Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/130
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#259327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
2 5204424297350696047

Maftunkorlik omili №1 
   Inson hayotda nimaning ortidan quvsa, shu narsa, albatta, undan qochadi. 
   Ayniqsa,  erkaklar  borasida  bu  ayni  haqiqat.  Bu  yerda  bir  istisno  bor,  agar  siz  uni 
ehtiros  qo`zg`aydigan  kiyimda    quvayotgan  bo`lsangiz,  u  avval  sizdan  foydalanadi, 
keyin esa, albatta, qochib qoladi. 
   Nima  uchun  erkaklar  bunday  holatlarda  juftakni  rostlashning  payida  bo`lishadi? 
Chunki  ayolning  xatti-harakati  o`z  qadrini  yuqori  baholashdan  darak  bermaydi. 
Munosabatning  ilk bosqichda erkak va ayol  orasidagi bog`lanish hali yuzaki. Ayol esa 
o`zining  eng  kuchli  qartalarini  ochib  qo`ya  qoldi.  Aslida,  uning  bunday  xatti-harakati 
ikki holatdan birini anglatadi. Yo ayol o`ziga juft topishdan butunlay umidini uzgan, yo 
duch kelgan erkak bilan munosabat o`rnatishga  tayyor. Ehtimol, har ikkisi hamdir. Bu 
esa    erkakning  qiziqishini    boshqa  har  qanday  narsadan  ham  tezroq  so`ndiradi.  Ayol 
o`zini qadrlamasligini anglashi bilanoq erkakdagi  unga bo`lgan hurmat va yaqinlashish 
istagi yo`qoladi. Endi uning qanday kiyim  kiygani yoki kiymaganing  mutlaqo ahamiyati 
yo`q. 


   Uning  orzusidagi  ayol  kimgadir  yoqish  uchun  o`zini  o`qqa-cho`qqa  uravermaydi. 
Mana, nima uchun erkak ayolni chinakamiga sevib qoladi, shubhasiz, bu ayol  u uchun 
4  xil  taomdan  iborat  quyuq  ziyofat  tayyorlab  yurmaydi.  Stolni  ham  qimmatbaho 
chinnilar bilan bezatib  o`tirmaydi. Omadi kelsa, erkak faqat bitta taomgan umid qilishi 
mumkin  (menimcha,  popkorn).  Qimmatbaho  likoplar  esa  mutlaqo  ortiqcha  bezak. 
Yelim  tovoqning  o`zi      yetarli.  U  oddiygina  qilib  senga  qanaqasi  yoqadi,  idishga 
solingani yo paketi ozidan yeyishmi. Va nihoyat  yarim yildan keyin ana shu ayol kechki 
taomni  issiq  holda,    chinni  likopchada  tortsa,  erkak  buni  qanday  qabul  qiladi  deb 
o`ylaysiz?  Mayli,  likopda  do`kondan  olingan  tayyor  qiyma  bilan  oddiy  makaronlar 
bo`lsin, baribir erkak: “Bu hayotimda tatib ko`rgan eng mazali makoronlar”, - deydi.  
   Shunda u o`zini qiroldek his etadi. Farq shundaki, erkak bunga erishish uchun qancha 
vaqt va kuch sarfladi. Mashaqqat bilan erishilgan narsa qadrlanadi. 
 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling