Metall kesuvchi
Kesishning optimal rejimi haqida tushuncha
Download 1.05 Mb.
|
apMphirEfHkgPNF2Xsz37OWS5J6RtevuE3QyjWFm
Kesishning optimal rejimi haqida tushunchaMateriallarga stanoklarda mexanik ishlov berishda eng muhim texnologik shart sifatida kesish rejimi ko‘rsatiladi. ' Kesish rejimi—kesish jarayonini ifodalovchi bir qator ko‘rsatkichlarning miqdoriy qiymatlari majmuasi bo'lib, ularga shu jarayonning texnik-iqtisodiy parametrlari chambarchas bog‘liqdir; bunday ko‘rsatkichlarga kesish chuqurligi (t), surish (s), kesish tezligi (v), kesuvchi asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlari (a ,P ,Y,8, ф.фре.арУрА) va turg'unligi (7), shuningdek, kesish kuchlari (P, Px, Py), quwati (TV, Neldvs) va boshqalar kiradi. 53 Kesish rejimining xarakteristikasi berilgan konstruksion material- ning kesib ishlanuvchanligi orqali ifodalanadi. Materialning kesib ishlanuvchanligi o‘z navbatida ishlanayotgan zagotovka va kesuvchi asbob materialining fizik- kimyoviy xossalari, asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlari va kesish rejimi elementlarining optimal qiymatlari, kesuvchi asbobning yedirilish kattaliklari va turg‘unligiga bog‘liq bo‘lib, materialga ishlov berishda ish unumdorligi va ishlangan yuza sifatini chegaralovchi xarakteristikalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Odatda kesib ishlanuvchanlikni baholashda ishlov berishni amalga oshi- rishdagi sarf- xarajatlarning minimal qiymatlariga mos keladigan kesuvchi asbobning turg‘unligi T va uni ifodalovchi optimal kesish tezligi v hisobga olinadi. Biror detalni kesib ishlash orqali tayyorlashda ish unumdorligi va iqtisodiy jihatdan baholashda bir detal uchun sarf qilingan vaqt tdom tushunchasidan foydalaniladi. Bunday vaqt quyidagicha aniqlanadi: Bu yerda: t0 = —i — asosiy texnologik vaqt (yoki mashina vaqti) bo‘lib, bu n•s vaqt to‘g‘ridan to‘g‘ri kesish jarayoni uchun sarf bo‘ladi (kesuvchi asbobning bosib o‘tgan yo‘li: L=l+ hir mm> L - detaining kesib ishlangan qismi uzunligi; 4ir va 4hiq ” kesuvchi asbobning kirish va chiqish uzunliklari; s - surish qiymati, mm/ayl; n - zagotovkaning aylanish chastotasi, min1; i- o‘tishlar soni; tyor - yordamchi vaqt (stanokni boshqarish, zagotovkani o‘rnatish, tayyor bo‘lgan detalni bo‘shatish kabilarga sarf etiladi); - ish joyiga texnik va tashkiliy xizmat ko‘rsatish (zagotovkani ish joyiga keltirish, detal va asboblarni transportirovka qilish va boshqalar) vaqti; ttan - ish davomida zaruriy tanaffuslar uchun ajratilgan vaqt. tdgna ni kamaytirishning asosiy rezervi - stanoklarda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish (programmali dastur bo‘yicha boshqarila- digan -PDBB- stanoklarni, avtomatlashtirilgan tezda qayta sozlanuv- 54
chi modullar, sistemalar va ishlab chiqarishlarni yaratish) va v, s, t laming optimal qiymatlarini tanlash orqali t0 ni pasaytirishdir. Ishlov berishning optimal rejimini aniqlashning bir necha usullari mavjud bo'lib, ularni quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin: v, s, t, T larni analitik va grafik usullar bo'yicha hisoblash. Bunday ishlov berish xarakteri (xomaki, yarim toza, tozalab, nafis) va ishlov berish sharoiti (sovitish-moylash suyuqliklarini qo'llash, kesuvchi asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlari, stanokning bikrligi, aboblarni о‘mat ish va boshqalar) hamda ishlanayotgan zagotovka va kesuvchi asbob materiallarining xossalari oB, E, iE va boshqalarni hisobga oluvchi empirik formulalardan foydalaniladi. Bu holda kesib ishlov berishning kam sarf va eng qulay bo£lgan masalasi yechiladi. Kesish rejimi ko'rsatkichlarini ma’lumotnomalardan tanlash. Kam sarfli va eng qulay kesish rejimi masalasini maxsus das- turlardan foydalanib EHMda yechish. Kesish rejimi xarakteristikasini optimallashtirish o‘z navbatida loyihalash ishlarini avtomatlashtirish sistemasi (LIAS) va ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash bo'yicha umumiy avtomatlashtirish sistema (ITJAS) larining ajralmas qismi bo‘ladi. Kesib ishlov berishning eng qulay rejimi eng yuqori ish unum- dorligiga erishishni ko‘zda tutib, bunda u iqtisodiy jihatdan eng yuqori ko£rsatkichlarga mos keladi. Kesish rejimini maxsus ma’lumotnomalar bo'yicha tayinlash quyidagi tartibda olib boriladi: Ishlov berish uchun qoldirilgan qo‘yim (припуск) qiymati va operatsiyaning maqsadi hisobga olinib kesish chuqurligi t\a surish- ning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan maksimal miqdori s tanlab oli- nadi. Odatda qo‘yim (припуск) oxirgi operatsiyalar uchun 0,5 mm dan ortiq bo'lmaydi, oraliq operatsiyalar uchun esa 0,5...5 mm, tay- yorlov operatsiyalari uchun 5 mm dan ko‘p emas. Agar qo'yim 7 mm gacha bo'lsa, uni keskich bilan bir o'tishda, agar 7 mm dan ortiq bo'lsa, ikki yoki undan ortiq o‘tishlar mobaynida kesib ajratila- di. Oxirgi operatsiyalar surishning 5<0,1 mm/ayl, oraliq operatsiyalar esa 5=0,1...0,4 mm/ayl, boshlang'ich (tayyorlov) operatsiyalar 5=0,4...0,7 mm/ayl qiymatlarida bajariladi. Og‘ir stanoklarda kesib ishlashda kesish chuqurligi va surishning qiymatlari mos ravishda 30 mm gacha va 1,5 mm/ayl gacha yetishi mumkin. 55
Kesish tezligi quyidagi empirik formula bo‘yicha hisoblanadi: _ Cv . V T'"txsy(HB /200)z ’' m/mm yoki ma’lumotnoma jadvallaridan olinadi va uning qiymati bo‘yicha aylanish chastotasi yo‘nishda 1000 - v n= KD bo'yicha aniqlanadi. Aylanish chastotasining ishchi qiymati nl stanok tezliklar qutisi beradigan qator qiymatlari bilan solishtiriladi. So'ngra tezlikning ishchi qiymati aniqlanadi: v .= m/min ' 1000 ' ' Keskichning turg‘unligi quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi: Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling