Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №19
Erkak, ayniqsa, ayolning qanchalik o`ziga emotsional tobe yoki yo`qligiga diqqat qaratadi. Erkaklarga amalga oshirib bo`lmaydigan narsalarni talab qilib, nuqul turmush sharoitidan nolidigan haqiqiy qaysar ayollar yoqadi demadim. Erkak o`z noroziligini bildirishdan qo`rqmaydigan va o`z shaxsiy fikrini ayta oladigan ayolni xohlaydi. Agar erkak birinchi uchrashuvda: “Nima bilan mashg`ul bo`lishni istardingiz?” – desa, yelka qisib: “Siz nima taklif qilasiz?” – deb, qanday ahmoqona taklif bo`lsa ham, rozi bo`lib ketavermang. Shunchaki erkakka hayotga bo`lgan ishtahanigiz borligini ko`rsating. O`z shaxsiy hayotingizga, albatta. Bu xuddi yaqindagina o`qigan kitobingiz haqida so`zlab bergandek “Men yaqinda (bitta esnab) qiziqarli kitobni o`qidim”. Bu iborani mana bunisi bilan solishtirib bo`lmaydi: “Men Syuzen Smitning ajoyib kitobini o`qib chiqdim. Bundan ham qiziqarli kitobni men hali ko`rmagandim. Syuzen ajoyib yozuvchi!” Erkaklar itoatkor va ularga tobe ayollarni nega yoqtirmasliklarini tushunish uchun quyidagi misolni esda tuting. Erkaklar bilan munosabati o`xshamagani uchun nuqul sizga hasrat qilib yig`i-sig`i qiladigan dugonangiz yo`qmi? U navbatdagi erkak bilan uchrashib yurganda uni topib bo`lmaydi, qo`ng`iroq qilib tushib bo`lmaydi. Ammo ikki oy o`tar-o`tmas siz yana uning yig`i-sig`isiga chidashingizga to`g`ri keladi, chunki erkak yana uni tashlab ketdi. Keyin u yana yo`q bo`lib ketadi, chunki unga yangi hushtor topiladi. Bunday do`stlik sizning ko`nglingizni to`ldirmaydi, chunki bu do`stlik u ayolning hayotida muhim rol o`ynamaydi. Erkak ham ayolni o`ziga nihoyat tobe bo`lib qolganini juda yaxshi sezadi. Agar siz uning bo`yniga osilib olsangiz, bu yukni ko`tarishga kuchi yetmay qolishi mumkin. U shunchaki inson va uning ham o`z muammolari bor. Erkakka o`zingizning teng sherik bo`la olishingizni ko`rsating, shunda munosabatlarga o`z hissangizni qo`shasiz . Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling