Metall kesuvchi
Download 1.05 Mb.
|
apMphirEfHkgPNF2Xsz37OWS5J6RtevuE3QyjWFm
1-2-5-4-31—old yuza;
1-2- 6-7-1—asosiy orqa yuza; 1-3-8-7-1—yordamchi orqa yuza; 1-keskichning uchi (cho ‘qqisi); lj - kesuvchi qismi uzunligi; 12-korpusi (dastasi) uzunligi. 2.2- rasm. Tokarlik keskichi kesuvchi elementlari. Bosh (asosiy) tig‘ asosiy kesuvchi qirra 1-2 va unga yondoshgan oldingi yuzaning 1-2-9-10-1 konturi bo‘yicha chegaralangan kontakt- lanuvchi maydonchasi va orqa yuzadagi 1 -2 -1 1 -1 2 - 1 konturi bo‘yicha chegaralangan kontaktlanuvchi maydonchani o‘z ichiga oladi. Bosh (asosiy) tig‘ qo'yilma (припуск) qatlamini kesish bilan bog‘langan asosiy ishni bajaradi. Uzunligi bo'yicha bosh tig* yordamchi tig‘lardan kattaroq bo‘ladi. Vs — surish vektori; Vs'—surish vektorining x o'qidagi proyeksiyasi; 1'— 2'— asosiy tig 1-2 ning xy tekisligidagi proyeksiyasi; Г-3' —yordamchi tig‘ 1-3 ning xy tekisligidagi proyeksiyasi. 2.3-rasm. Keskich kesuvchi qismining geometrik parametrlari. Asbobning kesuvchi elementlari (tishlari)ni tashkil etuvchi oldingi va orqa yuzalar, bosh (asosiy) va yordamchi kesuvchi qirralarning vaziyati asbob korpusiga nisbatan geometrik parametrlar deb ataluv- chi burchakli kattaliklar sistemasi orqali ifodalanadi. Geometrik parametrlarning miqdoriy qiymatlari asbobning ishchi chizmalarida ko‘rsatiladiki, ular bo‘yicha, birinchidan berilgan shaklga ega bo'lgan kesuvchi elementlar tayyorlanadi va ikkinchidan, barcha burchak- laming tayyorlanish aniqligi universal yoki maxsus nazorat - o'lchov asboblari va priborlari yordamida tekshiriladi. Turli kesuvchi asboblarning kesuvchi elementlariga xos bo‘lgan geometrik parametrlarni o'tuvchi tokarlik keskichi misolida ko‘rish mumkin. Keskichning kesuvchi qismini x, y, z o‘qlariga ega bo‘lgan to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasiga “bog‘laymiz” (2.3-rasm). Quyidagi shartlar qabul qilinadi: yo'nilayotgan zagotovkaning aylanish o‘qi x o‘qiga parallel; keskich stanok orqa babkasi markazi bo‘yicha (yoki keskich zagotovkaning aylanish o‘qi balandligida) o'rnatilgan; bo'ylama yo'nalishda asosiy kesuvchi qirraning zagotovkaga boti- rilib kirishi uchun surish harakati (uning tezligi Vs) x o‘qi bo'yicha yo'nalgan; surish harakati vektorining ta’sir etish nuqtasi sifatida keskichning uchi (7) olingan. Г-2' bosh (asosiy) kesuvchi qirra 1-2 ning xy (gorizontal) tekisligidagi proyeksiyasi bo‘lib, bu chiziq surish tezligi vektorining proyeksiyasi Vs bilan ф burchagini tashkil etadi; 1-3' yordamchi kesuvchi qirra 1-3 ning xy (gorizontal) tekis- ligidagiproyeksiyasi bo‘lib, bu chiziq surish tezligi vektorining proyeksiyasi F bilan ф, burchagini tashkil etadi. cp va cp, burchaklari plandagi burchaklar deb ataladi. Shunday qilib, plandagi bosh burchak ф deb, gorizontal koordi- nata tekisligida o‘lchanadigan shu tekislikdagi surish harakati vektorining proyeksiyasi F bilan bosh (asosiy) kesuvchi qirra proyeksiyasi orasidagi burchakka aytiladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling