Merkantilizm nima?


Download 6.37 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi6.37 Kb.
#1787555
  • Merkantilizm nima?
  • Natural-xo‘jalik munosabatlarining bozor iqtisodiy munosabatlari tomonidan siqib chiqarilishi XVI asrdan XVIII asrgacha bo‘lgan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr iqtisodiy adabiyotda, odatda, merkantilizm davri deb ataladi. Merkantilizm (italyancha “merkante” so‘zidan kelib chiqqan – savdogar ma’nosini anglatadi), bu bozor (kapitalistik) iqtisodiyotiga bo‘lgan birinchi ilmiy qarashlar silsilasidir.

Merkantilizmning keng ommalashishiga XV – XVII asrlarda yashab ijod etgan bir qator iqtisodiy tahlilchilar munosib hissa qo‘shishgan. Jumladan, fransuz davlat arbobi Jan Batist Kolber merkantilizmning taniqli vakillaridan biri bo‘lgan. U va boshqalar tomonidan ilgari surilgan, asosan proteksionizm shaklida davlatning iqtisodiy faoliyatga faol aralashuvi zarurligini asoslovchi ta’limotlar tizimi: import bojlarining yuqori miqdorini belgilash, milliy ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish va. hokazolar jamiyatda merkantilizmning keng ommalashishiga zamin yaratgan.

Merkantilizmning asosi haqida ikki og‘iz so‘z

Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, uning amaliy faoliyati uchun xizmat qiladi.

Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdan iborat. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‘llab-quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qilishdi.


Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash prinsiplari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
– har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash;
– mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish;
– arzon xom-ashyoni import qilish yo‘li bilan sanoatni rag‘batlantirish;
– import qilinadigan sanoat tovarlariga proteksionistik tariflarni belgilash;
– eksportni, ayniqsa tayyor mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish;
– ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o‘sishi. Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz, merkantilizmning asosi hisoblanadi. Shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, xalq farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik, deb kelinardi. Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o‘zgardi. Avvalo, natural-xo‘jalik tuzumining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo‘lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Noekvivalent savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida-savdoning rolini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko‘p bo‘lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini rag‘batlantirish va jamiyat ishlarini qo‘llab-quvvatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek “qo‘shningni quritsang” go‘yoki millat boy bo‘ladi kabi noto‘g‘ri siyosat ilgari surilgan. Demak, merkantilizm bozor iqtisodiy munosabatlarining vujudga kelish davridagi birinchi iqtisodiy tafakkurlar maktabi sifatida bir qator nazariy-metodologik xususiyatlarga ega. Ularning mohiyati shunga kelib taqaldi, ya’ni merkantilistlar:
– tadqiqot predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasini tekshirishni afzal ko‘rishadi, buning ustiga ishlab chiqarish sohasidan ajralgan xolda;
– tadqiqot usuli sifatida asosan iqtisodiy hodisalarning tasodifiy yuzaki tashqi ko‘rinishini ifoda etishga olib keluvchi va iqtisodiyotning barcha sohalarini sistemali tarzda tahlil qilish imkoniyatini istisno etuvchi empirizm (nazariyadan ko‘ra amaliy faoliyatga ko‘proq moyil bo‘lish)dan foydalandilar
– pulning paydo bo‘lishini odamlarning sun’iy ixtirosi natijasi deb hisobladilar, pulning o‘zini esa boylik bilan bir narsa deb qaradilar;
– pul qiymati (qimmati)ning kelib chiqishini oltin va kumush pullarning “tabiiy xususiyati” va mamlakatdagi ularning miqdori bilan bog‘lab talqin qildilar;
– mehnat taklifining oshishini yuqori ish haqi bilan emas, balki past ish haqi zarurligi bilan bog‘lab ko‘rsatdilar;
Dastlabki va keyingi merkantilizmning o‘ziga xosligi nimada?
 
Dastlabki merkantilizm, monetar tizimining o‘rnatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan monetarizm, buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo‘ldi va XVI asrning o‘rtalarigacha faol amal qilinib kelindi. Uning asosiy vakillari Uilyam Stafford (Angliya), Gaspard Skaruffi (Italiya) va boshqalar hisoblanadi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Download 6.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling