Qadimgi yunoniston, rim va rusda jismoniy tarbiya


Download 356.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.01.2023
Hajmi356.98 Kb.
#1095674
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3.QADIMGI YUNONISTON, RIM VA RUSDA JISMONIY TARBIYA (2)



QADIMGI YUNONISTON, RIM VA RUSDA JISMONIY TARBIYA. 
 
REJA: 
1. Urug‘chilik tuzumining yemirilishi jarayonida madaniyat va quldorlik munosabatlarining tug‘ilib 
kelishi Gresiya tarixining Gomer davri 
2. Sparta tizimi 
3. Afina tizimi 
4. Rimning vujudga kelishi 
Urug‘chilik tuzumining yemirilishi jarayonida yangi ishlab chiqarish munosabatlarining asoslari qurila 
bordi, bu yangi ishlab chiqarish munosabati bilan vujudga kelgan yangi mulkchilik shakillarining paydo 
bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Quldorchilik jamiyatining paydo bo‘lishi yoki vujudga kelishi bu jarayonining oqibat 
natijasi bo‘ladi.
Qadimgi Sharq quldorlik davlatlari: Misr, Suriya, Eron, Hindiston va Xitoy kishiliq tarixidagi eng 
qadimgi sinfiy jamiyatlari edi. Qadimgi Sharq davlatlarida, qadimgi dunyo davlatlari Gresiya va Rim quldorlari 
davlatlaridan farqli o‘laroq, quldorchilik ham oila qulchiligi doirasidan tashqarisiga chiqmagan bo‘lib, 
ko‘pgina jamoa hayoti formilari saqlangan holda davom etdi. Bu davlatlarda quldorlar va qullar sinfi bilan 
birga ozod jamoatchilar ommasi dehqonlar ko‘plab saqlangan edi. Quldorlar sinfi o‘z iqtisodiy va siyosiy 
qudratini mustahkamlash maqsadida xalqlar tomonidan tarixning oldingi davrlarida yaratilgan madaniyatdan 
keng foydalaniladi. 
Ibtidoiy jamoa to‘zumi sharoitlaridayoq vujudga kelgan din va kohinlar toifasi hukumron sinf 
hokimiyatini mustahkamlashda katta rol o‘ynaydi.
Mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan va ko‘pincha sehrgarlik harakatlar harakateriga ega bo‘lgan turli-
tuman o‘yinlar, raqslar, xorovadlar va musobaqalar barcha. Qadimgi Sharq davlatlarining ozod aholisi o‘rtasida 
tarqalgan edi. Xalq orasidagi harbiy mashqlarning ko‘pgina turlari ham ko‘p qo‘llanar edi, cho‘nki ozod 
jamoachilar hali ham sharqiy dispotiya ko‘shinlarining asosini tashkil etar edi. Qadimgi Misrning ko‘p sonli 
yodg‘orliklari Misr falloqlari o‘rtasida kurashga, qilichboslikka doir mashqlar, ko‘p sonli akrabotika mashqlari, 
raqs mashqlar, koptok o‘ynash mashqlari va hokazolarning tarqalganligidan dalolat beradi. Suriya, Vavilion, 
Qadimgi Eron yodg‘orliklari ham xalq orasida mavjud bo‘lgan ko‘pgina o‘yinlar va musobaqalar to‘g‘risida 
xabar beradi. Qadimgi Xitoy kurashi va qilichbozlikning, oyoq to‘pi o‘ynashining o‘zicha xos usullari bo‘lgan. 
Xitoyda saqlanib qolgan “Ushu” jismoniy madaniyat sistemasi juda qadimgi zamonda tug‘ilgan va bu 
sistemaning ba’zi bir mashqlari quldorchilik jimiyati sharoitlarida vujudga kelgan, deb taxmin qilishga asos 
bor.
Hukumdor quldor boshliqlar hokimiyatning kuchayib borishi bilan xalqning jismoniy madaniyat 
elementlaridan borgan sari ko‘proq darajada hokimiyatning sinfiy maqsadlari yo‘lida foydalaniladi. 
Armiyadagi rahbarlik roliga mansub bo‘lgan aslzoda quldorlar mashqlarning xalq orasidagi turlaridan o‘zlariga 
jangchi uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni kamol topshirish uchun foydalanilganlar. Ular maxsus uyushtirilgan 
jismoniy madaniyat oddiy xalq ommasidan ajratib ko‘rsatadigan va bu bilan o‘zlarini yuqori to‘tadigan 
jismoniy fazilatlarni kamol topshirishga intilar edilar. 
Qadimgi Eronda maxsus tashkil qilingan maktablarda zadogon yoshlari madaniyatlash sistemasi 
mavjud edi; bu maktablarda otda yurishga va qamalak otishga o‘rgatishga alohida e’tibor berar edi. Qadimgi 
Misrda harbiy zodagon doiralarning muxsus harbiy jismoniy jihatdan tayyorlash, nayza irg‘itishga doir 
mashqlardangina foydalanganligi haqida ba’zi bir ma’lumotlar bor. Jamiyatning toifalarga ajralishi rasm 
bo‘lgan. Qadimgi Hindistonda hukumron sinflar o‘rtasida jangchilarning alohida toifasi-kshatriylar paydo 
bo‘lgan. Bu toifa a’zolari yoshlik chog‘laridanoq o‘zlarining barcha vaqtini va o‘zini harbiy mashqlarda kamol 
topshirishga sarflab, jangchi bo‘lishga o‘rgatilgan.
Ayni bir vaqtda qadimgi sharqning mustabid quldor boshliqalari o‘zlarining xalq ommasiga bo‘lgan 
hukumdorligi va ta’sirini kengaytirishga intilib, ko‘pgina xalq bayramlari an’analaridan keng foydalanilganlar; 
ko‘p sonli musobaqa o‘yinlari, raqslar va xorovodlar bu xalq bayramlarining tarkibiy qismini tashkil qiladi. 
Qadimgi sharq davlatlarning ko‘plarida kohinlar toifasi bu ham an’anaviy xalq bayramlarning dastlabki 
kunlaridanoq quldorlarning sinfiy hukumronligini mustahkamlash quroli bo‘lib qolgan. Yangi rasmiy dinga 
mohirlik bilan muvofiqlashtira bordilar. Bu hol Qadimgi Misrda ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qadimgi 
Misrda rasmiy dinni ko‘p sonli xudolarni urf-odatiga bag‘ishlangan ko‘pgina, bayramlar, an’anaviy xalq 
musobaqalar o‘yinlari va raqslari bilan birga qo‘shib yulib boriladi. Jismoniy madaniyatning xalq elementlari 
asta-sekin yangi diniy marosimlarining tarkibiy qismi bo‘la borib, bu urf-odatlar yordamida xalq ommasi 
borgan sari ko‘proq ideologik asoratga solinar edi.
Hukumron quldorlar doirasi xalq mashqlari turlaridan o‘z kamoloti va kungil ochishi yo‘lidan ham keng 
foydalangan. Quldorlar, bir tomonidan, o‘zlarining bo‘sh vaqtini ko‘pincha o‘yin, ov turli mashqlar bilan 
o‘tkazar, ikkinchi tomonidan o‘zlari uchun tomoshalar tashkil qilib, ulardan ancha chaqqon, kuchli va epchil 
ozod jamoachilarni ishtirok ettirar edilar. Qadimgi Misr, Eron, Hindiston va Xitoy yodg‘orliklari o‘sha 


vaqtlarda aslzodalarga qarashli saroylarda tomosha ko‘rsatgan darbozlar, jangchilar, o‘ynchi va raqqosalar 
bo‘lganligidan dalolat beradi.
Shuday qilib, Qadimgi Sharq quldorlik davlatlarida jismoniy madaniyat elementlarining 
rivojlanishidagi xarakterli xususiyati shundan iboratki, ozod dehqonlar orasida rasm bo‘lib kelishgan xalq 
jismoniy madaniyati shakillari va xalq mashqlarning turlari bilan birga, quldor boshqalarning bu jismoniy 
madaniyat eelementlarini o‘z obro‘yi va hukumronligini kuchaytirish uchun o‘zlashtirish va foydalanishga 
bo‘lgan intilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Ibtidoiy jamoaning mehnat faoliyatida tug‘ilgan xalq jismoniy madaniyati elementlarining 
quldorlarning ehtiyojlari sinfiy maqsadlariga moslashib borish jarayonini Qadimgi Gresiya misolida ayniqsa 
yaxshi ko‘rish mumkin. 
Urug‘chilik to‘zumining yemirilishi va quldorlik munosabatlarining tug‘ilib kelishi Gresiya tarixining 
Gomer davri deb ataladigan eng qadimgi davriga to‘g‘ri keladi; bu davr eramizdan avvalgi XII-VIII asrlarini 
o‘z ichiga oladi.
Bu sinfiy quldorlik jamiyatiga o‘tiladigan davrni harbiy demokratiya deb atalgan. Urug‘chilik 
to‘zumida hukumronlik movqeni egallashga harakat qilgan urug‘-zadagonlarining ajralishi va yuqori darajaga 
ko‘tarilishi bu davr uchun xarakterlidir. 
Odatda, aslzodalar muhitidan urug‘ oqsoqollari-bosileylar ajralib chiqar edi. Shu bilan birga, urug‘ 
aslzodalarini xalq ommasi bilan hisoblashishga majbur qiladigan eski urug‘chilik muassasalari ham saqlanib 
qolgan edi. Bu davrda ibtidoiy urug‘chilik jamoasi uchun xarakterli bo‘lgan tartiblar hali-ham saqlanib qolgan, 
bu tartiblarga ko‘ra, har bir katta yoshdagi erkak ayolni bir vaqtda jangchi ham bular edi. Lekin bu davrga 
kelib, xalq ichida chiqqan jangchi bilan urug‘ zadogonlari ichidan chiqqan jangchi orasida farq mavjud bo‘ladi. 
Zadagon jangchilar o‘z qurollarining zebi-ziynatlari va o‘zining yaxshi tayyorgarlik darajasi bilan farq qilib 
turar edi. Ular qo‘shinda rahbarlik rolini o‘ynashga harakat qilar va harbiy o‘ljaning katta ulushini o‘zlashtirib 
olar edilar.
Gomerning “Iliada”va “Odisseya” poemalarida o‘sha davrdagi yunon hayotining yorqin manzaralari 
aks ettiriladi, qahramonlar deb ataladigan zadagon jangchilar obrazi chizilib, ularni oddiy xalqdan ajratuvchi 
jismoniy fazilatlar ta’kidlanadi. Gomer poemalarining qahramonlari halok bo‘lgan, qahramonlar sharafiga yoki 
qabila hayotidagi biror muhim vaqtni nishonlash sharafiga tashkil etiladigan ko‘pdan-ko‘p musobaqa 
o‘yinlarida o‘zlarining jismoniy fazilatlarini namoyish etadilar. Bu o‘yinlarda yugurish, nayza, disk uloqtirish, 
sakrash, kurashish va boshqa mashqlar yuzasidan musobaqalar o’tkazilar edi.
Shubha, yo‘qki, bu o‘yinlar o‘z ildizlari bilan o‘zoq o‘tishishga borib taqaladi, an’anaviy urug‘chilik 
yoki qabilachilik bayramlari bilan bog‘langan. Urug‘chilik to‘zumini yemirilishi sharoitlarida bu o‘yinlar asta-
sekin o‘zining umumurug‘chilik yoki umumqabilachilik ahamiyatini yo‘qota borib, ulug‘ zadagonlarning 
bayramiga aylana borgan. Musobaqalarda faqat zadagon jangchilar ishtirok eta boshladi.
Musobaqa o‘yinlarida ko‘rsatiladigan tomoshalar zadagon jangchilarni jismoniy kuchayshi fazilatlarini 
tekshirish va namoyish qilishining o‘ziga xos bir usuli bo‘lib, bu tomoshalar ularni go‘yo xalqdan yuqori 


darajaga ko‘targanday bular edi. “Odisseya” poemasida talqin etilishiga, “antlyot” so‘zi o‘sha vaqtda “olijanob 
qahramon izidan” tusho‘nchalari bilan bog‘langan va “xalq ichida chiqqan odam”, tusho‘nchaligi qarama-
qarashi qo‘yilgan. Gomer poemalarida qabilaning oddiy a’zolari zadagon jangchilarning o‘yinchilarida ishtirok 
etilmaydilar, ular faqat tomoshabin bo‘lib ko‘rinadilar.
Eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarga kelib Gresiya teritoriyasida urug‘chilik to‘zumining yemirilishi va 
quldorlik munosabatlarining rivojlanishi jarayoni dastlabki davlatlarning to‘zilishiga olib keladi. Kuchayib 
borayotgan quldorlar sinfining hukumronligini mustahkamlashga qaratilgan birinchi davlatlar paydo bo‘la 
boshladi. 

Download 356.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling