bilan vaqt o`tkazganda ko`ngil yozishni istaydi.
12. “Yigit biror narsa haqida gapirganda bu o`ttiz sekundan ortiqqa bormaydi. Ayol esa
cheksiz gapira oladi. Erkak kishi uchun mutlaqo tutriqsiz ko`ringan narsa ayol kishi
uchun olamshumul fojia deb qabul qilinadi. “Azizam bunchalik yurakka yaqin olma”
deb nega yordam bermoqchi bolasiz. Ammo sizni gaplaringiz vaziyatni battar
yomonlashtiradi, siz hissiz va yuraksizga chiqasiz”
13. “Fikrimcha kamgap qiz sergap qizga nisbatan maftunkorroq,chunki u sirli ko`rinadi.
Tinmay vaysashdan ma`no yoq. Muloqotda sifat muhim, son emas. Agar ayol o`zini
noqulay va havotirda his etsa buni erkak ortiqcha gap so`zsiz ham tushunishi kerak.”
14. “Bir ayol nuqul men bilan vaqt o`tkazishni istardi. U meni rejalarimni o`zgartirishga
urindi.Ammo har bir erkakni o`zi uchun ajratilgan vaqti bo`lishi kerak. U men umuman
istmagan mashg`lotlar bilan shug`ullanishimni hohlardi. U san`atga qiziqmasligimni
yahshi bilardi ammo meni muzeylarga ko`rgazmalarga sudrardi. Agar erkak ayolga
yahshi munosabatda bo`lsayu, o`z hissiyotlarni ifoda etish uchun sh`erlar yozmasa
ahmaqona yorliqlar sotib olmasa, uni boricha qabul qilish kerak.”
15. “ Ayol kishi Uy jihozlarini o`rnini o`zgartirishni tushunaman. Ammo u meni
o`zgartirishga urinsa jahlim chiqadi. U meni hayotimni o`zgartiraman deb kuchini
bekorga isrof qilmay, o`z hayoti bilan yashashini istardim.”
Bu ro`yhat sizni nimaga o`rgatishi kerak? Erkakka qanchalik yaqin bo`lishni
istashingizdan qatiy nazar , uni o`zgarishga majbur etmasligingiz kerak. So`nggi punktni
eslang-a:uni fikricha ayol o`z kuchini bekorga isrof qilayapti. Biz haddan ortiq
emotsional bo`lib ketganimizda ko`pchilik erkaklarni bizga b`olgan qiziqishi so`nadi. Biz
o`z fikrimizni aniq va lo`nda ifoda etishimiz kerak, yo`qsa u bizni birorta so`zimizni
eshitmaydi.
Erkak kishini hislari haqida gapirishga majbur etmang va o`z hissiyotlaringizni uzundan
uzoq izhor etmang, bu uni asabiga tegadi. Mana nima uchun:
Maftunkorlik omili 67
Do'stlaringiz bilan baham: |