Metal va qotishmalarning fizik, mexanik va texnologik xossalari


Download 199.23 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi199.23 Kb.
#1020934
1   2   3   4
Bog'liq
shahruh

Mexanik xossalari

  • Mikroanalizda struktura 3500 marta, elektron mikroskoplarda esa hatto 25000 marta kattalashtirilgan mikroshliflar bo’yicha aniqlanadi.
  • Turli metall va qotishmalardan tayyorlanadigan mikro-shliflar (asosan, tsilindr, kub yoki parallelepiped shaklida) ning diametri 10...15 mm, balandligi esa 10...15 mmga teng bo’lib, ularni hosil qilishda turlicha reaktivlarishlatiladi. Masalan, temir-uglerodli qotishmalarning strukturasini aniqlashda nitrat kislotaning spirtdagi 4 % li eritmasidan reaktiv sifatida foydalaniladi.

Mexanik xossalari

  • Mikroanalizlar metall sifatini har tomonlama o’rganish imkonini beradi: shuningdek, metall strukturasini tashkil etuvchilarni, donlarining shakli va o’lchamlarini, sirt ostidagi mikronuqsonlarni, metallmas aralashmalarni, termik ishlov berish sifatini aniqlash imkonini beradi. Sinashlar o’tkazmasdan turib, mikrostrukturaga qarab metallning mexanik xossalarini qoniqarsizligi sababini tushuntirish mumkin. Mikroshliflar mayin jilvirlanib yoki jilolanib tayyorlanadi.
  • Tekshirilishi talab etiladigan konstruktsion materiallarning strukturasini yanada aniqroq analiz qilish uchun hozirgi vaqtda kattalashtirishi juda yuqori bo’lgan (100000 martagacha) elektron mikroskoplardan keng foydalaniladi. Lekin metall va qotishmalar uchun, 7000-25000 marta kattalashtiruvchi mikroskoplardan foydalanish kifoya qiladi.

Mexanik xossalari

  • Konstruktsion qotishmalar fizik, ximik, mexanik, texnologik xossalar kompleksiga ega hisoblanadi. Metallarning fizik xossalariga uning rangi, zichligisuyuqlanish temperaturasi, issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqdan kengayuvchanligi, issiqlik sig’imi, elektr o’tkazuvchanligi, magnit xossalari kiradi. Metall va qotishmalarning ximiyaviy xossalari, ularning oksidlanishi, tashqi muhit, havo, namlik, kislota va boshqalarning ta‘siridan yemirilishiga qarshilik ko’rsatish qobiliyati bilan belgilanadi. Metall va qotishmalarning texnologik xossalariga ularni texnologik ishlash (quyish, bolg’alash, payvandlash, kesib ishlash va h.k) uchun zaruriy xossalarni ko’rsatuvchi, masalan, suyuq holatda oquvchanlik, bolg’alanuvchanlik, payvandlanuvchanlik, kesib ishlanuvchanlik kabi qator xossalari kiradi. Yuqorida aytib o’tilgan qator texnologik xossalar darslik va qo’llanmalarning taalluqli bo’limlarida ko’rib o’tiladi.

Download 199.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling