Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/130
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#259327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
2 5204424297350696047

Maftunkorlik omili №2 
   Erkaklar  ularni  deb  devor  oshishga  tayyor    ayollar  alohida  sifatga  ega  bo`lishlari 
mutlaqo shart emas.  
   Odatda  bunday  ayollarni    qarama-qarshi  jins  vakillari    bilan  ishiyam  yo`q.  Gap  
erkaklar  bilan  qandaydir  o`yin  o`ynash  yoki  ularni  o`z  nog`orasiga  o`ynatish  haqida 
ketmayapti.  Siz  avval  aniqlab  oling,  siz  haqiqatda  ham  talabchan  va  munosabatlarga 
tobemisiz  yoki  teng  huquqli    munosabatlar  tarafdorimisiz?  Muhimi  har  qanday 
munosabatlarda  aslingizni  saqlab  qolishingiz,  erkak  uchun  o`zlikdan  kechmaslik.  Agar 
xatti-harakatingiz  bilan  erkakka  uning  istaklariga    bo`ysinishingizni  bildirib  qo`ysangiz 
nima  bo`ladi?  Shu  zahotiyoq  u  sizni  umidsiz  holatda  deb  xulosa  chiqaradi  va  qancha 
pastka  tushishga  tayyor  ekaningizni  ko`rishni  istab  qoladi.  Inson  tabiati  shunaqa, 
darrov sinab ko`rgisi keladi. Siz qanchalik yuvvosh bo`lsangiz, uning talablari shunchalik 
ortib  boraveradi.  U  sizni  “dyurasel”  batareykasidek  qabul  qiladi.  “Qanchaga 
chidarkinsiz-a?”  “Sizdan  yana  nimalarni  olish  mumkin?”degan  savollar  qiziqtiradi  uni. 
Yaxshi qizlar  erkaklar bilan munosabat o`zlari istagandek bo`lishi uchun yomon qizlar 
allaqachon  egallagan  bilimlarni  bilishlari  shart.  Ko`nglini  olish,  istaganini  muhayyo 
qilishga urinishingiz bilan erkaknig sizga bo`lgan hurmatini so`ndirasiz. Uning nazdidagi 
husni  malohatingizni  o`z  qo`lingiz  bilan  barbod  qilasiz.  O`rtangizdagi  munosabatning 
esa kelajagi yo`q, faqat uni yana qanchagacha cho`zishingiz mumkinligi  ma`lum emas. 


   Ko`pchilik  erkaklar  ularga  yoqish  uchun  har  kuyga  tushadigan  ayollarni  yurakka  o`t 
yoqadiganlar qatoriga  qo`shishmaydi. Ziyoli  ayol u bilan siyosat yoki  iqtisod   haqida 
suhbatlashib,  erkakni    aql  bilan  qo`lga  kiritish  mumkin    deb  oy`lab  xato  qiladi.  “Aqlni 
shoshirish”ning  umumiy  mavzudagi  suhbatlarga  hech  qanday  aloqasi  yo`q.  Aqlini 
shoshira  olishingiz  siz  erkakdan  hurmat  kutishingiz  mumkinmi  yo  yo`qligini  aniqlab 
beradi.  Buni  sizning  unga  bo`lgan  munosabatingiz  va  uni  yo`qotishdan 
qo`rqmasligingizni  anglashi belgilab beradi, aqlli suhbatingiz emas.  
   Yaxshi  qizning  xatosi  esa  erkak  unga  istagan  vaqtida  erishishi  mumkinligini  sezdirib  
qo`yishidadir.  Men  sen  bilan  o`yin  o`ynashni  istamayman  deyishi  bilan  uni 
yo`qotishdan  qo`rqishi  ayon  bo`ladi.  Ana  shunda  erkak  ayolga  100  foiz  erishdim  deb 
hisoblaydi. Aynan shu vaqtdan boshlab ayolda  “Uning menga vaqti yo`q, u avvalgidek 
romantik emas”, degan nolishlar davri boshlanadi. 
   U  bilan  bo`g`lanish  borasida  bizning  qahramonimiz  juda  talabchan.  U  istasa  u  bilan 
bo`glana  olasiz,  uchrasha  olasiz,  istamasa  yo`q. Buni  u  belgilaydi,  erkak  emas. Ammo 
erkak  kim  bilandir  uchrashgisi  kelganda  birinchi  bo`lib  xayolga  keladigan  darajada 
maftunkor.  Chunki  u  xushiga  kelib  qolsa,  uchrashishga  rozi  bo`ladi-da.  Bundan  kelib 
chiqadiki, ayol erkakka to`laligicha tegishli emas, ya`ni u erishilmagan marra.  
   Bir martagina  ko`rishish uchun har narsaga tayyor ayol haqida nima deyish mumkin? 
Uning  hech  qayerga  ketmasligini  erkak  aniq  biladi.  Ikkita  uchrashuvdan  keyin  erkak 
do`stlari  bilan  uchrashadi,  ishida  ushlanib  qo`ladi,  qo`ng`iroq  qilib  belgilangan 
uchrashuvni  keyinga  qoldiradi.  Ayol  erkak  bilan  uchrashish  uchun  tunda  qayerdandir 
yetib kelganida unga “yetkazib berish xizmati” degan neon lampali yorliq yetishmaydi 
xolos. 
 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling