki 
barcha hamkasabalarini ko`ra olmaydigan offis hizmatchilari  ham emas. Men hikoya 
qilyotgan ayollar mehribon ammo kuchli.  Ularda uncha ko`p bo`lmasada ammo 
yetarlicha  kuch bor. Ular o`z hayotini  begona qo`llarga tutqazib qo`ymaydi, ular 
erkaklarni hech qachon  ta`qib qilmaydi. Erkak ularga yuz foiz egaman  deb o`ylashiga 
imkon berishmaydi.  Bordiyu  erkak haddidan oshsa,  uni o`z joyiga qo`yib qo`yish 
qo`llaridan keladi. 
Bunday ayol nima hohlashini biladi, ammo unga erishaman deb murosaga bormaydi. 
Shu bilan birga u ayollik jozibasini  yo`qotmaydi huddi “po`lat magnoliyadek” – usti gul 
ichi metin. U jozibasini o`z  manfaati  yo`lida ishlatadi. U erkaklarni laqilatib  yurmaydi, 
balki  halol o`yin o`ynaydi. Unda “ yahshi qizlarda” yetishmaydigan bitta sifat bor –
hushyor ong. U romantic orzu hayolga  berilmaydi. Qiyin vaziyat kelib qolganda 
hushyor ong uni  tushkunlikka tushmasdan, masuliyatni o`z qoliga olib o`z kuchlaridan 
foydalnishida yordam beradi. Bundan tashqari u har qanday bosimga qarshi tura oladi. 
Agar “Yahshi qiz” ado bo`lguncha  o`zini erkakka  fido qilaversa, fido qilaversa, fido 
qilaversa, Hushyor ong egasi bo`lgan qahramonimiz esa qachon ko`rpani o`ziga tortish 
kerakligini yahshi biladi. 
Bu kitobni yaratish mobaynida men yuzlab erkaklar bilan suhbatlashdim,ularni 90% 
kitobni bir ko`rishdayoq  kulishdi va nomida aytilgan gapni  tasdiqlashdi. Ayrim erkaklar 
kitob nomini eshitganda  buni  ayollarga nima uchundir   fosh qilinmagan, erkaklarning 
asosiy siri deb atashdi.  Ular nuqul:”Erkaklarga aqlni shoshiradigan narsa kerak” 
deyishardi ..   


Va biz qayta qayta bu mavzuga qaytaverdik  
Men suhbatlashgan erkaklar buni  har hil tasvirlashdi ammo ma`nosi baribir bir hil 
qoldi. “Erkaklarni o`tkir tig`li  ayollar maftun etadi” deyashardi ular. Bundan ikki narsa 
aniq bo`ldi. Ular zo`r berib  “aqlni shoshiradigan” deb tavsiflmoqchi bo`layotgan ayollar 
ularning nazdida hech narsaga zor emas. Ikkinchidan esa ana shu “yomon qiz” 
tushunchasi aynan “ aqlni shoshiradigan ” degan ibora  bilan  sinonim bo`lib keldi. 
Aynan mana shu jihatni u eng maftun qiladigani deb topishdi. Erkaklar bilan suhbatda 
aqlni shoshiradigan” degan so`zni ishlatishim bilan gap qanday sifat haqida 
ketayotganini darrov ilg`ashdi. Ammo yuzlab ayollar bilan so`zlashganimda ular nimani 
nazarda tutganimni mutlaqo tushunishmadi.Bunday intervyulardan keyin bu kitobni 
yozish zarurligini tushundim.Agar bu narsa erkaklar uchun tabiy ekan ayollar uchun 
ham sir bo`lib qolmasligi kerak. 
Bu kitob erkaklar hech qachon qilmagan ishlari haqida. Ular “ Hey, pol latta bo`lishni 
bas qil” “ Meni hamma gapimga rozi bo`laverma” “Meni atrofida hamma narsa 
aylanadigan olaming markazi deb bilma”. Bu kitob shunisi bilan kerakli- ki unda siz 
erkak zotini  o`z juftiga aytolmaydigan  gaplarini bilib olasiz.  
Kitobning boblaridan  quyidagi bitta asosiy ma`noni ilg`aysiz: Sevgi bobidagi omad 
tashqi ko`rinishga emas balki o`zingizni tutishingizga bo`gliq. Ommaviy ahborot 
vositalari bizni aksiga ishontirmoqchi bo`lishadi. Qizlar o`qiydigan jurnalalarda yigitlarni 
e`tiborini kiyinish va upa elik  bilan tortishga maslahat beriladi. “Bu lab bo`yig`I yoki  u  
kosmetikani atrofdagi barcha erkaklar payqaydi” deb  qayta qayta`kidlashadi. Bundan 
qizlar nimani o`rganadi?  Odamlar ko`ngliga yo`l topishi, barchani e`tiboriga sazovor 
bo`lishi zarurlignimi. 
Jurnallar  qarish uyoqda tursin, ulgayishga qanday qaraydi? O`smir qiz endi yigirmaga 
kirdi ammo jurnallarda qarishning ming bir dahshatli oqibatlari haqida bong uradi. 
Barcha reklama e`lonlarining ma`nosi bir:’ Yuzingda ikkta ajin va biroz qorin bormi, 
bo`ldi sening bozoring kasod. Juda omading kelib qolsa arzonlashgan bahoda ketasan”  
Ho`sh, bundan ayol nimani o`rganadi? Kimgadir yoqmaslikni oldini olishnimi. 
Ulardan farqli o`laroq  mening kitobim nimani o`rgatishi mumkin? Sizni o`z o`zingizga 
beradgan bahoingizni oshirish uchun sizni fe`lingizga birozgina betakluflikni paydo 
qilishni. Men odamlarga behurmatlik qilishga chaqirmayapman balki ularning  siz 
haqingidagi fikriga parvo qilmaslikni o`rgatmoqchiman. “Yomon qiz” _ kuchli ayol u o`z 
kuchini mustaqil fikrlashdan oladi. Zamonaviy jamiyat esa zo`r berib ayolni o`zligidan 


kechishga undaydi.  “ Yomon qiz” boshqalarning o`lchami bilan yahsamaydi, uning o`z 
o`lchovi bor.  
“ Yomon qiz” hamisha o`z qoidasiga ko`ra o`ynaydi, u o`ziga ishonadi, u mustaqil va 
kuchli. Umid qilamanki kitobni o`qib chiqib ko`pgina ayollar o`zlarida ana shunday 
ajoyib jihatlarni kashf etadilar.  
 Atrofdagilarga  “Men poezdni boshqaraypman. Qayerga borish va qaerda tushish 
kerakligni o`zim sizga aytaman”  deyayotgan, erkaklar borasida omadi chopgan ayollar 
esa bu kitobdan  o`zlarida yumor va sehrli ayura kashf etadilar. 
Bunday ayol  o`z foydasi uchun nima qilish kerakligini yahshi biladi, bu borada u hech 
kimga va hech narsaga muhtoj emas.  U o`z tanloviga ko`ra shu yerda. 
Erkaklar tomonidan sevilgan “yomon qiz” hushchaqchaq va albatta o`tkir qirrali va 
shunisi bilan havfli. Aynan mana shu havf erkaklarni ohangrabodek tortadi. 
Boshqalardan farqli o`laroq bu ayol ana shu sifatlarni tashqaridan izlab yurmaydi. Bu  
uning tabiatida mujassam. 
Izoh: Kitobda ko`rsatilgan intervyu  berganlarning  ism va familyalari iltimoslariga ko`ra 
o`zgartirilgan holda keltirilgan.  

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling