Metall kesuvchi


Download 1.05 Mb.
bet1/112
Sana19.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1363354
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
apMphirEfHkgPNF2Xsz37OWS5J6RtevuE3QyjWFm





H. I. JALILOV


MEIALLARNI KESISH NAZARIYASI ASOSLARI, METALL KESUVCHI STANOKLAR VA ASBOBLAR




0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi tegishli oliy о ‘guv yurtlari ushun
o ‘quv qo ‘llanma sifatida tavsiya etgan

Toshkent “Talqin” nashriyoti—2006


Jalilov H. I.
Ж. 21 Metallarni kesish nazariyasi asoslari, metall kesuvchi stanoklar va asboblar: Olquv qo‘llanma/Jalilov H. I.—Т.: “Talqin”, 2006-176 b.
ББК 34.63-1+34.63-5я73


Ushbu «Metallarni kesish nazariyasi asoslari, metall kesuvchi stanoklar va asboblar» fanidan o‘quv qo‘llanmasi 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy kengashida ma’qullangan namunaviy dastur asosida tuzilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanmasi 5521100 «Yer usti transport! tizimlari» yo‘nalishi bo'yicha bakalavrlami tayyorlashda foydalanish uchun mo‘ljallangan.
O'quv qo‘llanmasida metallarni kesish nazariyasining asoslari, metall ke- suvchi asboblaming materiallari va konstruktiv elementlari hamda geometrik parametrlari, metall kesuvchi stanoklaming konstruktiv tuzilishi va asosiy tiplari, ulaming texnik xarakteristikalari hamda bajaradigan ishlaridan namunalar, ishlov berish sxemalari keltirilgan.


Taqrizchilar: t.f.d., professor J. Y. Aliqulov;
t.fd., professor A. M. Mamajonov.


© “Talqin” nashriyoti, 2006- y.
SO‘ZBOSHI


0‘zbekiston Respublikasi mashinasozlik sanoatining jadal rivojlanishi uchun konstruksion materiallar, xususan metallarga kesib ishlov berish tex- nologik jarayonlarini yanada takomillashtirish talab etiladi. Bu, o‘z navbati- da, metallarga kesib ishlov berish texnologik jarayonlarini oqilona tashkil etish va ularda qo'llaniladigan metall kesuvchi stanoklar, metall kesuvchi asboblar hamda turli jihozlardan unumli foydalanishni taqozo qiladi. Ushbu vazifalami yechish esa bu sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan amalga oshirilishi zarur. Bundan kelib chiqib oliy o‘quv yurtlari, shuningdek kasb- hunar kollejlari uchun yozilgan texnik adabiyotlar va uslubiy ko‘rsatmalar yetarli darajada bo'lishi kerak. 0‘quv jarayonida o‘zbek tilidagi mana shunday adabiyot turlarining yetishmasligi muallifni mazkur qo'llanmani yaratishga undadi.
Metallarni kesish nazariyasi asoslari, metall kesuvchi stanoklar va asboblar” deb atalgan ushbu qo'llanma tasdiqlangan davlat standartining tala- blari asosida yozilgan bo‘lib, shu sohada uzoq yillar davomida yig‘ilgan boy ilmiy natijalar va ishlab chiqarish tajribalariga tayanadi. Unda metallarga kesib ishlov berish nazariyasining asoslari, metall kesuvchi asboblaming zamonaviy materiaillari, konstruktiv elementlari hamda geometrik parametrlari, zago- tovkalami kesib ishlov berib detallariii shakllantirishning asosiy usullari, kesishning optimal rejimi, metall kesuvchi stanoklarning konstruktiv tuzi- lishi, ulaming asosiy turlari, texnik tavsifnomalari, shuningdek ularda baja- riladigan ishlardan namunalar, ishlov berish sxemalari hamda texnologik jarayonni ifodalovchi kesib ishlash rejimi elementlari keltirilgan.
Qo‘llanmada talabaning mazkur fanni mustaqil o'iganishga alohida e’tibor beriladi. Buning uchun qo'shimcha maxsus adabiyotlaming nomlari, har bobning oxirida mavzuni o‘rganishni nazorat qilish uchun moijallangan asosiy savollar ro'yxati, shuningdek qo‘llanmaning so‘nggida test savollari- dan namunalar keltirilgan.
Muallif ushbu qo'llanma qo‘lyozmasini ko‘rib chiqib o'zining foydali tanqidiy fikr-mulohazalarini bildirgan 0‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi,
t.f.d. prof. О. V. Lebedevga o'zining samimiy minnatdorchiligini bildiradi.
Qollanma haqidagi barcha fikr-mulohazalar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Muallif
3

I BO‘LIM. METALLARNI KESISH NAZARIYASI ASOSLARI


l- bob. METALLARNI KESIB ISHLASH TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. ASBOBSOZLIK MATERIALLARI




Bobning qisqacha mazmuni:

  1. Fanning mazmuni va vazifalari.

  2. Metallarni kesib ishlash—ishlov berishning texnologik usulidir.

  3. Konstruksion metallar va ularning kesib ishlanuvchanligi.

  4. Metall kesuvchi asboblaming kesuvchanlik xususiyatlari. Asbobsoz- Hk materiallarining fizik-mexanik xossalari.

  5. Asbobsozlik materiallari va ularning tasnifi.

Tayanch so‘z va iboralar: 1. Fanni o'qitishdan maqsad. 2. Mexanik ishlov berish. 3. Kesib ishlanuvchanlik. 4. Asbobsozlik materiallari.



    1. Dastlabki ma’Iumotlar



Metallarni kesish (qirqish) nazariyasi asoslari, metall kesuvchi stanoklar va asboblar fanida kesish jarayonining asoslari, qirqib ishlash usullari va bunda qo‘llaniladigan kesuvchi asboblar, metall kesuvchi stanoklarning zamonaviy konstruksiyalari, ularning texnologik im- koniyatlari va sozlash uslublari, shuningdek raqamli dastur bo'yicha boshqariladigan oson qayta sozlanuvchan ishlab chiqarish stanoklari- dan iborat modullarni, robotlashtirilgan texnologik komplekslar (RTK) va oson qayta sozlanuvchan avtomatlashtirilgan sistemalar (sexlar va zavodlar)ni yaratish masalalari o'rganiladi. Mazkur fanning yaratilishi va rivojlanishiga I. A. Time (1870-y),
K. A. Zvorikin, Ya. G. Usachev (1914-y), A. N. Chelyustkin (1925- y), A. N. Rezni- kov (1930—1935-yy)., G.I. Granovskiy, Andrey Nartov (1712- y), A.

  1. Godolin (1877-y), N.S. Acherkan (Rossiya), F.Teylor (XIX asrning oxiri, AQSH),Genri Modeley (1878-y, Angliya) ,va boshqa tadqiqotchilar o‘z hissalarini qo‘shganlar.

4


    1. Download 1.05 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling