Mercedes-Benz tarixi


Mercedes kompaniyasi logotipi


Download 228.5 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi228.5 Kb.
#1645007
1   2   3
Bog'liq
Mercedes

Mercedes kompaniyasi logotipi 
Bens va Daymler kompaniyalarining hamkorligi avtomobilsozlik sanoatidagi eng uzoq davom etgan hamkorlik sanaladi. Ularning bunday munosabati 1998-yilgacha yetib kelgan. K rusumi bu hamkorlikning ilk mevasi sanaladi. Ulardan keyin dizayneri Gans Nibel bo‘lgan Mercedes CCK va SSKL dunyo yuzini ko‘rgan. Nibel avtomobilning kabriolet turini va kuzovning rallilarga mo‘ljallangan bir qator modellarini taklif etgan. 
Dizel yoqilg‘ili birinchi modelning yaratilishi va ishlab chiqarilishi 1936-1940-yillarga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi Jahon urushi “Daimler-Benz AG”ni yo‘q qilib yuborishiga sal qolgan. Chunki urush davrida uning Shtutgart, Zindelfingen va Mangeymdagi zavodlari yakson bo‘lgandi. Natijada direktorlarning 1945-yildagi yig‘ilishidan keyin “Daimler-Benz” boshqa faoliyat yuritolmaydi, mazmunida ma’ruza ham tayyorlangan. Biroq “Daimler-Benz AG” barcha murakkabliklarga qaramay, juda tez oyoqqa tura oldi. 1947-yilda “170” modelini sotuvga chiqardi. Unga 3 litrli 6 slindrli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, GFR federal kansleri Konrad Adenauer sharafiga yaratilgan edi. 
Urush yillaridan keyin yaratilgan avtoulovlar ichida 300 SL modeli alohida ajralib turadi. Bu urushdan keyin yaratilgan ilk sport avtomobili edi. Uning avtomobil yo‘llariga mo‘ljallangan turi 1954-yildan chiqarila boshlagan. 
1957-yilning mart oyidan Elvis Presli sharafiga yaratilgan 300 SL Roadster sotuvga qo‘yildi. 70-90-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar ham brend obro‘sini yana-da ko‘tardi. 1975-1986-yillarda xalq orasida “bochka” nomi bilan mashhur Mercedes W123 yaratiladi. 80-yillarda 190 modeli namoyish etiladi. Mashhur Mercedes W124ni ishlab chiqarish esa 1997-yilgacha davom etadi. Undan keyin bozorlarda W210 paydo bo‘ladi. 2002-yildan u W211, W212ga almashtiriladi. Aynan shu modellar E sinfiga kiradi. 

1998-yilda Mercedes Amerikaning Chrysler kompaniyasi aksiyalarini sotib oladi. Natijada Daymler-Bens uchun AQSh bozorlariga keng yo‘l ochiladi. Chrysler bilan kelishuv kompaniyaning azaliy nomini “Daimler Chrysler” deb o‘zgartirilishiga sabab bo‘ladi. Ularning hamkorligi deyarli 10 yil davom etadi. Chryslerning moliyaviy jihatdan yomon ahvolga tushib qolgani hamkorlikning darz ketishiga olib keladi. Amerika kompaniyasi aksiyalarini sotib yuborganidan keyin Daimler AG yana o‘zining asl nomiga qaytadi. 


Hozirda kompaniya Mercedes modelining A, B, C va E sinfiga mansub rusumlarini ishlab chiqarmoqda. Brendning zamonaviy avtomobillari o‘zining xavfsizligi bilan mashhur va hali hamon butun dunyoda eng obro‘li marka sifatida tan olinadi. Mercedes S Class hatto “eng chidamli avtomobil” sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiritilgan.
134 yil avval olingan patent YUNESKOning “Dunyo xotirasi” dasturining bir qismiga aylanib qoldi. Mercedes-Benz Guttenberg Bibliyasi, Buyuk Xartiya, Baxning 9-simfoniyasi kabi mashhurlikka erisha oldi. Muhimi bu tasodifiy emas: Karl Bens va Gotlib Daymler ixtirolari harakatlanish vositalari olamida inqilob yasadi, insonlar uchun yangi imkoniyatlar eshigining ochilishiga sababchi bo‘ldi.
Bugungi innovatsiyalar hamon 130 yil oldingi g‘oyalarga sodiq qolmoqda: xavfsizlik, komfort, samaradorlik va muvaffaqiyatga ishonch. Aynan mana shu g‘oyalar tufayli bu brend savdosi yil sayin oshib bormoqda. 
Mercedes-Benz reklamasi hamma vaqt o‘zining puxta o‘ylanganligi va ijodkorligi bilan ajralib turardi – brend hech qachon marketing uchun pulini ayamagan.


Logotip
Uch qirrali yulduzni ko‘rganingizda xayolingizga nima keladi? Bu savolga avtomobildan xabari yo‘q odam ham javob bera oladi. Bu – Mercedes.
Kompaniya avtotransport vositalaridan tashqari, samolyotlar va kemalar uchun motorlar, ehtiyot qismlar ham ishlab chiqargani sababli logotipdagi uch qirrali yulduz samoda, suvda va yerda insonlarga xizmat qiluvchi brend ramzi hisoblanadi. Belgining sodda va esda qolarli dizayni uni butun dunyoda unutilmas va taniqli qilib qo‘ydi. Logotip yaratilgandan beri 7 marta o‘zgargan: 1902, 1909 (2 marta), 1916, 1926, 2008, 2009 va 2011 yillarda.

Logotip yaratilgandan beri 7 marta o‘zgargan

Download 228.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling